Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati. Reja: Kirish I bob. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati muammo sifatida


Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi


Download 0.93 Mb.
bet6/24
Sana21.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1107549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
MUzey Zulfizar

Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek xalqining milliy ma’naviy merosini, qadriyatlarni, o’rgatish muammosini pedagog va psixolog olimlar bir qator tadqiqot ishlarida ma’lum ma’noda o’rgandilar. Ana shunday olimlarimiz sirasiga O.Musulmonova, X.Ziyoyev, T.Mahmudov, E.Yusupov, J.Tulenov, Q.Nazarov H.I.Ibrohimov, H.D.Norqulov va boshqa olimlar mustaqillikning mohiyati, uning ma`naviy asoslari, milliy qadriyatlarimiz, ilmiy merosimizni yoshlar ongiga singdirish yo’llari, milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida shaxs ongini shakllantirish masalalarini tadqiq etishgan. Masalan, O.Musulmonova milliy qadriyat va an’analarni pedagogik jihatini talqin etib, uning tarbiyadagi ahamiyatini ochib bergan. Metodik tavsiyalar ishlab chiqishgan. Biroq aynan boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy - axloqiy tarbiyalashda muzeylar ahamiyatining pedagogik imkoniyatlari tizimli ravishda ochib berilmagan. Ushbu muammoning dolzarbligi, nazariy va amaliy jihatdan yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi dissertatsiya mavzuyimni
“Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy - axloqiy tarbiyalashda muzeylarning ahamiyati” deb nomlanishiga asos bo’ldi.
Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi:
Ta’lim va tarbiya birligi tamoyili asosida yoshlarimizning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularni ajdodlarimizning boy ilmiy merosidan bahramand etish, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish zaruriyati.
O’rta ta’lim boshlang’ich sinf Davlat ta’lim standarti (DTS), STEAM ta’limi asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish muommolari Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasining ilmiy ishlar rejasiga muvofiq bajarildi.
Dissertatsiyaning maqsadi va vazifasi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy - axloqiy tarbiyalashda muzeylar ahamiyatining pedagogik imkoniyatlarini yoritish va uning amaliy samaradorligini ta`minlashga asoslangan ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqish.

  • tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o’rganish;

  • boshlang’ich sinf o’quvchilarini ajdodlarimizning millliy ma’naviy merosidan foydalanishning pedagogik imkoniyatlarini uslubiy metodikasini ishlab chiqish va tajriba-sinov ishlari orqali samaradorligini oshirish;

  • muammoning o’ziga xos xususiyatlarini, omillarini aniqlash;

  • muammoga doir mezonlarni ishlab chiqish;

  • boshlang’ich sinf o’quvchilarini faollashtirishda o’zbek milliy-ma’naviy merosi- dan foydalanishning pedagogik imkoniyatlariga oid tavsiyalar ishlab chiqish.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling