Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchisi mantiqiy tafakkurini o’stirishda o’quv tamoyillari roli


Ta`limning ilmiyligi va tushunarliligi


Download 282.5 Kb.
bet8/10
Sana04.02.2023
Hajmi282.5 Kb.
#1158441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SABOHAT NAPASOVA KURS ISHI QAYTA TAYYOR

Ta`limning ilmiyligi va tushunarliligi
Ta`limning ilmiyligi va bolalar uchun tushunarliligi qoidalari o'zaro bog'liq, bir-birini to'ldiradigan didaktik tamoyildir.
Fan va o'quv-fani o'rtasidagi aloqadorlik xamda ularning farqlarini sharxlamasdan turib, bu qoidaning moxiyatini to'g'ri tushunish mumkin emas.
Maktablarda o'qitiladigan xar bir o'quv fanida o'ziga oid fanning umumiy asoslari bayon etiladi. Fan va o'quv fanlari o'zaro tubdan farq qiladi. Fan o'zini o'rganuvchi barcha kishilar uchun umumiy xisoblanadi. Xaqiqiy fanda sinfiy, irqiy chegaralar bo'lmaydi. O'quv fani esa o'quvchilarning yosh xususiyatlari, aniq bilish imkoniyatlari, qiziqishlarini xisobga olish asosida yaratiladi. Ma`lum yoshdagi o'quvchilarga mo'ljallab tuzilgan o'quv fani, masalan, boshlang'ich sinflarda o'zlashtiriladigan fizika elementlarini, 8-sinflarda o'tish bolalar uchun zerikarlidir. Bulardan ko'rinadiki, ilmiylik qoidasi amalga oshirish tushunarlilik qoidasidan kelib chiqadigan talablarga rioya qilishni taqozo qiladi,
Ta`limning ilmiyligi va tushunarliligi qoidalarining o'zaro aloqadorliligi asosida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarini xozirgi zamon fan-texnikasi, san`at va adabiyoti yutuqlari bilan uzluksiz boyitib, yangilab turish: o'quv fanlari, ularga oid o'quv materiallarini o'quv yillariga ratsional bo'lish; o'quv dasturlari darsliklardagi ortiqcha, ikkinchi darajali narsalarni bartaraf etish.
Ilmiylik qoidasi o'quv fanlarini xozirgi fan yutuqlari zaminida bayon qilishni talab etsa, tushunarliliк qoidasi o'quv predmetlarini bolalarning yosh, individual xususiyatlari, xayotiy tajribalari, tayyorgarlik darajasiga moslashtirishni taqozo qiladi.
O'quv fanlarini o'rgatishda bolalarning real bilish imkoniyatlarini xisobga olish maqsadida qator qoidalarga rioya qilinadi: yaqindan-uzoqa, oddiydan-murakkabga, osondan-qiyinga qarab borish. Bu qoidalarning birinchisi-yaqindan uzoqa qarab borish-vaqt xarakteristikasiga, oddiydan murakkabga qarab borish-ob`ektiv, osondan qiyinga-sub`ektiv axamiyatga ega.
-Ta`limni bolalarning shaxsiy tajribasi, kuzatishlari va real bilish imkoniyatlarini xisobga olgan xolda tashkil etishni boshqarish;
-Sinfda, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari o'quv ishlari o'rtasidagi aloqadorlikni ta`minlash;
-Ta`lim jarayoni bo'g'inlari, omillari, ketma-ketligining o'zaro aloqadorligi asosida o'quv-tarbiya ishlarini tashkil etish, boshqarish

Download 282.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling