Mavzu: boshlang'ich sinfda olmosh so'z turkumini o'rgatish mundarija: kirish. I bob. Boshlang`ich sinfda so`z turkumlarini o`rganishxususiystlari


Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish


Download 169.5 Kb.
bet4/8
Sana11.05.2023
Hajmi169.5 Kb.
#1452338
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFDA OLMOSH SO\'Z TURKUMINI O\'RGATISH

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tish

Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o‘tishdan oldin shu mavzuni o‘quvchilar ongli o‘zlashtirishlari uchun doskaga kelishiklarga doir jadval osib qo‘yiladi.





Kelishiklar nomi

Qo‘shimchasi

So‘roqlari

1

Bosh kelishik

-

kim? nima?

2

Qaratqich kelishigi

-ning

kimning? nimaning?

3

Tushum kelishigi

-ni

kimni? nimani?

4

Jo‘nalish kelishigi

-ga,-ka,-qa,

kimga? nimaga?

5

O‘rin-payt kelishigi

-da

kimda? nimada?

6

Chiqish kelishigi

-dan

kimdan? nimadan?

Jadval asosida suhbat metodida kelishiklar haqidagi o‘quvchilar bilimi eslatiladi va ularning yangi mavzuni o‘rganishlarigazamin tayyorlanadi: Nechta kelishik bor? Nomini, qo‘shimchasi va so‘rog‘ini ayting. Kelishiklar qaysi so‘z turkumiga qo‘shiladi? Kelishik qo‘shimchalari qanday vazifa bajaradi? Misollar bilan tushuntiring. O‘quvchilar aytgan bitta gap doskaga yozdiriladi va tahlil qilinadi:


Bilim davlatdan qimmat. (Maqol.)
Davlatdan-ot, chiqish kelishigi qo‘shimchasini olgan, bu-dan qo‘shimchasi otni qimmat so‘ziga bog‘lagan. O‘quvchilar javobi umumlashtiriladi.
Shundan so‘ng oldindan doskaga yozib qo‘yilgan darslikdagi 270-mashq ustida ishlanadi:
-O‘qing. Tagiga chizilgan so‘z qaysi turkumga kiradi? Shu so‘z qaysi shaxsni bildiradi? Bizni olmoshi qaysi qo‘shimcha bilan qo‘llangan? Bu qo‘shimcha biz olmoshini qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birlikda yozing: Bizni olib bordilar. Kelishik qo‘shimchasini va bog‘lanishini tegishlicha belgilang. Kelishik nomini qisqartirib tepasiga yozing.
Ikkinchi gapni o‘qing. Olmoshni qaysi qo‘shimcha olganini ayting. Qaratqich kelishigi otni qaysi so‘zga bog‘lagan? Ularni birikma tarzida yozing: Bizning ko‘z o‘ngimizda va qo‘shimchani, so‘zlarni bog‘lanishini belgilang.
Qolgan gaplar ham shu tahlitda bajariladi. Doskaning bir tomonida quyidagi birikmalar yuzaga keladi:
Bizni olib bordilar
Bizni ko‘z o‘ngimizda
Bizga gapirib berdi
Biz tingladik
Bizda qoldirdi
O‘quvchilar javobi yana suhbat yo‘li bilan umumlashtiriladi: Kishilik olmoshlari qaysi qo‘shimchalarni oladi? Qaysi kelishik qo‘shimchalari olmoshga qo‘shilib keladi? Bu qo‘shimchalar olmoshlarni qaysi so‘zlarga bog‘laydi? (boshqa so‘zlarga) Kelishik qo‘shimchasini olgan bizni, bizning, bizga, bizda qaysi so‘roqlarga javob bo‘lyapti? Ular gapda qaysi bo‘lak bo‘ladi? (2-darajali bo‘lak) Biz olmoshiga so‘roq bering, u qaysi kelishikda? Gapda qaysi bo‘lak bo‘lib kelyapti? (Ega)
O‘quvchilar javobi aniqlashtiriladi; Kishilik olmoshlari ham kelishik qo‘shimchalarini oladi. Kelishik qo‘shimchalarini olganda olmoshlar turlanadi. Tushum, qaratqich, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigidagi olmoshlar 2-darajali bo‘lak bo‘lib keladi. Bosh kelishikda esa ega vazifasini bajaradi: Biz mehnatni sevamiz.
Kishilik olmoshining kelishiklar bilan turlanishi haqidagi tushuncha mashqlar yordamida mustahkamlanadi. Bunda kishilik olmoshlarini qaysi kelishikda ekanligi, ularni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chirish, shaxs-sonini aniqlash, chiziqchalar o‘rniga topshiriqqa mos olmoshlar qo‘yish (El II shaxs, birlik, jonalish, k.) chozsa qol ( III shaxs, birl, jon. k) doim sodiq bol.) ot o‘rnida qo‘llangan olmoshlarni aniqlash., ijodiy matnlar tuzish kabi topshiriqli mashqlar bajariladi.
Keyingi darslarda o‘quvchilarning kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishi paytidagi imlosini o‘zlashtirishlariga, ijodiy yozma ishlar uyushtirishga va ularda kishilik olmoshlaridan to‘g‘ri foydalanib nutqni uslubiy jihatdan to‘g‘ri qo‘llashlariga, shuningdek, nutqda kishilik olmoshlaridan o‘rinsiz va tinimsiz foydalanishlarini bartaraf etishlariga qaratiladi. Kishilik olmoshlarini o‘rinsiz ko‘p ishlatishlarini bartaraf etish uchun o‘quvchilarning ijodiy yozma ishlari: bayon va insholari o‘qib berilib, tahlil qilinadi.

Download 169.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling