Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida
Ot: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi. Sifat
Download 0.9 Mb.
|
Mutaxassislikka kirish ona tili MAJMUA 2022 (3)
Ot: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi.
Sifat: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Fe’l. 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Bo’lishli yoki bo’lishsiz ekanligi. Og‘zaki tahlil namunasi:Mevali daraxtlar gulladi. Mevali – sifat, qanday – mevali; daraxtlar oti bilan bog‘langan: mevali daraxtlar; daraxtlar – ot, nimalar? – daraxtlar, ko’plikda; gulladi – fe’l, nima qildi? – gulladi, bo’lishli. IV sinfda o’rganilgan mavzularni hisobga olib, morfologik tahlil biroz to’ldiriladi va quyidagi tartibda o’tkaziladi: Ot: 1. So’z turkumi. 2. Bosh kelishik shakli. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi. 4. Egalik qo’shimchasi, shaxs-soni. 5. Kelishigi. Sifat: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Qaysi ot bilanbog‘langanligi. Son: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi. Olmosh: Kishilik olmoshi: 1. So’z turkumi.2. So’rog‘i. 3. Shaxs-soni. 4. Kelishigi. Fe’l: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Bo’lishliyokibo’lishsiz ekanligi. 4. Shaxs-soni. 5. Zamoni. O’quvchilar tahlil tartibini bilib olishlari uchun o’qituvchi bu tartibga rioya qilib so’zga xarakteristika berishning qulayligini tushuntiradi. So’z turkumiga ko’ra tahlil og‘zaki va yozma tarzda o’tkaziladi: uni mustaqil mashq sifatida topshirish ham mumkin. To’liq bo’lmagan morfologik tahlildan xilma-xil grammatik vazifalarni bajarish maqsadida yangi mavzu bilan tanishtirish bosqichida ham, uni mustahkamlash bosqichida ham foydalaniladi. Morfologik tahlilning vazifasi hozirgi o’zbek tilida so’z qanday ma’noli qismlardan tuzilganini aniqlashdir. Morfologik tahlil III sinfdan boshlanadi. Bu sinfda o’quvchilarga o’zakdosh so’zlar, o’zak o’zakdosh so’zlarning umumiy qismi ekani, so’z yasovchi qo’shimchalar va so’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchalar haqida elementar ma’lumot beriladi. So’z tarkibiga ko’ra tahlil quyidagicha o’tkazilishi mumkin: 1. So’zga so’roq berish va u nimani anglatishini bilish. 2. O’zakni aniqlash. Buning uchun so’zga o’zakdosh so’zlartanlash. O’zakdosh so’zlarni taqqoslash va umumiy qismi (o’zak)ni aniqlash. 3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlash. Bu yangi so’z yasash uchun xizmat qilishini aytish. 4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchani aniqlash. Bu so’zni boshqa so’z bilan bog‘lash uchun xizmat qilishini aytish. III sinfda “So’zning tarkibi” mavzusi to’liq o’rganilgach, gulzor so’zini so’z tarkibiga ko’ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin: 1.Qaysi so’z turkumi ekanini bilaman. Gulzor so’zi nima? so’rog‘iga javob bo’ladi, narsani bildiradi, bu – ot. 2. O’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: gulzor, gulli, gulsiz, gulla. Ularni solishtirib, umumiy qismini topaman – gul. Bu – o’zak. 3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman, gulzor so’zi gul so’ziga –zor so’z yasovchi qo’shimchasini qo’shishbilan yasalgan. 4.Bu so’zda so’z o’zgartuvchi qo’shimcha yo’q. So’z tarkibiga ko’ra tahlildan so’ng shunday ko’rinish hosil bo’ladi: gulzor. IV sinfda paxtakorga so’zini so’z tarkibiga ko’ra og‘zaki tahlil qilish tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin: 1. Paxtakorga – ot. 2. O’zakni aniqlayman. Buning uchun o’zakdosh so’zlar tanlayman: paxtakor, paxtazor. Solishtiraman. Umumiy qism – paxta. Bu – o’zak. 3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: paxtakor so’zi paxta so’ziga -kor so’z yasovchi qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. 4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchalarni aniqlayman: -ga – so’z o’zgartuvchi qo’shimcha, kelishik qo’shimchasi. IV sinfda ishladim so’zini so’z tarkibiga ko’ra og‘zaki tahlil tartibi: 1. Ishladim – fe’l. 2. O’zakni aniqlayman. O’zakdosh so’zlar tanlayman: ishla, ishli, ishsiz, ishchan. Solishtiraman. Umumiy qism – ish.Ish – o’zak. 3. So’z yasovchi qo’shimchani aniqlayman: ishla fe’li ish so’ziga -la qo’shimchasini qo’shish bilan yasalgan. -la – fe’l yasovchi qo’shimcha. 4. So’z o’zgartuvchi (shakl yasovchi) qo’shimchani aniqlayman: -di – o’tgan zamon qo’shimchasi, -m – shaxs-son qo’shimchasi, I axs, irlik: ishladim. So’z tarkibiga ko’ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So’zni morfologik tahlil qilish uning lug‘aviy ma’nosini tushunishda, morfemalarni to’g‘ri yozishda o’quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir. Boshlang‘ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so’zni tovush-harf tomonidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so’zda tovushlarning tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o’rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda tovush-harf tomonidan tahlil tartibi quyidagicha: 1. So’zda nechtabo’g‘in bor, nechanchi bo’g‘in urg‘uli? 2. So’zda nechta tovush va nechta harf bor? (Tovushlar soni harflar sonidan kam yoki ko’p bo’lsa, sababini aytish) 3. Unli tovush nechta?Undosh tovush-chi? 4. Harbir tovushni xarakterlash. Tovush so’zda qaysi harf bilan ifodalangan? . Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling