Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar


Download 1.76 Mb.
bet299/303
Sana09.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#257441
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   303
Bog'liq
1-jarayon amaliy mashg'ulot. QO'LLANMA

Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar:

“Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida tuzilgan Umumiy o’rta ta’limning “Davlat ta’lim standartlari” Respublikamizda umumiy o’rta ta’limni tashkil etish va rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini belgilab beradi.

Respublikamiz xalq ta’limi aql- zakovat va salohiyatni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o’z ma’suliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.

Binobarin, milliy tiklanish mafkurasiga asoslanishi zarur bo’lgan ta’lim-tarbiya, uning yangicha mazmuni va tashkiliy jihatlarini puxta o’ylab ish yuritish joizdir.Qonunda ta’kidlangan bilimdonlik va iste’dodni rag’batlantirish tamoyili bolalardagi bilim va qobiliyatni aniqlash hamda, yuzaga chiqarishga doir dasturlar tayyorlash va amalda qo’llashni taqazo etadi.

Ko’rinib turibdiki, hozir o’rta ta’lim ommaviy, umumiy va tanlab olib o’qitilayotgan iste’dodli bolalar uchun alohida maktablarda amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga bolalarni tanlab olib o’qitilayotgan ixtisoslashgan maktablar ko’lami tobora ortib bormoqda.

Matematika boshlang’ich sinflarda o’rgatiladigan asosiy o’quv fanlaridan bo’lib, Mustaqil O’zbekiston Respublikasi manfaatlari, o’zbekona odob va milliy an’analar ruhi, xalqaro bilimdonlik mezoni ,davlatimiz va xalqimiz ehtiyojidan kelib chiqib, tartiblangan ijtimoiy buyurtmalar tizimini bajaradi.

Bu vazifalar kichik yoshdagi o’quvchilarni matematika go’zalligi bilan tanishtirish, matematika nutqi madaniyatini tarkib toptirish va uning yordamida yoshlarni hayotga tayyorlashni taqazo etadi. Ya’ni, mantiqiy tafakkur bilan bog’liq ravishda og’zaki va yozma matematik nutqni o’ziga xos aniq, ixcham, sodda va ixcham bayon qilish kabi barcha sifatlari bilan rivojlantirish lozim. Boshlang’ich matematika ta’limi bolalarning ma’lum bilim va malakalarni o’zlashtirib olish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, idrok, xotira, tafakkur kabi bilish qobiliyatlarining ilmiy rivojlanishi ham nazarda tutiladi.

Bu maqsaddan kelib chiqib o’quvchilar aqliy faoliyatining muhim usullari: tahlil qilish, taqqoslash umumlashtirish,aniqlik kiritish, o’xshashini topish kabi murakkab ishlarni bajarish ko’nikmalari ham hosil qilinishi kerak.Hisob darsi jarayonida loyihalashga aloqador ma’lum o’lchash, yasash, chizish, qirqish va yopishtirish kabi ishlar matematika ilmining amaliy yo’nalishini kuchaytiradi.Oila daromadi va buromadi haqidagi aniq hayotiy ma’lumotlar hamda bolalar darsda o’rganadigan tushuncha va qoidalarning hammasi amaliy faoliyatda ishlatilishi va turmush talablari tufayli kelib chiqqanligini tushunishlariga imkon beradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarini takomillashtirish to’g’risida”gi qaroriga ko’ra, bolalarni matematika kursini chuqur o’rganishga o’rgatish ta’limning ikkinchi yilida, 2-sinfdan boshlanadi.

Birinchi sinfda ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagan, o’quv yili oxirida tavsiya etilgan test sinovlaridan muvaffaqiyatli o’tgan, matematikani o’rganishga doir tegishli qobiliyat va moyilliklarga ega bo’lgan o’quvchilarga bu fanni chuqur o’rganish 2-3-4-sinflardan boshlab amalga oshiriladi.

2-4-sinflarda matematika kursi quyidagi beshta mazmuniy yo’nalishni tashkil etadi:


  1. Arifmetika elementlari;

  2. Kattaliklar va ularning o’lchovlari;

  3. Mantiqiy matematik tushuncha va munosabat;

  4. Algebra elementlari;

  5. Geometriya elementlari.

Shuni aytish joizki, ixtisoslashgan sinflar matematika dasturi negiz ( asosi)ni umumta’lim maktabi 1-4-sinflari matematika kursiga kiruvchi materiallar ( o’rin olgan ) tashkil etadi.Shu bilan birga yangi dastur qo’shimcha dasturiy masalalar bilan to’ldirilishi ham tushuntiriladi. Jumladan, ta’limning dastlabki ikki yili davomida o’quvchilar har qaysi mazmuniy yo’nalishga tegishli turli-tuman matematik tushunchalarning yetarlicha katta zaxirasiga ega bo’ladilar. Masalan, arifmetika sohasida –bu o’quvchilarni o’nlik sanoq sistemasining “tuzilishi”, uni sonlarning rim yozuv sistemasi bilan taqqoslash orqali tanishtirish; arifmetik amallarning asosiy qonunlari haqidagi tasavvurlarini umumlashtirish, bu qonunlar yozuvlardagi umumlashtirishlarda o’zgaruvchilardan foydalanish.

Keyinchalik natural sonlar sohasi jiddiy ravishda kengayadi: o’quvchilar milliard ichida istalgan ko’p xonali sonni o’qish va yozishga o’rganadilar, ko’p xonali sonlarning sinf va xona birliklari nomlari bilan tanishadilar, hisoblashlarning yozma usulidan foydalanib, ko’p xonali sonlar bilan arifmetik amallar bajarishga o’rganib boradilar.Bunda ishlar tizimi shunday tashkil etiladiki, 2- va 3- sinflarda o’zlashtirilgan ikki xonali va uch xonali sonlar bilan yozma hisob usullarni qo’llash ko’nikmasi bolalar tomonidan sonlarning yangi sohasiga oson o’tkaziladi. Bu sinflarda arifmetik amallarni bajarishning barcha asosiy yozma algaritmlari qaralganligi ko’p xonali sonlar bilan hisoblash malakalarini qayta ishlashni anchagina yengillashtiradi.

O’quvchilarning matnli arifmetik masalalarni yechish ko’nikmalarini rivojlantirish bo’yicha kursning muhim tashkil etuvchi arifmetik qismi bundan buyon amalga oshiriladigan quyidagi ishlardan iborat: harakatga doir masalalarning mazmuni murakkablashtiriladi, kattaliklar orasidagi turlicha bog’lanishlarni o’z ichiga olgan masala turlarining soni kengaytiriladi.

4- sinfda o’quvchilar grafik, diagramma, jadvallar yordamida berilgan ma’lumotlarni tahlil qilishga o’rganadilar va shu sababli arifmetik masalalarning yangi turlari paydo bo’ladi.Ularni yechish uchun bolalar grafiklarni o’qishni, jadvallar tuzishni, diagrammalardan ma’lumotlar olishni o’rganishlari kerak. Mantiqiy-matematik tasavvurlar turiga kiruvchi tushunchalar doirasi kengayadi, mantiqiy ma’nodagi masalalar salmog’i ortadi, ularning mazmuni yangi g’oyalar bilan boyiydi. Bunda masalalar tanlashning ilgari foydalanilgan prinsiplari saqlanib qolib, ifoda qilish va yechish usullari bo’yicha turlicha masalalar kiritilgan. O’quvchi har bir ko’rinishdagi masala matnini tahlil qilishi, yechish usulini o’ylashi, izlashi va topishi kerak. “ Kattaliklar va ularning o’lchovlari” mantiqiy yo’nalishi quyidagi yangi masalalar bilan keltirilgan: to’g’ri burchakli parallelepiped ( kub) sirtining yuzi va hajmini hisoblash; transportir yordamida uchburchak kattaligini graduslarda o’lchash, burchaklarni ularning gradus o’lchovlari bo’yicha taqqoslash va klasifikatsiyalash ( to’g’ri, o’tkir, o’tmas), uchburchaklarni ularning burchak kattaliklari va ularning tomonlari uzunliklari bo’yicha klasifikarsiyalash: turli asbob-uskunalar yordamida o’lchash aniqligi haqida tushunchalarni kiritish, o’lchash aniqligini baholash, o’lchashdagi xatoliklar manbalari va xatoliklarni hisoblash, kattaliklarning taxminiy qiymatlari haqidagi tushuncha, masshtab va uning qiymatlari haqidagi tushunchalarning kiritilishi, masshtabdan foydalanib to’g’ri to’rtburchak shaklidagi joyning unchalik murakkab bo’lmagan uchastkasini qurish; buyumning haqiqiy uzunligini, buyumning rejadagi uzunligini topish bilan bog’liq, rejaning masshtabini topish bilan bog’liq hisoblash xarakteridagi masalalarni yechish ( shu jumladan, geografik xaritadan foydalanish bilan bog’liq masalalarni ham yechish). Matematika darslarida masshtab va geografik xaritalar bilan bog’liq ishlar “Atrofimizdagi olam “ kursi uchun ham foydali bo’ladi.( masalan, geografik xaritadan foydalanib, o’yin-sayohat darsini tashkil etishda ).

2-3-sinflarda o’quvchilar matematik mantiqning eng muhim tushunchalaridan biri-mulohazalar bilan tanishadilar.Mulohazalarning qiymatlari sifatida “to’g’ri” va “noto’g’ri” so’zlaridan foydalaniladi. Mantiqiy- matematik tushunchalar va munosabatlar yo’nalishi yangi bilimlar va amaliy ko’nikmalar bilan jiddiy boyiydi. 4-sinfda mantiqda qabul qilingan rost (yozuvda “R” harfi bilan belgilanadi ) va yolg’on ( yozuvda “Yo” harfi bilan belgilanadi) atamalar kiritiladi.O’quvchilar bilan rost va yolg’on mulohazalarning turli-tuman misollari ishlatiladi.

4-sinfda matematik munosabatlarni o’rganish davom ettiriladi: munosabatlarning xossalari ularning atamalari-refleksivlik, simmetriklik, tranzitivlik bilan kiritiladi; bir, ikki yoki ko’rib o’tilgan uchala xossalarga ega bo’lgan munosabatlarga doir misollar yechiladi, har bir xossa berilgan munosabatning grafigida qanday aks ettirilishi ko’rsatiladi.Ayni bir xil xossaga ega bo’lgan munosabatlarga doir misollar kiritiladi (masalan, o’quvchilarga tanish bo’lgan “kichik” va “katta” munosabatlari tranzitivdir, sonlar yoki kattaliklarning istalgan to’plamiga doir munosabatlar refleksivlik,simmetriklik va tranzitivlik xossalariga egadir).

Mantiqiy – matematika tasavvurlarning barcha yo’nalishlari kichik maktab o’quvchilarining mantiqiy savodxonliklarini sezilarli darajada ko’rsatish imkonini beradi, bundan buyon ular tomonidan algebra, geometriya, matematik analizning sistematik kursining o’zgartirilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bu material boshlang’ich maktabda ta’lim beruvchi o’qituvchilar uchun ham foydali.

Tanlab olib o’qitiladigan ixtisoslashgan sinfdagi o’quvchilar, nisbatan zukkoligi, o’zlashtirish sur’atining tezligi, qobiliyati, umuman, o’qishga munosabati yuqoriligi bilan boshqalardan ajralib turgani sababli bu sinflar uchun tuziladigan matematika dasturi ham ma’lum darajada yuqoriroq saviyada bo’ladi. Umuman, har ikkala sinfda ham o’quv ma’lumotlari birdek uzviy qiziqarli bo’lsa ham ixtisoslashgan sinflar dasturi murakkabroq, chuqurroq va kengroq bo’lib hajmi ham kattaroqdir.Ixtisoslashgan maktablarda matematika o’qitish haftasiga olti soat deb belgilanishi va o’quv ma’lumotlari sinflar bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi.




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling