Mavzu: Boshlangʻich sinflarda musiqa oʻqitishning maqsad va vazifalari Reja
Download 49 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 mavzu Boshlangʻich sinflarda musiqa oʻqitishning maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlangʻich maktabda musiqa oʻqitishning asosiy maqsadi
- Boshlangʻich sinflarda musiqa oʻqitish quyidagi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qoʻyadi
Mavzu: Boshlangʻich sinflarda musiqa oʻqitishning maqsad va vazifalari Reja: 1. Boshlangʻich sinflarda musiqa oʻqitishning mazmuni va maqsadi. 2. Boshlangʻich sinflarda musiqa oʻqitishning vazifalari. 3. Yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda musiqaning ahamiyati. 4. Musiqa madaniyati darslariga qoʻyilgan zamonaviy talablar. Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda, maktabda oʻqitiladigan barcha fanlar qatori, nafosat tarbiyasining, tarkibiy qismi boʻlgan, musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuygʻularini, orzu-istaklarini oʻziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol taʼsir koʻrsatadi. Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni oʻzlashtirishga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. Musiqa jonli sanʼat turi sifatida davr, hayot, tabiat va inson his-tuygʻularini, orzu-istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, oʻylayntiradi va hayotdan ozuqa olishga xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nosir Al-Farobiy aytganidek, “Bu fan tana sogʻligʻi uchun foydalidir”. Bobomiz Shayx Saʼdiy “Musiqa odam ruhining yoʻldoshidir”- degan edi. Shunday ekan, biz musiqa oʻqitishni, boshlangʻich sinf oʻquvchilaridan boshlashimiz lozim. Chunki, boshlangʻich sinfda maktabda musiqa taʼlimotini poydevori qoʻyiladi. Boshlangʻich maktabda musiqa oʻqitishning asosiy maqsadi - boshlangʻich sinf oʻquvchilarga musiqa sanʼati goʻzallik qonunlari asosida oʻrganish malakasini singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlangʻich sinflardagi musiqa madaniyati darslari, umumiy taʼlimning ahloqiy-estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi boʻlib hisoblanadi. Darsdan tashqari tashkil qilinadigan turli tadbirlar, tarbiyaviy soatlar, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini, dunyoqarashini shakllantirishda ahamiyati katta. Boshlangʻich sinflarda musiqa oʻqitish quyidagi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qoʻyadi: 1. Oʻquvchilarda musiqaga ixlos uygʻotish va ularning musiqiy qobiliyatlarini ritm tuygʻusini oʻstirish, musiqiy oʻquv, xotira, diqqat va badiiy didni shakllantirish; 2. Oʻquvchilarda milliy musiqa me’rosimizga va u orqali Ona-Vatanga muhabbat hissini tarbiyalash; 3. Oʻquvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatini oʻstirish.O‘quvchilarda go‘zallikni ko‘ra bilish va hayotga go‘zallik olib kirish qobilyatini rivojlantirish. Oʻquvchilarning musiqiy ijodkorligini taassurotini boyitishda, tasavvurlarini kengaytirishda musiqa tinglash faoliyatini ahamiyati katta. Musiqa tinglash darsining boshidan oxirigacha amalga oshadi, chunki musiqa madaniyati darslarining barcha faoliyat turlari (qoʻshiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash) musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi. Musiqa madaniyati darslari boshlangʻich sinf oʻquvchilarini atrofdagi goʻzal narsalarni idrok eta olishga va maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qiladi. “Boshlangʻich taʼlim uchun Davlat Taʼlim standartlari” asosida barcha fanlar qatori musiqa fanidan ham dastur ishlab chiqildi. Yangi dastur mazmunida milliy musiqamiz merosidan toʻlaqonli foydalanish, ommaviy xalq kuylari va qoʻshiqlari, lapar, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa oʻz aksini topgan. Dasturning bosh mavzusi “Musiqa va hayotdir” yil, chorak, dars mavzulari, umumiy mavzuga boʻysunadi va mantiqan uzviy birlashib mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi. Bu boshlangʻich sinf musiqa oʻqituvchisidan ish mazmunini yangilashni talab etadi. Yangi dastur mazmunida dars oʻtish uchun, musiqa oʻqituvchisi oʻzining musiqiy-nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim, chunki oʻquvchilarning musiqa darsiga boʻlgan qiziqishini oʻstirishda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda va ularni maʼnaviyatli, maʼrifatli qilib voyaga yetkazishda oʻqituvchi yetakchi boʻlib hisoblanadi. Barchaga maʼlumki, har qanday sanʼatkor ham maktabda musiqa darsini olib borolmaydi. Boshlangʻich sinf musiqa oʻqituvchisi boʻlish uchun oʻz kasbiga va bolalariga mehr qoʻygan yuksak madaniyatli keng dunyoqarashga ega boʻlgan shaxs boʻlmogʻi lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasining amaliy sohalarida chuqur bilimga ega boʻlmogʻi lozim. Boshlangʻich sinflarda musiqa oʻqituvchisining faoliyat miqyosi kengdir. Musiqa madaniyati darslari bilan birga u sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini ham tashkil etishi va boshqarishi lozim. Maktabda sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy soatlar oʻtkazish, musiqa tarbiyasining ommaviy va toʻgarak shakllarini olib borishi, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi zimmasidadir. Bunga “Mustaqillik bayrami”, “Bilimlar kuni”, “Oʻqituvchilar kuni”, “Alifbe bayrami”, “Yangi yil”, “Navroʻz bayrami”, bolalar shoirlari, sanʼatkorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Bugungi mustaqillik sharoitida taʼlim muammolarini hal qilishda boshlangʻich sinf musiqa oʻqituvchisi zamon bilan hamnafas qadam tashlab axborot texnologiyasi va ilgʻor pedagogik texnologiya malakalarini toʻliq oʻzlashtirish va shular asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etmogʻi lozim. Download 49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling