Mavzu: Boshlang'ich sinflarda ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlash Mundarija Kirish I bob. Ona tili va o'qish savodxonligi darslarda matn ustida ishlashning nazariy va amaliy asoslari


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 296.95 Kb.
bet2/13
Sana04.04.2023
Hajmi296.95 Kb.
#1327938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda ona tili va o\'qish savodxonligi darslarda

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘quvchilarning matnni o‘qib tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishida ilmiy ish olib borgan olimlarning asosiy qismini xorij tilshunos olimlari tashkil qiladi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matn yaratishni o‘rgatish, matn va u bilan bog‘liq masalalar ustida ish olib borgan metodist olima N.I.Bekniyazovaning “Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarni matn yaratishga o‘rgatish metodikasi” nomli monografiyasida keltirilishicha, “Matn lingvistikasi muammolari N.S.Pospelov, I.A.Figurovskiy, T.A.Ladijenskaya, G.Y.Solgalik, L.M.Loseva, I.R.Galperin va boshqa olimlar tomonidan yoritilgan. Shundan keyingi olib borilgan ilmiy ishlarda gapdan katta lingvistik birlik – matn haqidagi ilmiy ishlar yuzaga keldi”.
Demak, bu ishda biz o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunishlarida xizmat qiladigan metodlarni ishlab chiqish bo‘yicha izlanishlarni olib boramiz.
Kurs ishining obyekti. Kurs ning obyektini maktab o‘quvchilarining ona tilidagi matnni o‘qib tushunish malakasini shakllantirish jarayoni tashkil etadi.
Kurs ishining predmeti ona tili ta’limida o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunish malakasini shakllantirishga oid metod, usul, tavsiya va vositalar (matnlar nazarda tutilyapti)dan iborat.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari maktab o‘quvchilarida matnni o‘qib tushunish malakasini shakllantirishning nazariy va metodik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalar o‘rtaga tashlandi:

  • Matnni o‘qish va o‘qib tushunish lisoniy qobiliyatini ta’lim obyekti darajasiga ko‘tarish;

  • Bu yo‘lda qilingan ilmiy ishlarni tadqiq qilish;

  • Maktab o‘quvchilarida matnni o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantiruvchi usullar ishlab chiqish va ularni sinovdan o‘tkazish;

  • Maktab yoshidagi bolalarda ijodiy fikrlash qobiliyatini o‘stirish;

  • Ona tili darslarida grammatik qoidalarni o‘rgatish bilan birga o‘quvchilarda erkin fikrlashni rivojlantirish.

Download 296.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling