Mavzu: boshlang’ich sinflarda rasmga qarab insho yozish yo’llari ilmiy rahbar : Eshonqulova Surayyo Isamiddinovna chirchiq-2023 Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda rasmga qarab insho yozish yo‘llari
O‘quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati
Download 129.96 Kb.
|
JAXBAROVA DILDORA ONA TILI METODIKASI
2.2.O‘quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati
Nutq o‘stirish metodikasida o‘quvchilar inshosi uchun baho m e’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi. O‘quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi: 1 . Insho mavzusining yoritilishi (M azmun mavzuga mosmi, ya’ni yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?). 2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to‘g‘ri tuzilganmi, materialni bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo‘qm i, zarur o‘rinlar tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?). 3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari bormi, uslubda xatoga yo‘l qo‘yilm.aganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?). 4. Insho hajmi (so‘z, gap soni; lakonizm yoki ko‘p so‘zlilik). 5. Leksika (so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish. sinonim, antonim , frazeologizmlardan foydalanish). 6 . Sintaksis (gapning hajmi, sintaktik tuzilmalarning bir xil yoki har xilligi, murakkab tuzilmalar bormi?). 7. Imloviy va punktuatsion savodxonlik, xatolar xarakteri (qo‘pol va juz’iy xatolar). 8 . Husnixat, tashqi tom ondan shakllantirish (hoshiyaga, xatboshidan yozishga, sarlavhani to‘g‘ri joylashtirishga rioya qilish). O‘quvchilar inshosiga qo‘yilgan bunday talablar uni baholashda real yondashishga imkon beradi. DARS ISHLANMA Mavzu: Adabiy va adabiy – ijodiy mavzulardagi insholar Darsning maqsadi: ta’limiy: o‘quvchilarga insho, uning turlari, adabiy, adabiy-ijodiy mavzuinsholar haqida bilim berish; tarbiyaviy: o‘quvchilarni ona tilini saqlash va hurmat qilish ruhida tarbiyalash; rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil fikrlash va mushohada yuritish, qoidalar asosida xulosa chiqarishga o‘rgatish. Darsning turi: yangi bilim beruvchi Darsning usuli:guruhlarda ishlash, “Rasmni to‘ldir” usuli, testlar, grammatik mashqlar. Kutilayotgan natija: malaka hosil qiladi, qoidalarni amaliyotda qo‘llay oladi. Darsning jihozi: kartochkalar, ko‘rgazmalar, testlar, tarqatmalar, darslik, 8-sinf ona tili darsligi. Tashkiliy qism: Sinfga kirib, o‘quvchilar bilan salomlashib, o‘quv xonasining tozaligi ko‘zdan kechiriladi. Davomat tekshiriladi, o‘quvchilarning soniga qarab, ular ikki guruhga ajratiladi. Ma’naviy daqiqa. O‘tilgan darsning o‘zlashtirilganligini tekshirish: Savollarga javob: O‘quvchilar ramziy “Zakovat qutisi”dan o‘tilgan mavzu yuzasidan savollar olishib, ularga javob beradilar. Tarqatmalar bilan ishlash: ikkala guruhga quyidagi kabi tarqatmalar tarqatiladi: 1.“Alpomish” dostoniga reja tuzing. 2.“Ravshan” dostoniga reja tuzing. Yangi mavzu bayoni: Yangi dars mavzusi va rejasi sinf taxtasiga yoziladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga aqliy hujum boshlaydi: Sizga birinchi sinfdan tanish bo‘lgan oddiy yozma tasvirlar, rasm asosidagi hikoya, turli xil maktublar ham inshoga o‘xshaydi. Lekin ularni haqiqiy insho deb bo‘lmaydi. Chunki bunday yozma ishlarda o‘quvchining mustaqilligi va ijodiyligi chegaralangan bo‘ladi. Insho nima? O‘quvchilar: - muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy mavzudagi inshodir. Bunday mavzudagi inshoda biror asar yoki qahramonlar taqdiri tahlil qilinadi. Adabiy-ijodiy mavzudagi inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o‘quvchi o‘z mustaqil fikri bilan yondashadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta eэtibor beriladi. Bu insho turining adabiy mavzudagi inshodan farqi ham ana shunda. XULOSA Insho – ijodiy ish: o‘quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o‘ylash, logik bog‘lanishni belgilash, so‘z, so‘z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o‘zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‘quvchidan aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan birga o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko‘nikmasini ham talab etadi. Bu murakkab jarayonlarni amalga oshirish uchun o‘quvchilarda insho yozish malakalarini takomillashtirish lozim bo‘ladi. Biz bu borada birinchi bobda insho mavzusining ilmiy-metodologik adabiyotlarda yoritilishi hamda DTS da yozma nutqqa qo‘yiladigan talablarni o‘rgandik. Shu talablar asosida o‘quvchilarning hozirgi kundagi insho yozish bilim, ko‘nikma va malakalarining holatini aniqlash , o‘qituvchilar orqali o‘quvchilarning insho bo‘yicha bilimi qanday ekanligini bilib olish mumkin va o‘quvchilarning insho yozish malakalarining hozirgi holati o‘rta darajada ekanligi aniqlandi. O‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirish, buning uchun o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish, bog‘lanishli nutq tuzish, shu orqali o‘quvchilarni og‘zaki va yozma insho yozishga tayyorlash ko‘zda tutildi. Bu ikki jarayon bosqichma-bosqich tarzda amalga oshiriladi.Inshoning turlari ham har xil.O‘quvchilarga tabiat manzaralari orqali,rasmlar orqali ham insho yozdirsa bo‘ladi.Hikoyaning matnini o‘qib berib yoki ularga shu hikoyani o‘zini berib emas,balki o‘sha hikoyaning rasmlari orqali ham bolalarda tasavvur uyg‘otish mumkin.Rang-barang rasmlar orqali bolada qiziqishni uyg‘otish,uni fikrlashga undash,dunyoqarashini kengaytirish mumkin.Hr bir o‘quvchi o‘z xayollari,tasavvurlari orqali rasmda nima tasvirlanganiga e’tibor qaratadi.Ulardan og‘zaki rasmga qarab hikoyacha tuzishni hamso‘rash mumkin va savollar orqali shu hikoyani bir butun qilib jamlanadi.Rasmlar bilan ishlashda o‘quvchilarda diqqatni jamlash qobiliyati,xotira rivojlanadi.Odob-axloq mavzusidagi rasmlar ongli,aqlli,odobli bo‘lib shakllanishida yordam beradi.Diqqat bilan rasmni kuzatganda o‘sha rasmning barcha sir-asrorlarini o‘rganishga imkon beradi va rasmning qaysidir jihatlarini yoritib beradi.Ona tili darslarida o‘quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etiladigan insholar qancha ko‘p yozdirilsa,adabiyot va o‘qish darslarida uyushtiriladigan insholarda fikr izchilligi,uslub ravonligi,xulosalarning mustaqilligi va asosliligi,shaxsiy munosabatning mavjudligi,ishining o‘qishliligini ta’minlashda shuncha muvaffaqiyatga erishish mumkin.Bu kabi insholarni baholashda talablarning mavjudlik darajasidan kelib chiqib ish tutiladi.Ularning deyarli barchasi aks etgan ishlarga “5”; nisbatan kamroq talablar amalga oshirilgan ishlarga “4”; deyarli qamrab olinmagan insholarga esa “3”; baho qo‘yiladi.Lekin zinhor-bazinhor yomon baho qo‘yilmaydi-baholash masalasi ochiq qoldiriladi. Shunday qilib,insho yozish zamonaviy maktabning dolzarb muammolaridan biridir va bu ko‘nikma o‘quvchi kelajakda qaysi soha-xoh fan,xoh texnika yoki san’at bo‘lsin,madaniyatli shaxs,ma’naviyati sog‘lom mutaxassis sifatida shakllanishi garovidir. Download 129.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling