Mavzu: boshlang‘ich sinflarda,,SO‘z tarkibi mavzusini o‘rgatish metodikasi mundarija
O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasini shakilantirish
Download 207.66 Kb.
|
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ,,SO‘Z TARKIBI d
2.2. O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasini shakilantirish
Hovlimizda gulzor bor. Gulzorga har xil gul ekilgan. Ularni gulchi akam parvarish qiladi. Gullar chamandek ochiladi. O‘qituvchi rahbarligida bir o‘zakdosh so‘zdan boshqasi qanday, qaysi morfema yordamida yasalgani, u qaysi so‘z turkumiga kirishi, qanday ma’no bildirishi aniqlanadi. 2. Leksik ma’nosi keng tushuntirilgan so‘zni o‘zakdosh so‘z bilan almashtirish. Topshiriq. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zga o‘zakdosh bo‘lgan bir so‘z toping. Uning qaysi turkumiga kirishini ayting va uni so‘z tarkibiga ko‘ra taxlil qiling. Olma daraxti ko‘p joy (olmazor). Paxta yetishtirish bilan shug‘ullanadigan kishi (paxtakor). O‘quvchilar o‘qituvchi yordamida shu so‘z qaysi so‘zdan va qanday qo‘shimcha yordamida yasalganini aniqlaydilar. 3. Har xil so‘z turkumiga kiradigan o‘zakdosh so‘zlardan qatnashtirib gap tuzish. 4. So‘z yasashga doir vazifalar. Oq, ish, so‘zlardan –la, -chi qo‘shimchalari yordamida yangi so‘zlar yasang. Berilgan va siz yasagan so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kirishini isbotlang. Ish, paxta, kolxoz otlaridan o‘zakdosh otlar yasang. So‘zlarni tarkibiga ko‘ra taxlil qiling. Fe’ldan ot yasash uchun qanday qo‘shimchalardan foydalandingiz? Bu vazifalar o‘quvchilardan so‘z yasalishi xususiyatlariga, so‘zlarning morfemik tarkibiga e’tibor berishni talab etadi va so‘zning morfemik tarkibi shu so‘zning muayyan bir so‘z turkumiga oid ekani bilan bog‘liqligini aniqlashga qaratiladi. Quyidagi kabi savol va topshiriqlarni bajarish asosida o‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibini qanday o‘zlashtirganini aniqlash mumkin: 1. Savollarga javob berish: 1. So‘zda qaysi qism eng asisoysi hisoblanadi? Nima uchun? So‘z yasovchi qo‘shimcha qanday vazifani bajaradi? Misol bilan isbotlang. 3. So‘zda forma yasovchi qo‘shimcha nima uchun xizmat qiladi? Isbotlang. 2. Ikki so‘zning ma’nosi va tarkibini taqqoslash. Buning uchun o‘quvchilar o‘zak va so‘z yasovchi qo‘shimchalarning semantik rolini qanchalik tushunganini aniqlashga imkon beradigan so‘zlar tanlanadi. (ishladi va boshladi, paxtakor va paxtazor) 3. So‘zlarni taqqoslab, o‘zakdosh yoki o‘zakdosh emasligini isbotlash (tuz, tuzdon, tuzli, tuzsiz, tuzladi) qaysi qism ularni o‘zakdosh qilayapti? Savollariga javob berish. 4. Bog‘bon, o‘roq, bog‘ni, ishchidan so‘zlarini tarkibiga ko‘ra taxlil qilish: 1. O‘zak va so‘z yasovchi qo‘shimchadan. 2 O‘zak va forma yasovchi qo‘shimchadan. 3. O‘zak va so‘z yasovchi, forma yasovchi qo‘shimchalardan tuzilgan so‘zlar tanlash. 5. Tayanch so‘zlar asosida o‘qituvchi tavsiya etgan mavzuga oid kichik hikoya tuzish. So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli gruppalarga ajratilishi – so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So‘zlarni leksik-grammatik turkumlarga ajratishda 3 belgiga: 1)leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni predmet, harakat yo holat, belgi kabilarning umumlashitirilgan ma’nolari); 2)morfologik (so‘zning turli shakl tizimi); 3)sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslanadi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhlardagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolari, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlarga qaratilishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida so‘z turkumi bilan umumiy tanishtir ilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ular taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiradigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: 1)so‘z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanog‘i va tartibi, predmet harakati yoki holati); 2)qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi; 3)o‘zgarish-o‘zgarmasliligi; 4)gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan bilimlari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. O‘quvchilar nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha boradi. Dasturga ko‘ra, 1-2-sinflarda so‘zlar javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlarga qarab tasnif qilinadi. 3-sinfda “so‘z turkumi” tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanilishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlaning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasi, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar. Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan bilimlarning hajmi ko‘rsatilgan (1-jadval) O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, guladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 3-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? –gul, bu so‘z predmet bildirayapti, ko‘plikda qo‘llanadi – gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet belgisini bildirayapti, bu sifat; gulladi so‘zi nima qildi? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet holatini bildirayapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llaniladi – gullamadi, bu fe’l. Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsuslashtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe’l gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar. So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllanitrish, atrof-muhit haqidagi bilimlarni boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasini ham amalga oshiriladi. 1-jadval
Download 207.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling