Mavzu: Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish


Download 46.96 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi46.96 Kb.
#1776739
Bog'liq
Mavzu Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida mustaqil va erkin fikr-fayllar.org


Mavzu: Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

URGANCH INNAVATSION


UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM
YO’NALISHI FAKULTETI


MUSTAQIL ISH
MAVZU: Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida mustaqil va erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirish

Fan nomi:Boshlang’ich ta’limda tarbiya

Qabul qiluvchi : Kazakova G

Bajardi: 1-bosqich talabasi

Masharipova Shaxnoza
REJA:
1 Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati

.Tafakkurning turlari.


2. Mustaqil fikrlash - sog‟lom ma‟naviyatning mezoni sifatida.
3.Boshlang`ich sinf o`quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlanishi.

Inson idrok qilgan, xotirasida saqlab qolgan narsalarning barchasi uning uchun ma’lum ma’no va mohiyatga ega bo’ladi. Aks holda u eslab qolmaydi ham, keyingi safar analogik ob’ekt bilan to’qnash kelganda, unga diqqatini qaratmaydi ham, figura fonga aylanib qolaveradi. Ya’ni, biz ko‟rgan, eshitgan, his qilgan narsalarimizning barchasi ma’noli bo’lishini xohlaymiz. Shunisi xarakterliki, ana shunday narsa va hodisalarga biz tomondan beriladigan ma’no har bir alohida shaxs tomonidan turlicha idrok qilinadi. Masalan, olim uchun har qanday kitob - hayotining ma’nosi bo‟lsa, dexqon uchun yer va undan olinadigan hosil - ahamiyatli hisoblanadi. hattoki, bitta narsaning o‟zi turli odamlar uchun turli xil ma’no va mazmun kasb etadi. O’sha kitob misolini oladigan bo’lsak, kitob industriyasi bilan shug’ullanuvchi muhandis uchun - ishlab chiqarish mahsuloti, kitob do‟koni sotuvchisi uchun - tovar - mahsulot, o’quvchi uchun - ilm manbai, muallif olim uchun - ijodining mevasi, eng qimmatli narsadir. Har bir alohida narsaga bo’lgan munosabatimiz uning biz uchun qadr-qimmatiga bevosita ta’sir etadi, u gox ijobiy, gox salbiy bo‟lishi mumkin. SHu nuqtai nazardan ham biz narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo’lamiz. Tilshunoslikni kasb etib tanlagan talaba uchun kibernetik modellashtirishga bag‟ishlangan ma’ruza qanchalik zerikarliday tuyulsa, iqtisodchilik kasbini egallamoqchi bo‟lganlar uchun pul, foyda va daromad olish yo‟llari haqidagi ma’lumotlar shunchalik ahamiyatli, oddiy so’zning morfologik tahlili - shunchalik befarqlik holatini keltirib chiqaradi. Demak, bizning dunyoni, uning sir-asrorlarini tushunishimizning zaminida narsa va hodisalarning biz uchun shaxsiy aloqasi, ahamiyatliligi darajasi yotadi. Ana shunday dunyoni tushunishimiz, anglashimiz va unga ongli munosabatimizni bildirib, izxor qilishimizga aloqador bilish jarayoni psixologiyada tafakkur, fikrlash deb ataladi. Tafakkur - inson ongining bilish ob’ektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o’rtasida murakkab, har tomonlama aloqalarning bo’lishini ta’minlovchi umumlashgan va mavxumlashgan aks ettirish shaklidir. Tafakkur muammolari uzoq vaqtgacha o‟zining murakkabligi bilan psixologlar nazaridan chetda bo‟lgan, u asosan faylasuflar va mantiqshunoslar fikr yuritadigan masala hisoblangan. Psixologiya ilmining otaxoni hisoblanmish nemis olimi Vilgelm Vundt ham psixologiyani ikkiga bo‟lib - fiziologik psixologiya (eksperimental yo‟l bilan bilish jarayonlarini o‟rganuvchi fan) va halklar psixologiyasi kismlariga bo‟lib, oxirgi psixologiyaning tarkibiga nutq va tafakkur psixologiyasini ham kiritgan va uni eksperimental tarzda o‟rganib bo‟lmaydi, ularni tushuntirish mumkin xolos deb hisoblagan. Bu xulosalar aslida tafakkur va fikrlash jarayonlarining naqadar murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin shunday bo‟lsa ham shuni ta‟qildash joizki, birinchidan, tafakkur va fikrlash jarayonlari - bu bilish jarayonlari; * ikkinchidan, ular ham shaxs tomonidan borliqni aks ettirish shakli, umumlashtirib, bilvosita aks ettirish shakli; * uchinchidan, bu jarayonlar ham eksperimental psixologiya tomonidan o‟rganiladi; * to‟rtinchidan, tafakkur bilishning eng oliy va yuqori darajadagi shaklidir. Tafakkur predmetini belgilash uchun mukammal ta‟rif O.K.Tixomirovning darsligida kuzatiladi: “ Tafakkur- bu o‟z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda umumlashmalar yangiligiga bog‟liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir”. Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan turli-tuman qarash va ta‟riflar mavjuddir. S.L.Rubinshteyn fikriga ko‟ra tafakkurni psixologik jihatdan o‟rganishning asosiy predmetijarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo‟lishdir, ya‟ni u sub‟ekt faolligini ta‟kidlaydi. A.N.Leontev esa tafakkurni turli ko‟rinishlarga ajratib, fikr yuritish faoliyati ekanligini uqtiradi, lekin uni predmetli amaliy faoliyat deb nomlaydi. P.YA.Galperin fikriga ko‟ra, tafakkur - bu oriyentirlash tadqiqot faoliyatidir. A.V.Brushlinskiy tafakkurning muhim yangilikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish, oldindan payqash xususiyatlari kabi jihatlarini ko‟rsatib o‟tadi. U tafakkurni umumlashtirib, unda yangilikni izlash va ochish xususiyati mavjudligini isbotlab bergan olimdir. Tafakkurning oliyligi va murakkabligi shundaki, u idrokdan farqli, bevosita aks ettirish bo‟lmay, narsalar va ularning xossalarini ular yo‟q paytda ham aks ettirishga imkon beradi. Masalan, Afrikaning subtropik xududlari to‟g‟risida gap ketganda, umrida biror marta Afrikaga bormagan odam ham subtropiklik xossasini b i l g a n i uchun ham ushbu axborotni tushunib, uni qabul qila oladi. Sinov paytida talaba kecha o‟qigan, laboratoriya sharoitida sinab ko‟rgan qonuniyatlar xususida xuddi ro‟parasida namoyon bo‟layotganday, obrazli qilib gapirib berishi, ro‟y bergan hodisalarni yana formulalar va statistik hisob-kitoblar vositasida isbot qilib berishi ham mumkin. Bu operatsiyalarning asosida tafakkur jarayonlari yotadi. Tafakkur qilishimizni ta‟minlovchi organ - bu bizning miyamiz. Barcha hisob-kitob ishlari - eng elementar harakatlarni rejalashtirishdan tortib, murakkab mavxum teoremalarni isbot qilishga qaratilgan operatsiyalar miyada sodir bo‟ladi. SHuning uchun ham juda charchab turgan paytda odamdan biror qiyinrok masala xususida fikr bildirishini so‟rasangiz, «hozir boshim og‟rib turibdi, juda charchaganman, biroz o‟zimga kelay, keyin fikrlashamiz», deb javob beradi. Demak, miya faoliyati bilan fikrlash faoliyati o‟zaro uzviy bog‟liq ekan. Miyamizning fikrlash qobiliyati va imkoniyatlari shunchalik salmoqliki, ayrim olimlarning fikricha, uning ishlash qonunlari hozir biz ishlatayotgan kompyuterlar emas, yana 100-200 yillardan keyin paydo bo‟ladigan murakkab, o‟ta «aqlli» kompyuterlar faoliyatiga yaqin ekan. Kallamizga kelgan barcha uy - xayollar - bu fikrlardir. Normal insonni fikrsiz tasavvur qilib bo‟lmaydi, har on, har dakikada odam miyasi kandaydir fikrlar bilan band bo‟ladi. Ularni tartibga solish, keragiga diqqatni qaratish, ichki yoki tashqi nutq vositasida uni yechish - fikrlash jarayonidir. Fikr yuritishning umumlashtirish operatsiyasi ushbu turlarga bo‟linadi: 1. Mazmuniga ko‟ra: elementar; empirik; tushunchali; nazariy. Fikrning yo‟nalishiga ko‟ra: xususiydan umumiyga; umumiydan xususiyga; yakkadan umumiyga va undan xususiyga; umumiydan xususiyga va o‟sha umumiydan yanada umumiyga; kamroq umumiydan yanada umumiyga; yagona umumiy holatdan yanada umumiyroqqa. Fikrlash jarayoni aslida ma‟lum bir masala, muammo, jumboqni hal qilish kerak bo‟lganda paydo bo‟ladi. Fikrlash doimo bir narsa xususida kamida bitta yechimni berishi shart, aks holda u boshqa jarayonga - xayol, fantaziyaga aylanib ketishi mumkin. Fikr, g‟oya, aniq yechim bo‟lmaganda, inson miyasining borlikdagi narsa va hodisalar mohiyatini aks ettirishi xayol deb ataladi. Shuning uchun ham do‟stlar davrasida ba‟zan muammo xususida tortishuv bo‟lib qolganda, aniq bilimi yoki g‟oyasi yo‟qligi tufayli kallasiga kelgan narsani aytgan bolaga qarab «Juda olib qochishga ustasan-da, xayolparast» deyishadi. Srunday qilib, muammo yoki jumboqlar bizni fikrlashga majbur etadi. Masalan, shunday masalani olib ko‟raylik. Sizga mixlar solingan bir karton quticha va ikkita sham, bolg‟acha berilgan. Vazifa: eshikka shamni o‟rnatib, yoqib qo’yish. kerak. Kim qanday yechadi? Albatta, birdaniga to‟g‟ri yechimga kelish qiyin. Agar kutichani bo‟shatish mumkinligi va uni shamdon sifatida eshikka kokish mumkinligi to‟g‟risida fikr kallaga kelmaguncha, yechimni topish qiyin. Ayni shu masala ikki xil shart bilan berilgan: bittasida kuticha mixlar bilan tula deyilgan, ikkinchisida quticha bo‟sh deb berilgan. Ikkinchi holatda bolalar uning yechimiga tezroq kelishgan. Psixologlarning fikricha, har qanday masalani yechish mobaynida odam uning shartlarini bir necha variantlarda tasavvur qilsagina yechimga kelarkan. Agar idrok bilan bog‟laydigan bo‟lsak, figura fonga, fon esa figuraga aylanadi, ularning o‟rinlari almashadi va hakozo. Bundagi individual farq shundaki, ba‟zi bolalar yechimga to‟g‟ridan-to‟g‟ri figura asosida keladi, boshqalar esa bir necha yechimning variantlarini ko‟zoldiga keltirib, so‟ngbir qarorga keladi. Kimdir juda tez fikrlaydi, kimdir juda sekin. Shuning uchun ham test yechish jarayonida yonma-yon o‟tirgan ikki bola bir xil yechimni belgilaydi, lekin o‟sha yechimga kelish yo‟llari har birida o‟ziga xos bo‟ladi. Aynan shu jarayonning qanday kechishini tafakkur psixologiyasi o‟rganadi. Muammoning yechimi ba‟zan birdan, yorkin yulduzday yark etib paydo bo‟ladi. Bunday psixologik holat psixologiyada insayt - oydinlashuv deb ataladi. Odam qachon ana shunday fikrlarda tiniklik, insayt paydo bo‟lganini o‟zi ham bilmaydi. Eng iqtidorli, zukko olimlar ham o‟zfikr yuritish qonuniyatlariga e‟tibor berib, yangi g‟oya qachon, qanday yo‟l bilan paydo bo‟lganiga javob topolmaganlar. Hattoki, ba‟zan shunday ham bo‟ladiki, yangilik kashf etgan olim o‟zining fikri naqadar noyob ekanligini ham anglash imkoniyatiga ega bo‟lmaydi, qolaversa, kashfiyot go‟yoki uniki emasday, qayerdan kelib qolganini ham tushunmaydi. Shuning uchun ham ko‟plab genial kashfiyotlarning haqiqiy qadr - qimmati muallif o‟tib ketgandan keyin tarix tomonidan baholanadi. Xuddi shunday qadrga ega bo‟lgan kashfiyotlar yurtimizda yashab o‟tgan yuzlab allomalar ijodiga taalluqli. Masalan, Ibn Sino, Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy, Al-Farg‟oniy, Xorazmiy, Zamashhariy kabi allomalar o‟zlari ijod qilgan paytlarida yaratgan g‟oyalari va kashfiyotlarining qanchalik ahamiyatli va o‟lmas ekanligini keyingi avlod, butun bir insoniyat tarixi isbot qilib, tan oldi. R. Dekartning kallasiga analitik geometriya g‟oyasi kelganda, o‟zida yo‟q xursand bo‟lgan va cho‟kkalab, yig‟lab shu fikrni unga ato etgan Xudoga sajda qilgan ekan. Darhaqiqat, miyadagi tiniqlik, oydinlashuv avvalo Olloxning inoyati, qolaversa, o‟sha fikr egasining mashaqqatli mehnati, tinimsiz ilmlar dunyosida to‟kkan zaxmatli terlari evaziga ro‟y beradi. Umuman yangiliklar ochish, ijod qilishga aloqador tafakkur turi uning eng ahamiyatli va shu bilan birga eng qiyin turidir. Crunki ijodkor, yoki kashfiyotchi nimanidir kashf qilishni xohlaydi, tinimsiz izlanadi, lekin qachon, qanday sharoitda, qanday yo‟l bilan uni ochishi mumkinligini o‟zi ham bilmaydi. SHu o‟rinda akademik Kedrovning Mendeleyev davriy jadvalini kashf qilganligi xususidagi esdaliklari juda o‟rinli. Olim uzoq vaqt mobaynida barcha kimyoviy elementlarni ma‟lum qonuniyat asosida jadvalga tushirishni o‟ylab yurgan. «Kallamga kelyapti-yu, uni ko‟rolmayapman», deb tashvishlanardi olim. Kunlardan bir kun u juda toliqib, yozuv stoli ustida uxlab qolganda, tushida davriy jadvalni «ko‟rgan». Xursand bo‟lib ketib, uyg‟ongan zaxoti moddalarni jadvalga joylashtira boshlagan. Tushdagi ishi bilan o‟ngidagi ishining farqi shu bo‟lganki, tushida yengil moddalar pastda joylashgan bo‟lgan, Mendeleyev ularni o‟ngida «to‟g‟rilab» chiqqan. Bu ham o‟sha insaytga bir misol. 1.1.Tafakkurning turlari. Insonning fikrlash jarayoni tahlil qilinganda, uning qanday shakllarda kechishi ahamiyatli bo‟lib, bu uning turlari va shunga ko‟ra fikrlashdagi individuallik masalasidir. 5-jadvalda tafakkurning turli mezonlar asosidagi klassifikatsiyasi keltirilgan. Hayot mobaynida uqiganlarimiz, ma‟lum shart-sharoitlarda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g‟oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayoni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosita hayotda va harakatlarimiz mobaynida hosil bo‟lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir. Tafakkur turlari Shakliga ko‟ra Ko‟rgazmali harakat Ko‟rgazmali obrazli Mantiqiy Ko‟riladigan masalaning xarakteriga ko‟ra Nazariy Amaliy Ijodiylik elementiga ko‟ra Konvergent Divergent Yangiligi va noyobligiga ko‟ra Reproduktiv Produktiv (ijodiy) Ko’rgazmali - harakat tafakkurining xususiyati shundaki, u ham odamning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytdagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi. Ko’rgazmali - obrazli tafakkur esa ko‟rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obrazlari ko‟z oldimizda gavdalangan chog‟da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir. Mantiqiy tafakkur - bu mavxum tafakkur bo‟lib, so‟zlar, so‟zda ifodalangan bilim, g‟oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo‟lmagan narsalar yuzasidan chiqargan xukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkurga misol bo‟la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o‟rganish faqat mavxum, abstrakt tafakkur yordamida mumkin bo‟ladi. Fikrlashimizning yana bir turi reproduktiv bo‟lib, uning mohiyati - ko‟rganbilgan narsamizni aynan qanday bo‟lsa, shundayligicha, o‟zgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi. Undan farqli produktiv yoki ijodiy tafakkur - fikrlash elementlariga yangilik, noyoblik, qaytarilmaslik qo‟shilgandagi tafakkurni nazarda tutadi. Shunga bog‟liq bo‟lgan konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo‟lgandagi fikrlashni nazarda tutsa, divergent tafakkur - fikrning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yuzasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo‟lishini taqozo etadi. Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda bo‟lsa, u ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo‟ladi. Fikrning kashf etish, yangilik yaratishga qaratilgan faoliyati ba‟zan uning kreaktivlik sifati bilan bog‟lab tushuntiriladi. Kreaktivlilik - shunday hislatki, u guyoki yo‟q joyda bor qiladi, ya‟ni oddiygina, jo‟ngina narsalarga boshqacha, birovlarnikiga o‟xshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan, uchta so‟z berilgan - «qalam», «ko‟l», «ayiq». Uchalasini qo‟shib, yangi jumlalar tuzish kerak. Har kim o‟zidagi kreaktivlik darajasiga ko‟ra turli xil jumlalar tuzsa bo‟ladi, masalan, «Bola qalamni olib, ko‟lda cho‟milayotgan ayiq rasmini chizdi». Yoki «Terak qalamchalari ekib chiqilgan ko‟l yokasida bir ayiq bolasini cho‟miltirardi». Shunga o‟xshash ko‟plab jumlalar tuzish mumkin. Mashxur olim K. Yung insonlarni fikrlashlariga ko‟ra asosan ikki toifaga bo‟lgan edi: 1. Intuitiv tiplilar. Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko‟pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo‟yicha ham o‟ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo‟ladi. Ko‟rib, his qilib, yorqin emotsional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror xususda fikrlarini bayon eta olmaydilar. 2. Fikrlovchi tiplar. Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza hissiyotlardan ustun bo‟ladi va miyasining chap tomoni o‟ngiga nisbatan dominanta(ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko‟pincha, «Faylasuf bo‟lib ket-e», deb ham qo‟yishadi. Crunki ular o‟zlarigacha bo‟lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to‟g‟ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan asoslash - argumentatsiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot fanlari bilan shug‟ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo‟lsa, ular o‟z kasblari borasida juda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardan farqli birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar yetishib chiqadi. 1.2. Mustaqil fikrlash - sog’lom ma’naviyatning mezoni sifatida. Biz yuqorida tafakkurni individual xususiyatlari va ushbu jarayonga xos bo‟lgan umumiy qonuniyatlarni o‟rgandik. Lekin aslida maqsad shundayki, har bir shaxs o‟zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining o‟ziga xos tomonini bilgan holda uni o‟stirish yo‟llarini bilishi kerak. Oxirgi yillarda psixologlarning o‟tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari shuni ko‟rsatdiki, fikrlash jarayonlarini guruh sharoitida, dars paytida ham o‟stirish va bunga qisqa yo‟llar bilan erishish mumkin ekan. Ularning fikricha, guruhdagi hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning o‟sishiga ijobiy ta‟sir ko‟rsatib, fikrlash jarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi. Ayrim juda jiddiy va murakkab ijod daqiqalarini inobatga olmaganda, yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni, undagi faoliyat shakli individual tafakkurning ham rivojlanishiga ijobiy ta‟sir ko‟rsatadi. SHu narsa isbot qilinganki, jamoada ishlash ko‟plab nostandart fikrlarning tug‟ilishi, ularning ichidan eng yaxshilarining saralanishi va yangidan yangi g‟oyalarning paydo bo‟lishiga sabab bo‟larkan. Ana shunday samara beruvchi metodikalardan biri «breynstorming» deb atalib, uning lug‟aviy ma‟nosi «miyani zabt etish»dir («mozgovaya ataka» ruscha - «brain storming» ingl.). Uni o‟tkazish quyidagi tamoyillarga asoslangan: Ba‟zi intellektual masalalarni yechishda bitta yechim bilan cheklanib bo‟lmaydi va shu maqsadda ijodiy fikrlovchilar guruhi tashkil etiladi va bu jarayonda «gruppaviy effekt» bo‟lishi kutiladi. Guruh ishi tez va optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan bo‟ladi va bunda alohida ayrim individual qarorlarga ta‟sirlanishga yo‟l qo‟yilmaydi. Guruhga shunday kimsalar kiritiladiki, ular bir-birlaridan fikrlash uslublarining noyobligi bilan farq qiladilar. Masalan, kimdadir mantiqiylik ustun, kimdir kreaktiv, kimdir tanqidchi va shunga o‟xshash. Guruhda shunday ijodiylik ruhi bo‟lishi kerakki, har kim xoxlagan fikrini bemalol aytaveradi, u yoki bu fikr tanqid qilinishi mumkin, lekin uning egasi tanqid qilinmaydi. Bunday sharoitda o‟rtacha intellektual darajaga ega bo‟lgan shaxs ham shunday fikrlar izxor qila boshlaydiki, ular alohida qolgan paytida sira ham miyaga kelmagan bo‟lardi. Bu jarayon oliy o‟kuv yurtlarida darslarda ham qo‟llanilishi mumkin, faqat uning yuqoridagi tamoyillari inobatga olinishi va guruhda o‟zaro hamjihatlik muhiti bo‟lishi kerak. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan boshlanib to 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola u maktab o‟quvchilariga kuyiladigan har xil talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‟rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi.Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. SHu yoshdagi bola idrokining o‟tkirligi, ravshvnligi, sofligi, anikligi, o‟zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurning yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab tahlimiga tayyorlanyotgan bolada diqqat nisbatan o‟zok muddatli va shartli barqaror bo‟ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‟qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi uning psixologik rivojlanishi va shaxsning shakllanishidagi o‟rni nihoyatda katta. Bola o‟quv faoliyatida o‟qituvchi raxbarligi ostida inson ongining turli asosiy shakllari mazmunini egallaydi va insoniy anhanalar asosida harakat kilishni urganadi. O‟quv faoliyatida bola o‟z irodasini o‟quv maksadlariga erishish uchun mashk kildiradi. O‟quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan xolda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi.Birinchi bor maktabga kelgan bola o‟z atrofidagilar bilan psixologik jixatdan yangi munosabat tizimiga utadi. U o‟zining hayoti tubdan o‟zgarganini, unga yangi majburiyatlar nafaqat har kuni maktabga borish, balki o‟quv faoliyati talablariga buysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Oila ahzolarining bola o‟quv faoliyati, yutuqlari bilan qizikayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi shakllaridagi muomala munosabat uning ijtimoiy mavqei o‟zgarganligini to‟la his etishiga, o‟ziga nisbatan munosabatining o‟zgarishiga asos bo‟ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‟z vaqtlarini to‟g‟ri taqsimlash borasida yaxshi o‟qish, uynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‟ullanishga o‟rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashishadigan, maslahatlashishadigan yangi bir o‟rinni egallaydi. O‟quvchining maktabdagi muvafaqqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‟liq ijobiy asos bo‟ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‟rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilar unga yosh boladek emas. balkio‟ vazifalari, majburiyatlari bor bo‟lgan, o‟z faoliyat natijasiga ko‟ra hurmatga cazovor bo‟lishi mumkin bo‟lgan alohida shaxs deb munosabatda bo‟ladilar. Buning natijasida bolaning o‟z-o‟zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‟z o‟rnini anglay boshlaganini ko‟rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xoxlayman" motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‟quvchida psixik zo‟riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida balki xatti-harakatida ham yahni mahlum darajada qo‟rquvni kuchayishi, irodaviy faollikningsusayishida namoyon bo‟ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‟zaro munosabatda mahlum bir natijalarga erishgan, o‟zi xoxlayotgan narsalarni hamda, o‟z oilasida o‟z egallagan o‟rnini aniq biladigan bo‟ladi.. SHuningdek u o‟zini o‟zi boshqarish malakasiga ega bo‟ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar ularning xatti-harakatlari va motivlari ularning o‟zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman" emas, balki bu xatti harakatlar o‟zgalar ko‟z o‟ngida qanday namoyon bo‟lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Bola maktab tahlimiga bog‟chada tarbiyalanyotganida tayyorlanadi. Psixolog Piaje tadqiqotlarida 6-7 yoshli bolalardan turli xil balandlikdagi idishlardagi suv miqdorini belgilash soralgan. Va bolalar suv miqdorini bir-biri bilan teng bo‟lgan idishlarda ko‟rganlaridan so‟nggina o‟z javoblari noto‟g‟riligni bilganlar. Kichik maktab davrida tasavvur asosan bolalar rasm chizishda, shuningdek ertak va hikoyalar to‟qiyotganlarida rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tasavvuri juda keng va xilma-xil bo‟ladi. Ayrim o‟quvchilar asosan real borlikni tasavvur etsalar boshqalari fantastik obraz va vaziyatlarni tasavvur etadilar. Shunga bog‟liq kichik maktab yoshidagi bolalarni realistlar va fantazyorlarga ajratish mumkin. Bolalar ko‟pincha o‟zlariga mahlum obrazlar, shyujetlardan foydalangan holda yangi obrazlarni tasavvur etadilar, yaratadilar. Bu tasavvurlar asosida ularning qo‟rquvni yengish, do‟st topish, xursandchilik hislari yotadi. Bundan tashqari tasavvur terapevtik natija olib keluvchi faoliyat sifatida ham namoyon bo‟lishi mumkin. Bola real hayotda qiyinchiliklarga duch kelib, ulardan chiqib keta olmagan holatda ko‟pincha xayolga beriladi. Masalan, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bola o‟zining hamma havas qiladigan oilasi, uyi bo‟lishini, bu uyga o‟g‟rilar kelib qolsa, u qaxramonlik qilishini tasavvur qiladi. Tasavvur bolani vaqtinchalik bo‟shashiga va bu bo‟shashish vaqtida ota-onasiz yashashini davom ettirish uchun kuch to‟plashga imkoniyat yaratadi. O‟z bolasiga doimiy baqiradigan asabiy ona o‟z farzandining tasavvurida mehribon farishta, o‟z onasini katta, qo‟rqinchli xavfdan qutqarayotgan qaxramonlik yoki bolaga doimiy ravishda ozor berganligi uchun ham o‟lib yotgan ona sifatida tasavvur etishi mumkin. O‟z tasavvurida yaxshi yoki yomon holatlarni boshidan kechirgan bola o‟zining kelgusi xatti-harakatlar motivatsiyasini tayyorlaydi. Kattalarga nisbatan tasavvurning bolalar hayotida ahamiyati juda katta. Bola tasavvur qilib atrofhayotni chuqurroq bila boshlaydi, o‟z-o‟zining shaxsiy tajribasidan tasavvur yordamida chetga chiqa oladi, ijodiy layoqati rivojlanadi, shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. O‟quv faoliyati xususiyatlari. Kichik maktab yoshidagi bola o‟qituvchisi bilan mustahkam emotsional bog‟liq bo‟ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotlarni o‟zlashtirib kelgan bo‟lsa ,endi o‟z xoxish irodasi bilan zarur mahlumotlar to‟plashga, o‟z oldiga aniq maqsad va vazifa qo‟yishga harakat qiladi.Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayayn darajada rivojlanishini bildiradi. Oqilona tashkil qilingan tahlim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal rivojlantiradi. Shu yoshdagi bola boshqa davrlarga qaraganda ko‟proq narsani o‟zlashtiradi. Maktab tahlimi o‟quvchining turmush tarzini ijtimoiy mavqeini sinf jamoasi va oila muhitidagi ahvolni o‟zgartiradi, uning vazifasi o‟qishdan , bilim olish, ko‟nikma va malakalarini egallash, o‟zlashtirishdan iborat bo‟lib qoladi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri unda o‟ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‟z mohiyati bilan muayyan bilim, ko‟nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki faqat o‟quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir.Shu ehtiyojlar asosida o‟z portfeliga, shaxsiy o‟quv qurollariga dars tayyorlash burchagiga, kitob qo‟yish javoniga ega bo‟lish ,kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Kichik maktab yoshidagi bola o‟zining tub mohiyati va vazifasini tushunib yetmaydi, balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi. Ammo u kattalarning ko‟rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg‟ulotlarga kirishib ketadi. Oradan mahlum vaqt o‟tgach shodiyona lahzalarning taassuroti kamayishi bilan maktabning tashqi belgilari o‟z ahamiyatini yo‟qota boradi va bola o‟qishni kundalik aqliy mehnat ekanligini anglaydi. Shunda bola aqliy mehnat ko‟nikmasiga ega bo‟lmasa uning o‟qishdan ko‟ngli soviydi, unda umidsizlik hissi vujudga keladi. O‟qituvchi esa bunday holning oldini olish uchun bolaga tahlimning uyindan farqi, qiziqarliligi haqida mahlumotlar berishi va uni shu faoliyatga tayyorlashi kerak. Tahlimning mazmuni o‟quvchining bilimlarni egallashga qiziqishi o‟z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hissi bilan o‟zviy bog‟liqdir. Bu his o‟qituvchining rag‟batlantirish bilan amalga oshiriladi va o‟quvchida samaraliroq ishlash moyili, istagi va ishtiyoqini shakllantiradi. Bolada paydo bo‟lgan faxrlanish o‟z kuchiga ishonish hislari bilimlarni o‟zlashtirish va malakalarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o‟qitish jarayoni o‟quv faoliyatining asosiy komponetlari o‟quv vaziyatlari, o‟quv harakatlari, nazorat etish va baholash bilan (V.V.Davidov buyicha)tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay bo‟lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. Agar bola o‟quv harakatlarini noto‟g‟ri bajarsa bu uning o‟quv harakatlarini yo nazorat va baholash bilan bog‟liq harakatlarni bilmasligi yoki ularni yaxshi egallamaganligidan bo‟lishi mumkin. Bolaning mustaqil ravishda bajarilgan harakatlar natijalarini o‟z xatti- harakatlari xususiyatlari bilan taqqoslay olishlari unda o‟z o‟zini nazorat etish xususiyatlarini mahlum darajada shakllanganidan dalolat beradi O‟quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish yullari bilan tanishadilar va ularni egallagan zahoti aniq bir masalalarni yechishda amaliy foydalanadilar. Pedagogik psixologiyaning asosiy talablarida boshlang‟ich sinf tahlimi dasturlaridagi ko‟pgina mavzu va bo‟limlarni o‟rgatish bolalarni mahlum bir sinfga taalluqli namunalarini o‟zlashtirishga yunaltirish orqali tashkil etilishi kerak deb tahkidlanadi. Tadqiqotlarning ko‟rsatishicha, boshlangich sinf o‟quvchilarining masalalarni yechishdagi ayrim yul va tushunchalarni yetarlicha egallamaganligi bu tushuncha va yullarni shakllantirishda bolalar barcha kerakli o‟quv harakatlarini bajarishga o‟rgatilinmaganligi natijasidir. O‟quv faoliyatida nazorat va o‟z o‟zini nazorat etish kichik maktab yoshidagi o‟quvchilarda o‟quv harakatlarini mustaqil rejalashtirishi va bajarishni shakllanishida juda muhimdir. Bolalar taffakuri va nutqining rivojlanishida ovoz chiqarib mulohaza yuritishning va bu uslubdan o‟quv jarayonida foydalanishning ahamiyati katta. Ovoz chiqarib mulohaza yuritish va o‟z yechimini asoslab berish aqliy sifatlarni o‟sishiga xizmat qilib, kishi o‟z mulohazalari va xatti - harakatini tahlil etishi va anglashini rivojlantiradi. Kichik maktab yoshidagi o‟quvchilar aqliy va o‟quv materialini o‟zlashtirish imkoniyatlari ancha yuqori hisoblanadi. To‟g‟ri tashkil etilgan tahlimda bu yoshdagi bolalar o‟rta maktablar dasturida ko‟rsatilgan bilimlarga nisbatan ko‟proq bilimlarni tushunishlari va o‟zlashtirishlari mumkin. Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‟ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki shu davrdan boshlab o‟quv materialini o‟zlashtirmaslikning dastlabki belgilari ko‟zga tashlanadi. O‟zlashtirmaslikning asosiy sabablari bu aqliy rivojlanganlik va o‟quvchanlikning birmuncha orqada qolishidir. N.S.Leytes mulohazalariga ko‟ra inson yoshi kattalashgan sari aqliy rivojlanish darajasi birmuncha ko‟tariladi, o‟quvchanlik esa birmuncha pasayadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning o‟quvchanligi albatta o‟smir va o‟spirinlarga nisbatan yuqori, lekin o‟smir va o‟spirinlarning aqliy rivojlanganligi boshlangich sinf o‟quvchilariga nisbatan yuqoridir. O‟qituvchining muomala va munosabat uslubi o‟quvchining xatti harakatiga tahsir ko‟rsatadi. O‟qituvchining dars jarayonida har bir o‟quvchiga tahsir ko‟rsatishi uchun imkoniyati bor. O‟quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan qiladigan muomala munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. "Bola-katta" munosabati "bola-ota-ona" munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. Chunki, o‟qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan ko‟proq ravishda normativ talablar qo‟yadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o‟zini to‟liq anglashi va o‟zi xatti harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o‟qituvchigina bolaga normativ talablar qo‟yishi, ularning xatti harakatlarini baholash mumkin. O‟z xatti harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‟ich sinfda o‟quvchilar o‟qituvchi tomonidan qo‟yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar va ularning qoidalariga to‟la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‟qituvchi uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat sinfdagi balki umuman tengdoshlari bilan bo‟ladigan munosabatiga bu munosabat esa o‟z-o‟zidan oilasidagi munosabatlariga tahsir ko‟rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar uning o‟quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi. O‟qituvchining o‟quvchilariga tahsir ko‟rsatishi va munosabatining quyidagi uslublari mavjud. Imperativ (avtoritar) uslub bu qattiqqo‟llik bo‟lib, bunda o‟qituvchi o‟quvchilarini so‟zsiz o‟ziga buysinishlarini talab etadi. Lekin nima uchun qattiqqo‟llik qilayotganini yoki o‟quvchilariga nima uchun o‟zlarini shunday tutishlari lozimligini tushuntirib bermaydi, shuningdek o‟quvchilarini o‟z xatti- harakatlarini mustaqil boshqarishga ham o‟rgatmaydi. O‟qituvchi dars davomida o‟quvchilaridan jim o‟tirishini, savollarga doimo qo‟l ko‟tarib o‟qituvchining ruxsati bilan javob berishni, o‟qituvchining ko‟rsatmalarini so‟zsiz bajarishini talab etadi. Bunday pedagoglar o‟quvchilarning qiziqishlari asosida emas, balki asosan o‟quv rejasi asosida dars o‟tadilar. Dars davomida ham bahs -munozara uchun deyarli imkoniyat yaratilmagan holda asosan o‟qituvchining fikri singdiriladi. O‟quvchilari bilan muomala munosabatda ham ularning individual psixologik xususiyatlari, jumladan, nerv sistemasining qo‟zg‟aluvchanlik darajasini ham ehtiborga olmaydilar. Bu uslub o‟qituvchini sinfdan, o‟quvchidan o‟zoqlashtiradi. Emotsional sovuqlik sinfda intizomni lekin o‟quvchida yakkalanish, xavotirlik, himoya qilinmaganlik hissini ham yuzaga keltiradi. Bu uslub sinfda yuqori o‟zlashtirish ko‟rsatgichini berishi, lekin bu o‟zlashtirish asosan faqat xotira evaziga bo‟lib, lekin mustaqil tafakkur, ijodkorlik, hozirjavoblik kabi xususiyatlarni rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo‟ladi, unda doimiy xavotirlik o‟ziga nisbatan ishonchsizlini keltirib chiqaradi. Imperativ uslubdagi o‟qituvchining o‟quvchilari o‟qituvchi sinfda bo‟lmagan vaqtlarda o‟z o‟zini boshqarish malakasi bo‟lmaganligi uchun ham intizomga mutlaqo buysunmaydilar. Bu asosan to‟polonda namoyon bo‟ladi. Bu uslub o‟qituvchining mustahkam irodasini ko‟rsatadi, lekin bu irodada o‟quvchiga nisbatan muhabbat hamda o‟quvchining "ustozim meni yaxshi ko‟radi" degan fikri emas, balki qo‟rquv hissi mavjuddir. ' Demokratik uslub o‟qituvchi bilan o‟quvchi o‟rtasida do‟stona munosabat o‟rnatilishiga asos bo‟ladi. Bu borada darsdagi intizom bu majburiy emas, balki muvafaqqiyatga erishishi garovi sifatida tushuniladi. Bu uslub bolalarda ijobiy emotsiyani, o‟ziga ishonch, o‟z muvafaqqiyati, yutuqlaridan quvonishi, do‟stlari bilan faoliyatda hamkorlik hissini beradi. Demokratik uslub bolalarni birlashtiradi. Shu bilan birga o‟zining faoliyati natijalariga qiziqish uyg‟otgan holda o‟zi uchun o‟zi harakat qilishi lozimligini anglatadi. O‟zini o‟zi boshqarishga, o‟z xattiharakatini o‟zi nazorat qilishga o‟rgatadi. Har bir ishga mahsuliyat bilan yondoshish hissi o‟qituvchining shu yoshdagi bolalar bilan demokratik muomala munosabati asosidagina shakllanadi. Liberal uslub kasbiy layokati yo‟q bo‟lgan o‟qituvchilarga xos bo‟lgan uslubdir. Bunday o‟qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil eta olmaydi. Bunday darslarda har bir bola o‟z tarbiyalanganlik darajasiga qarab o‟zini tutadi. Bola o‟z majburiyatlarini yaxshi his kilmaydi. Muomala munosabatdagi liberal uslub psixologiya va pedagogika fanlari mutlaqo qarshi bo‟lgan uslub hisoblanib, bolalar shaxsini shakllantirish va tarbiyalash jarayonida mutlaqo qo‟llab bo‟lmaydi. Shunday qilib boshlangich sinf o‟quvchilari bilan muomala munosabatdagi imperativ uslub asosan maolum bir chegaralarga asoslangan xolda bola shaxsi rivojiga salbiy taosir ko‟rsatadi. Demokratik uslub o‟qituvchidan muomala munosabatda juda katta kasbiy maxoratni talab etgan xolda bola shaxsining ijobiy tomonlarini rivojlantiruvchi yagona uslub hisoblanadi. Liberal uslub esa o‟quvchini emotsional zeriktirmaydi, lekin uning shaxsi rivojiga ham samarali tahsir ko‟rsatmaydi. O‟qituvchining munosabat uslubi o‟quvchining faolligiga bevosita tahsir ko‟rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‟quvchi faolligini asosan uch xil ko‟rinishi bor. Bu jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik - sog‟lom organizmning harakat qilishga bo‟lgan turli mavjud to‟siqlarni yengishga tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‟ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‟rganishga harakat qilayotgani bilan ham bog‟likdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‟zaro juda bog‟liqdir. CHunki psixik soglom bola harakatchan buladi, charchagan, sikilgan bola esa deyarli xech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda bolani o‟zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada bir qancha qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularga avvalo bir qancha maktab koidalariga buysunish qiyin. Boshlangich sinf o‟quvchisi uchun eng qiyin koida bu dars vaqtida jim o‟tirishdir. O‟qituvchilar o‟quvchilarning doimo jim o‟tirishiga harakat qilishadi, lekin kamharakatli, passiv, quvvati kam bo‟lgan o‟quvchigina dars jarayonida uzoq vao‟t jim o‟tira oladi. O‟quvchini qanday qilib maktab qoidalariga buysunishga o‟rgatish mumkin? Bu borada o‟qituvchining o‟quvchilari bilan qiladigan muomala munosabat uslubining ahamiyati juda katta. Kichik maktab yoshidagi o‟quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o‟qituvchiga ishonch hissi bo‟lib bunda o‟qituvchining o‟quvchiga tahsir ko‟rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o‟qituvchini aql sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb biladi. O‟qituvchining obro‟si oldida ota-onalar, oilaning boshqa ahzolari, qarindosh urug‟larining nufo‟zi keskin kamayadi. SHu sababli, bolalar o‟qituvchining har bir so‟zini qonun sifatida qabul qiladilar. Demak kichik maktab yoshidagi o‟quvchilar rivojida yetakchi bo‟lgan o‟quv faoliyati o‟qituvchi shaxsi va o‟quvchi bilan munosabat uslubining ahamiyati juda kattaMaktab ta‟limiga tayyorlanyotgan bolada diqqat nisbatan o‟zok muddatli va shartli barqaror bo‟ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‟qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi uning psixologik rivojlanishi va shaxsning shakllanishidagi o‟rni nihoyatda katta. Bola o‟quv faoliyatida o‟qituvchi raxbarligi ostida inson ongining turli asosiy shakllari mazmunini egallaydi va insoniy anhanalar asosida harakat kilishni urganadi. O‟quv faoliyatida bola o‟z irodasini o‟quv maksadlariga erishish uchun mashk kildiradi. O‟quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan xolda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi.Birinchi bor maktabga kelgan bola o‟z atrofidagilar bilan psixologik jixatdan yangi munosabat tizimiga utadi. U o‟zining hayoti tubdan o‟zgarganini, unga yangi majburiyatlar nafaqat har kuni maktabga borish, balki o‟quv faoliyati talablariga buysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Oila ahzolarining bola o‟quv faoliyati, yutuqlari bilan qizikayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi shakllaridagi muomala munosabat uning ijtimoiy mavqei o‟zgarganligini to‟la his etishiga, o‟ziga nisbatan munosabatining o‟zgarishiga asos bo‟ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o‟z vaqtlarini to‟g‟ri taqsimlash borasida yaxshi o‟qish, uynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‟ullanishga o‟rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashishadigan, maslahatlashishadigan yangi bir o‟rinni egallaydi. O‟quvchining maktabdagi muvafaqqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‟liq ijobiy asos bo‟ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‟rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilar unga yosh boladek emas. balkio‟ vazifalari, majburiyatlari bor bo‟lgan, o‟z faoliyat natijasiga ko‟ra hurmatga cazovor bo‟lishi mumkin bo‟lgan alohida shaxs deb munosabatda bo‟ladilar. Buning natijasida bolaning o‟z-o‟zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‟z o‟rnini anglay boshlaganini ko‟rish mumkin. Bu davrda bolaning "Men shuni xoxlayman" motividan "Men shuni bajarishim kerak" motivi ustunlik qila boshlaydi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‟quvchida psixik zo‟riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida balki xatti-harakatida ham yahni mahlum darajada qo‟rquvni kuchayishi, irodaviy faollikningsusayishida namoyon bo‟ladi. Bu davrga kelib bola atrofidagilar bilan o‟zaro munosabatda mahlum bir natijalarga erishgan, o‟zi xoxlayotgan narsalarni hamda, o‟z oilasida o‟z egallagan o‟rnini aniq biladigan bo‟ladi.Shuningdek u o‟zini o‟zi boshqarish malakasiga ega bo‟ladi, vaziyat va holatga qarab ish yurita oladi. Bu yoshdagi bolalar ularning xatti-harakatlari va motivlari ularning o‟zlariga beradigan baholariga qarab "Men yaxshi bolaman" emas, balki bu xatti harakatlar o‟zgalar ko‟z o‟ngida qanday namoyon bo‟lishiga qarab baholanishini tushuna boshlaydilar. Xulosa. Shaxs o‟z fikrini bayon etishi, boshqalarni tushunishida tafakkur muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tafakkurning turlari: mantiqiy, nazariy. amaliy, konvergent, divergent, produktiv, reproduktiv, ko‟rgazmali harakat, ko‟rgazmali obrazlini bilish, tafakkur shakllari: tushuncha, hukm, xulosalarni bilish, tafakkur operatsiyalari: analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirishni bilish zarur. Mustaqil fikrlash – talaba-yoshlarda atrof-borliq to‟g‟risida xolis va ob‟ektiv tasavvurlarning shakllanishi uchun psixologik shart-sharoit bo‟lib, yoshlarda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‟stirish va erkin fikrlashni tarbiyalash muhimdir. Psixologik manbalardan yana shu narsa ma‟lumki, o`quvchlar mustaqil fikrlashlari uchun ta‟lim jarayoninig o`zida joriy etilgan tartiblarda biyrokratiyaniminimallashtirilishiga erishish kerak. Chunki eski ta‟lim tizimi o`qituvchining aytganini, u yozganma‟ruza matnini aynan ko`chirib yozib olish, aytib berishni talab qilardi. Bu holat miyani avtomatik holatda ishlashga, zombi kabi o`ziga xis vacuum hosil bo`ladiki, bu vakuumga keyinchalik boshqa yot g`oya va tushunchalar juda tez singadi, chunki miya deyarli tormizlangan, har qanday boshqacha xabar uning miyasiga oson kirib oladi. Demak, davrimiz rahbardan, pedagogdan o`z ish uslublarini o`zgartirish, muloqot qobiliyatlarini takomillashtirishni talab qilmoqda. Bu uning ta‟sir ko`rsata olish xislatlarini samarali bo`lishioni talab qiladi. Bu esa bevosita yoshlarda mustaqil, erkin tafakkurni rivojlanishi uchun real zamin bo`ladi. Barcha ta‟lim tizimi pedagoglari yoshlarni turli yomon ta‟sirlardan asrashda axloqiy qadriyatlardan foydalanishi va bunda axloqiy ta‟sir ko`rsatish texnologiyasidan oqilona o`z faoliyatida joriy eta olishi lozim. Axloqiylikka o`rgatish, axloqan va ma‟nan yuksak bo`lish, umuman tazyiqni, kuch ishlatishni rad etadi. Ma‟muriy tazyiq yoshlarni yot ta‟sirlardan asrab qololmaydi. Buning yagona yo`li – talaba yoshlar bilan munosabatda bo`lishda gumanistik tamoyillarni joriy etish, erkin fikr almashinishmyhitining yaratilishidir. Zero, mamlakatimizda qyrilayotgan erkin fuqarilik jamiyatining asoschisi prezidentimiz Islom Karimov bu ezgu ishlarni amalga oshirishda hamihsa yoshlarga, ularning mustaqil fikrli, iqtidorlilariga ishonadilar.
Foydalaniladigan adabiyotlar 1 2.I.A.Karimov. Ma„naviy yuksalish yo„lida T, 1998 yil.
2. 3.Karimov I.A. Barkamol avlod - O‟zbekiston taraqqiyotining poydevori T., 1998 yil
3. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e„tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir T., 2000 yil
4. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. T.2008 y.
5. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‟zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‟llari va choralari. Toshkent, O‟zbekiston nashriyoti, 2010. 6. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. Toshkent, O‟zbekiston nashriyoti, 2011 y.
7. 1.Davletshin M. G. Umumiy psixologiya. T., TDPU, 2002.
8. Davletshin M.G., Do‟stmuxamedova Sh.A., Mavlonov M.M,To‟ychieva S.M., «Yosh va pedagogik psixologiya». T. TDPU, 2004 .
9. 3.Ivanov I., Zufarova M. Umumiy psixologiya. O‟z.FMJ., 2008.
«O‟qituvchi» 1996 y Elektron ta`lim resurslari
1.www.childpsy.ru
2.www.edu.uz
3.www.psychology.uz
4.www. psychology.net.ru
http://fayllar.org
Download 46.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling