Mavzu; Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarning ma’naviyatini turli tahdidlardan asrashda xalq og’zaki ijodining o’rni Xalq og`zaki ijodi bola kelajagini ta`minlovchi asosiy omillardan biridir. Bolalarda kitobga mexr uyg`otishni asosiy maqsad qilib olgan xalqimiz uchun xalq og`zaki ijodi na`munalari juda qimmatlidir. Onalarning ilk allasi, buvi-bobolarning tunda so`zlab bergan qiziqarli , sarguzashtlarga boy ertaklari, maqollar-u topishmoqlarida Xalq og`zaki ijodining ilk na`munalari namoyon bo`ladi. “Zumrad va Qimmat” ,”To`g`rivoy va Egrivoy” kabi ertaklarda mahnatni sevuvchi, sofdil , mexribon qahramonlar o`zlarining murod va maqsadlariga yetadilar.Erinchoq, yolg`onchi qahramonlar esa qilmishlariga yarasha javob oladilar Ertaklardagi asosiy mavzu yaxshilik va yomonlik o`rtasidagi kurash aks ettiriladi.Kurash esa yaxshilikning g`alabasi ,yomonlikning zavoli bilan yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |