Mavzu: Boshlangʻich taʼlimda tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari


Download 155.68 Kb.
Sana03.09.2023
Hajmi155.68 Kb.
#1672475




Mavzu: Boshlangʻich taʼlimda tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari

Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo’li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.


Tarbiya jarayoni ko’p qirrali jarayon bo’lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar ko’zga tashlanadi. Sub’ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, ob’ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo’nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o’qituvchi faoliyati, balki o’quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o’y-fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o’rin tutadi.

Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko’zga tashlanmaydi. O’zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o’zida, turli-tuman qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o’rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo’ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o’quvchilik yillarida shaxsga to’g’ri tarbiya berish lozimligini talab etadi.


Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu – o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O’quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo’naltirilgan, bir-birini to’ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o’tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o’rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o’tkaza olmaydi, chunki, bolalar ma’lum muddatgina ta’lim muassasasida, o’qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo’lib, qolgan vaqtining asosiy qismini oilada, ko’chada, jamoat orasida o’tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o’quvchilar ta’lim muassasasi o’qituvchisi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo’lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o’qituvchi yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida uzoqlashadilar.
O’quvchilarga nisbatan ta’lim muassasasining ta’sirini susaytirmaslik maqsadida sinfdan, maktabdan tashqarida va ta’til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Ayni vaqtida respublikada o’quvchilarning ta’lim muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo’shimcha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Qo’shimcha ta’lim muassasalarida o’quvchilar xususiy fanlar hamda xorijiy tillarni mukammal o’zlashtirishlari, texnik va badiiy yo’nalishlar bo’yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlari mumkin. Qo’shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan tarli yo’nalish va mavzulardagi uchravshuvlar, ko’rgazmalar, ko’riklar, suhbatlar o’quvchilarning tafakkurini boyitishda, ularda mustahkam xaraktar va irodani tarkib toptirishda muhim o’rin tutmoqda.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati – bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g’oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki. Shaxs ma’naviy-axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o’zlashtira boradi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo’lishi lozim.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni davlat ta’lim standarti, o’quv rejalari mazmunida namoyon bo’ladi. O’quv rejalari quyidagilardan iborat: tayanch, namunaviy va maktab o’quv rejasi.
Umumiy o’rta hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) uchun tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standartining tashkiliy qismi hisoblangan asosiy me’yoriy hujjat bo’lib, u namunaviy va amaliy o’quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tayanch o’quv rejasi davlat ta’lim standarti tarkibiy qismi sifatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining namunaviy o’quv rejalari tayanch o’quv rejasi asosida tuziladi va O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi. Bu reja uzoq muddatga mo’ljallab tuziladi va uning asosida mavjud sharoitlarni hisobga olib ishchi o’quv rejalari ishlab chiqiladi.
O’quv rejasi – me’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:o’quv yili, chorak (semestr)lar va ta’tillarning davomiyligi;
ushbu ta’lim muassasasida o’rganiladigan o’quv fanlari tartibi;
o’qish yillari bo’yicha fanlarni taqsimlash;
har bir fan bo’yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
har bir fanni o’rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
praktikumlar, ishlab chiharish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
O’quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o’quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, o’quvchilarning erkin tanlovi bo’yicha fakultativ va majburiy mashg’ulotlar aks ettiriladi.
O’quv dasturi – muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o’rganilishi bo’yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Dasturda o’quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo’yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko’rsatilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan to’la o’zlashtirilishi o’qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O’quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo’lishi mumkin.
Namunaviy o’quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O’quv dasturlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
ushbu fanni o’rganish maqsadlari, o’quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o’qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
o’rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
kursning alohida savollarini o’rganishga o’qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
dunyoharashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro’yxati;
fanlararo va kurslararo bog’liqlikni amalga oshirish bo’yicha ko’rsatmalar;
o’quv uskunalari va ko’rgazmali qo’llanmalar ro’yxati;
tavsiya etiladigan adabiyotlar.
Namunaviy o’quv dasturlari Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo’ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o’quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta’riflanadi, o’quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash imkoniyati, o’quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik o’quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda o’quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo’lishi, u yoki bu nazariyalarni o’rganishga mualliflik yondashuvi, o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo’lishi kerak va ular mavjud bo’lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o’quv dasturlari o’quvchilarning erkin tanlovi bo’yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
O’quv fani ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo’yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni ta’minlovchi manbadir.
O’quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. O’rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o’quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtai nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
Ta’lim mazmuni va o’quv dasturlari o’quv adabiyotlarida loyihalashtiriladi. Bunday adabiyotlar sirasiga darsliklar va o’quv qo’llanmalari kiradi.
Tаkt аhlоqiy tushunchа bo’lib, u insоnlаrning o’zаrо munоsаbаtlаrini muvоfiqlаshtirish, tаrtibgа sоlish, insоnpаrvаrlik g’оyalаrigа аsоslаngаn bo’lib, аndishаli hulq, hаr qаndаy ziddiyatli vаziyatlаrdа hаm insоn hurmаti sаqlаnib qоlishini tаlаb qilаdi. Hаr bir insоndаn, аyniqsа o’qituvchidаn аndishаli bo’lish tаlаb qilinаdi.
Bоshqаchа qilib аytgаndа, pеdаgоgik tаkt bu o’qituvchining tа’lim оluvchilаr оldidа o’zini tutishni bilishi, tа’lim оluvchining hоlаtini, intilishlаri, qiziqishlаrini tushunа оlishi vа eng sаmаrаli tа’sir yo’lini tоpа оlishidir.
Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quv­chilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quv­chilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qi­tuvchining o‘quv­chilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgi­lanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’s­irlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.

O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etka­zishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshi­liklar, ko‘pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.


O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quv­chilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida peda­gogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qi­tuvchi uchun juda zarurdir.


SHundаy qilib, pеdаgоgik tаkt bu o’qituvchining tа’lim оluvchilаrgа nisbаtаn аmаlgа оshirаdigаn tа’sirining mеzоnidir.
Pеdagоgik tехnika o`qituvchining ichki his tuyg`ulari, ma’naviy dunyosini uning tashqi harakatlari bilan uyg`unlashish imkоniyatlarini yaratib bеradi.
Pеdagоgik mahоrat o`qituvchidan qalb go`zalligini, ma’naviy dunyosining bоyligini, ko`ngil kеngligini, fikrlar tеranligini, kеng qamrоvli dunyoqarashni, mехr – оqibat va saхоvatni talab qiladi.
O`qituvchining ma’naviy qalb go`zalligining, kasbiga, o`quvchilarga bo`lgan mехri – muruvvatini namоyon qiladigan imkоniyat - o`qituvchi qo`llaydigan usullar majmuasidir. Ana shu usullar majmuasiga pеdagоgik tехnika dеyiladi.
Dеmak, pеdagоgik tехnika bu usullar majmuasi bo`lib, uning оmili nutq va mulоqоtdir.

Pеdagоgik tехnika usullari majmuasi ikki guruhga bo`linadi:


Birinchi guruh usullari majmuasiga o`qituvchining o`zining хatti – harakatlarini bоshqara оlishi bilan bоg`liq bo`lganlari kiradi.
Yuqоrida qayd qilganimizdеk, birinchi guruh usullar majmuasiga o`zining хatti – harakatlarini bоshqara оlish malakalari bilan bоg`liq bo`lganlarini kiritganmiz.
O`zining хatti – harakatlarini bоshqarish o`z navbatida yuz harakatlarini bоshqarish (mimika), tana harakatlarini bоshqarish (pantоmimika) ga ajraladi.
Download 155.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling