Mavzu: Boshqaruv jarayonlari mezonlari haqida umumiy ma’lumot Reja: Boshqaruv jarayonining bosqichlari


Download 20.74 Kb.
bet4/4
Sana25.02.2023
Hajmi20.74 Kb.
#1229764
1   2   3   4
Bog'liq
davlat tili

Tashkiliy tuzilmalar turlari
Chiziqli tuzilma uning quyi boshqaruv bo’g’inlari yuqori bosqichdagi rahbarga bevosita bo’ysunush bilan tavsiflanadi. Chiziqli tuzilmada har bir xodim bitta rahbarga bo’ysunadi va yuqori tizim bilan faqat u orqali bog’langan bo’ladi. Chiziqli tuzilmaning ijobiy tomonlari uning oddiy, ishonchli, kamxarjligadir. Har bir rahbar bugun mehnat jamoasi faoliyagi natijalari bo’yicha javobg’ar. Bu strategik va joriy qarorlarni qabul qnlish huquqi markazlashishiga olib keladi. Chiziqli tuzilmalarni hal etiluvchi masalalar doirasi keng bo’lmag’an, bu masalalar echilishi oson bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiqdir. Sof holda chiziqli boshqaruv juda kam, asosan, brigada, bo’lim, shirkat, kichik korxonalarda qo’llaniladi. 
Chiziqli tuzilmaning asosiy kamchiligi bo’lib, bo’g’inlar koordinatsiyasi puxta bo’lmasliga hisoblanadi. Rahbar universal mutaxassis bo’lishi va unga bo’ysunuvchi barcha bo’g’inlar faoliyatining hamma tomonini qamrab olishi lozim. Funktsional tuzilma boshqaruv vazifalarining funktsional bo’g’inlar va rahbarlar o’rtasida taqsimlanishiga asoslanadi. U boshqaruv murakkablashuvi va ixtisoslashuv rivojlanishi bilan bog’liq holda vujudga kelgan. Funktsional tuzilmada boshqaruvchi ko’rsatmalar nisbatan malakali bo’ladi, lekin yakka boshchilik tamoyiliga rioya qilinmaydi. Funktsional bo’g’inlar soni ortishi bilan har bir bo’g’in mustaqil ravishda hal etuvchi masalalar doirasi torayib boradi. Muammoning mohiyati har bir bo’g’in o’z masalasini birinchi navbatda hal qilishdan manfaatdor bo’lishida emas, balki bitta ham bo’g’in bu masalani etarli darajada asoslangan holda va to’g’ri hal qila olmasligi, echimlar maydalashib, to’liq bo’lmay qolishidadir. Bu boshqaruvni marakkablashtirib, uning samaradorligini kamaytiradi. Chiziqli tuzilmani tashkil etish va funktsional tuzilmaning kamchiliklari qo’shma, biriktirilgan tuzilmalar - chiziqli-shtabli, chiziqli-funktsional va boshqa tuzilmalar vujudga kelishiga sabab bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda boshqaruvning turli usullaridan o`z o`rnida foydalanish, ularni o`zaro uyg`unligini ta’minlash orqali boshqaruv samaradorligini oshirish va kutilgan natijalarga erishish mumkin.
Download 20.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling