Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar
O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari
Download 30.69 Kb.
|
O\'ZBEK TILINING YOZUV TIZIMLARI TARAQQIYOTI
3. O‘zbek yozuvining taraqqiyot bosqichlari. O‘zbek xalqi qadimda turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Asosiy yozuv tizimini fonografik, ya`ni tovush yozuvi, harfiy yozuv yoki alfavit tashkil etgan. O‘zbek xalqi oromiy, yunon, suғd, xorazm, ko‘shon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uyғur, arab, lotin, rus grafikasiga asoslangan yozuvdan foydalangan.
Eramizdan oldingi UI-IU -klinopis, mix yozuv, oromiy yozuvi. III-I yunon, karoshta. Eramizning I asridan suғd II—III xorazm V-VIII urxun-runik (rus xizm.Remezov-XVIII, shved Iogann Stralenberg, XIX asr Grigor’yan Spasskiy,1891 akad. V. V. Radlov, daniyalik Vilgilm Tomsen, keyinchalik P.M.Melioranskiy, S. E. Malov). VI-VIII asrlar uyғur, VII-VIII arab, 1929 lotin, 1940 rus, 1993 02.09.lotin (26 harf, 3 harf birikmasi va 1 tutuq belgi). Rus grafikasi asosidagi o‘zbek alfavitida 33 ta harf va ikkita maxsus belgi bor. Ularning yutuq va kamchiliklari. Unlilar sistemasi. Singormanizm. YAngi alfavit. Uning siyosiy ahamiyati. Yozuvning xalqlar tili va madniyati taraqqiyotidagi ahamiyatini quyidagi faktdan ham bilsa bo‘ladi: Tillarning standart tillar, klassik tillar, mahalliy tillar tarzida tasniflanishi bevosita bu tillar yozuvi mavqeiga asoslangan. 1. Adabiy til me`yoriga ega bo‘lgan, jamiyatda davlat tili, adabiy til sifatida xizmat qiluvchi tillar standart tillar sanaladi. Masalan, o‘zbek, rus, tojik, turkman, ukrain kabi tillar. 2. Yozuvga ega bo‘lib, o‘z davrida mukammal takomiliga etgan, buyuk asarlar yaratilgan tillar klassik tillar sanaladi. Klassik tillar o‘z davri uchungina emas, balki tillarning keyingi taraqqiyoti uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Bunday tillarning adabiy tillardan farqi shundaki, ular o‘lik tillardir. Masalan, lotin tili, sanskrit tili, suғd tili, xorazmiy tili. 3. Son jihatidan ko‘p bo‘lmagan kichik xalqlarga xizmat qiluvchi, o‘z yozuviga ega bo‘lmagan tillar mahalliy tillar sanaladi. Masalan, Amerika mahalliy hindularining tili. Oʻzbekistonda 1929 yilgacha arab yozuvidan foydalanilgan. 1920-yillarning oʻrtalaridan Oʻzbekistonda arab yozuviga keng hujum boshlandi. Arab yozuvi qoloqligimizning, savodsizligimizning, dindorligimizning sababchisi deb eʼlon qilindi. 1929—1930 oʻquv yilidan Oʻzbekiston lotin yozuviga oʻtdi va biz oʻzbek xalqining asrlar davomida yaratilib kelingan hamda chop etilgan ilmiy, badiiy va falsafiy adabiyotdan uzilib qoldik. Arab alifbosi: آ ا أ ء ب پ ت ث ج چ ح خ د ذ ز ژ س ش ص ض ط ظ ع غ ف ق ک گ ل م ن و ٶ ۇ ۉ ە ة ى ي ې ٸ Yanalif 1929-yildan boshlab arab yozuvidan yangi lotin vozuviga (yanalif) o‘tilgan. U 1940-yilgacha ishlatilgan.
Kiril yozuvi 1940 yilda Oʻzbekistonda kirill yozuviga oʻtildi. Buning natijasida 1929-40 yillar oraligʻida chop etilgan ilmiy, badiiy, pedagogik, oʻquv adabiyotlardan uzilib qoldik.
1940 yildan 1991 yilgacha oʻrta hisob bilan oʻzbek tilida 50 ming nomda 50 million nusxada kitoblar chop etilganini (bunga shu yillari nashr etilgan jurnal, gazetalar kirmaydi) hisobga olsak, biz yana lotin yozuviga oʻtishda qanchadan-qancha adabiyotdan yiroqlashishimiz mumkinligi ayon boʻladi. Lotin yozuvi Download 30.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling