Mavzu: Boyitma va shixta materiallarini bo’laklash dastgohlari


Download 26.19 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi26.19 Kb.
#1391150
1   2   3
Bog'liq
dastgoh word shakli

Aglomeratsiya jarayoni.

  • Aglоmеrаsiya jarayoni dеb mayda rudа yoki boyitmani mustаhkаm,bo‘lаkli, g’оvаkli mаhsulоtgа pishirishgа aytilаdi. Оksidli rudаlаrni аglоmеrаsiyalаshda shiхtаni qizishi vа erishi uchun issiqlik shiхtаgа kiritilayotgаn mayda kоks hisоbidаn оlinаdi. Sulfidli boyitmalаrda rudа tаrkibidаgi sulfidlаrni yonishidаn foydalаnilаdi.Aglomeratsiya usuli asosan qora metall rudalari hamda oltingugurtli rangli metall rudalari uchun qo‘llaniladi. Bunda ruda va boyitmalarni bo‘laklash bilan bir qatorda ular tarkibidagi oltingugurt va karbonatlardan ma’lum miqdorda tozalaniladi.

Aglomeratsion mashinalar – qora va rangli metallurgiyada boyitmalarni(konsentrat) kuydirib aglomeratlar tayyorlashda foydalaniladi. Aglomeratsion mashinalar tasmali va aylana shaklida bo‘ladi. Metallurgiyada tasmali aglomeratsion mashinalar keng qo‘llaniladi.
Mashina uzunligi 35 – 40 m bo‘lgan po‘lat tasmaga maxsus qutilar joylashtirilgan bo‘lib, tasma zanjirli konveyr kabi harakatlanadi. Qutilarning ichki qismi panjara bilan tugab, pastki qismi konus shaklida bo‘shliqdan iborat bo‘lib, havo surishga yoki berishga moslashtirilgan.Mashinaning boshlanish qismida shixta yuklash moslamasi va shixtani yondirish uskunasi joylashtirilgan. Qutilarga to‘ldirilgan shixta o‘t olish kamerasidan o‘tadi. Bunda shixta tarkibidagi koksni hisobiga alanga oladi va shu tariqa unda yuqori haroratdagi issiqlik vujudga keladi.Yonish va oksidlanish jarayonini davom ettirish maqsadida qutilarga havo beriladi yoki pastki qismdan havo so‘riladi. Bu o‘z navbatida havo so‘rish yoki purkash orqali amalga oshiriladi.
Tasmaning oxirigacha quyish va aglomeratsiyalash jarayoni amalga oshiriladi. Hosil bo‘lgan mahsulot konveyer burilganda qolipdan ko‘chadi.Tasmaning harakatlanish tezligi 1-4 m/min.Uzunligi 6-75 mgacha . Mahsulot bo‘yicha umumiy ish hajmi 6-300 m2.Ishlab chiqarish unumdorligi qora metall uchun 32 t/m2 rangli metallar uchun 18 t/m2 ni tashkil etadi.
Ruda va boyitmalarni aglomeratsiyalash orqali bo‘laklash olib borilayotgan texnologiya asosan 3 xil bo‘lishi mumkin:
1. Muallaq holda ishlovchi pechlar.
2. Aylanma trubali pechlar.
3. Aglomeratsion mashinalarda havo so‘rish orqali.
1,2 usullar o‘zining texnologik ko‘rsatkichlari hamda iqtisodiy samarasizligi tufayli kam qo‘llanilmoqda. Metallurgiyada ko‘pincha 3 usul qo‘llaniladi.
Xulosa
Metallurgik korxonalarida yuqori haroratda ishlayotgan pechlarga shixtani yuklashdan oldin uni bo‘laklarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir.Maydalangan rudalarning yirikligi qancha mayda bo‘lsada, u bilan birga keladigan shixtaning tarkibiga kiruvchi boyitma,texnologik changlarning yiriklik darajasi ham ma’lum kattalikda bo‘ladi.Bunday yiriklikdagi xomashyo pechlarga yuklatilganda undagi bosim va pech ichidagi gazlarning harakati natijasida ko‘p miqdorda isrofgarchilik yuz beradi.. Shu bilan birga pechlarning gaz aylanish tuynuklari to‘lib qoladi. Shu sababdan pechga yuklanadigan xomashyo va shixta materiallari ma’lum darajagacha yiriklikda bo’laklangan holatda bo’lishi kerak.Shixta materiallarini bo’laklash briketlash va aglomeratsiyalash usullari yordamida amalga oshiriladi.
Download 26.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling