Mavzu: Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish
Kislorodli-mash’alli eritish pechidagi fizik-kimyoviy jarayonlar
Download 16.75 Kb.
|
Mavzu Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish-fayllar.org
Kislorodli-mash’alli eritish pechidagi fizik-kimyoviy jarayonlar
KME pechidagi jarayon yallig‘ qaytaruvchi pechiga nisbatan ancha murakkabdir. Agar yallig‘ qaytaruvchi pechda deyarli neytral atmosferada sulfidlar oksidlantirilsa, KME pechida sulfidlar intensiv holatda oksidlanadi. Shuning uchun ham muallaq holatda barcha kimyoviy o‘zgarishlar yuqori harorat va kislorod ta’sirida faollashib, tez suratda barqaror boradi. Boyitmada mis oddiy va murakkab sulfidlar turida uchraydi: bornit, xalkopirit, xalkozin va kovellinlar. Aylanuvchi changda esa oddiy oksid, sulfat va ferrit holatlarda bo‘ladi. Umuman olganda, eritish pechida asosiy kimyoviy jarayonlar kechadi: Bornit Cu5FeS4 qizish natijasida parchalanadi: 2Su5FeS4 = 5Cu2S + 2FeS + 0,5S2 (3.1) Ushbu jarayon havo atmosferasida 800—8400C oralig‘ida ajraladi. Mis sulfidi (CuS) qizish mobaynida oson parchalanadi: 4CuS=2Su2S +S2 (3.2) Pirit qizish natijasida quyidagicha parchalanadi: FeS2 = FeS + 0,5S2 (3.3) Agar haroratning qizishi ortib borsa, u holda oksidlantiruvchi atmosferada jarayon temir sulfidi gematit Fe2O3 va magnetit Fe3O4 holiga o‘tishi bilan kechadi. Rux mis boyitmasida sulfid holatida (ZnS) uchraydi, aylanuvchi changda esa ZnO, ZnSO birikmalari holida uchraydi. Eritish davrida rux qisman gaz holatiga o‘tadi, chunki unda kislorod va oltingugurt birikmalari 1300–4000C haroratlarda uchish xususiyatiga ega bo‘ladi. Rux jarayon mahsulotlari bo‘yicha taxminan quyidagicha taqsimlanadi: shteynga 3–15%, changga 15–25 %; toshqolga 62–72% o‘tishi hisoblab chiqilgan. Ko‘p hollarda mis boyitmasida qo‘rg‘oshin va boshqa noyob metallar ham uchrab turadi. Agar mis boyitmasida qo‘rg‘oshin bo‘lsa, u holda jarayon mahsulotlari bo‘yicha noyob metallar quyidagicha taqsimlanadi, % : http://fayllar.org Download 16.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling