Mavzu: Bоzоr iqtisоdiеti dаvridа аhоlining ish bilаn bаndligini оshirish


Download 1.34 Mb.
bet1/4
Sana28.02.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1236032
  1   2   3   4
Bog'liq
5. Bоzоr iqtisоdiеti dаvridа аhоlining ish bilаn bаndligini оshirish.

Mavzu:

Bоzоr iqtisоdiеti dаvridа аhоlining ish bilаn bаndligini оshirish.

Reja:

  • Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
  • Aholini ish bilan ta`minlashni tartibga solish.
  • O`zbekiston Respublikasida aholini ish bilan bandlik siyosati.

Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.

  • Aholini ish bilan bandligi inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo`lib, u mehnat masalalari bilan bog’liq muammolarni hamda mehnatga bo`lgan talab va takliflarni qondirish yo`llarini ochib beradi. Ish bilan bandlik kishilarning ish joylari qaerdaligidan qat`iy nazar, ijtimoiy foydali mehnatga qatnashishi yuzasidan o`zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko`rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichdir. Aholini ish bilan bandligi toifasi faqat iqtisodiy komponentlar bilan cheklanmaydi. Ish bilan bandlik, avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. SHu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga keladigan hodisa sifatidagi ijtimoiylik uning asosiy xususiyati hisoblanadi. Ish bilan bandlik ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida namoyon bo`lar ekan uni quyidagicha ta`riflash mumkin. Ish bilan bandlik- fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o`z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiriladigan faoliyatidir.

Quyidagilar ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:

    • betobligi, mehnat ta`tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishni to`xtatib qo`yganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha ish joyi saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo`lmagan fuqarolar
    • o`zini ish bilan mustaqil ta`minlayotgan fuqarolar, shu jumladan,, yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a`zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a`zolari.
    • Qurolli kuchlarda, Milliy xavsizlik xizmati va ichki ishlar organlari va qo`shinlarida xizmatni o`tayotgan, shuningdek, muqobil xizmatni o`tayotgan fuqarolar
    • ta`lim to`g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda ajralgan holda ta`lim olayotgan fuqarolar.
    • qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling