Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida uzbekiston mintakalarida tabiiy resurslardan foydalanishning uziga xos xususiyatlari. Reja: Kirish
Bozor iqtisodiyotining ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotga nisbatan afzallik tomonlarini ushbu jadvalda ham ko’rish mumkin
Download 73.35 Kb.
|
5-ìàâçó áîçîð è òèñîäè¸òèíèíã ìàçìóíè âà áåëãèëàðè
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nima Qachon Kimga
- Nima Qanday Kim-ga
Bozor iqtisodiyotining ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotga nisbatan afzallik tomonlarini ushbu jadvalda ham ko’rish mumkin
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, bozor iqtisodiyoti shubhasiz ko’pgina afzalliklarga ega. Lekin uni har qanday kamchilik va qarama-qarshiliklardan holi ideal mexanizm deb qarab, uni ideallashtirish ham xato bo’lar edi. Chunki uning o’ziga xos kamchiliklari, zaif tomonlari ziddiyatlari borki, ularni barcha, ayniqsa tadbirkorlar bilishi, yaxshi anglab, idrok etib, aql- zakovat bilan ish tutishi lozim. Bozor iqtisodiyotiga o’tish muammolariga tik ko’z bilan real qarash kerak, uning faqat ijobiy tomoninigina emas, balki uning salbiy tomonini ham ko’ra bilish kerak. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida salbiy ijtimoiy iqtisodiy hodisalarning bo’lishi tabiiydirki uni Prizidentimiz I.A.Karimov quyidagicha ta’kidlaydi: «Bozorga, ayniqsa uning shakllanish bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning o’sishi, pulning qadrsizlanishi, ko’pgina korxona-larni sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron bo’lishi, aholining moddiy ta’minot jihatdan keskin tabaqalashuvi, huquqga zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o’sishi xosdir. Bozorning bu illatlarini bilishi, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan to’g’ri yechimlar topa bilish kerak»1. AQSh iqtisodchisi Nobel mukofoti sovrindori P. Samuelson «Ekonomika» (1992 yil) shuningdek, K.R.Makkonnell S.L.Bryular «Ekonomiks» (1992 yil) kitoblarida ham bozor iqtisodiyotining afzalliklari bilan birga unga xos zaif tomonlari, ziddiyatlarini, kamchiliklarini ham ko’rsatib, ular: a) qayta tiklanmaydigan resurslarni asrash, tabiatni muxofaza qilish, ekologiya muvozanatni ta’minlash, atrof muhit muho-fazasini talab darajasida saqlay olmasligini; b) aholini keskin tabaqalanishini, tengsizlikni keltirib chiqarishini; v) fanda ulkan tadqiqotlar o’tkazishni, tezda foyda keltirmay- digan, lekin ilm-ma’rifat, kelajak uchun muhim bo’lgan nazariy ishlarni rag’batlantirolmasligi; g) foyda keltirmaydigan balki zarar keltiradigan, jamiyat uchun zarur bo’lgan, lekin sarflangan harajatlarni tezda qoplamay-digan, katta mablag’lar talab qiladigan, jamoa birgalikda foydalaniladigan ijtimoiy zarur tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni emas, balki puli borning talabini qondirish uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo’nalti-rilganligini; d) ish haqi bilan narx darajasi muvozanatini ta’minlay olmasligi, inflyasiya jarayonlarini boshdan kechirib turishini ta’kid-laydilar. Bozor iqtisodiyoti millionlardan tashkil topgan ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning faoliyati bo’lganligi tufayli ham unda tarqoqlik va xudbinlik xususiyatlari ham mavjuddir. Download 73.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling