Mavzu: Bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni
Download 356 Kb.
|
Sobirov SardorСММ55Bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining
«Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan KURS ISHI MAVZU: Bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni Bajardi: Sobirov Sardor Bohodir o`g`li Tekshirdi: Xolmuminov A X REJA:
Kirish Mulkchilik shakllari va ularning turlari. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari. O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari. Xulosa Kirish
Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor.Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z tasdig’ini topdi: - Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Iqtisodiyotimizning ustuvor vazifalari mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. Bu borada dastlabki yillar davomida ana shu investorlar qariyb 1 trillion so‘m va 40 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish, shuningdek, 22 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini olganini qayd etish lozim. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish,xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmat ko‘rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi. Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun auksion savdolariga qo‘yildi va ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi. Mulkchilik tizimi munosabatlarini tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfaatini ko‘zlab olib borilayapti?- degan savolga javob beradi. Agarda u shaxsiy manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy, shaxsiy o‘zlashtirish (xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatini ko‘zlab olib borilsa, unda jamoa mulki to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustuvor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish shakli bilan to‘qnash kelishimiz mumkin bo’ladi. Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistondagi mulkchilik shakllarini o’zgartirish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulkchilik tizimi,mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari hisoblanadi. Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanishi, mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, uning mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Kurs ishining vazifalari: O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari tizimining fundamental asoslarini o‘rganish; O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish; - O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish. Kurs ishi kirish, to’rtta qismdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Download 356 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling