Mavzu: bozor iqtisodiyotida mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni ilmiy rahbar: fayziev sh bajardi : sultonov k
Download 90.48 Kb.
|
kamron
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI : SULTONOV K TOSHKENT-2023 Mundarija: Kirish……………………………………………………
- 3.Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari………………..
- Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………. KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “IQTISODIYOT’’ KAFEDRASI ‘’IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN KURS ISHI MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTIDA MULKCHILIK MUNOSABATLARINING IQTISODIY MAZMUNI ILMIY RAHBAR: FAYZIEV SH BAJARDI : SULTONOV K TOSHKENT-2023 Mundarija: Kirish…………………………………………………… 1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk obyetlari va subyektlari…………………………………………………… 2.Mulkchilikning turli shakllari va ularning mazmuni…………………. 3.Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari……………….. 4.O’zbekiston mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yollari va usullari ……………………………………………….. Xulosa……………………………………………………………………….. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………. KIRISH Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi.Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi. Kurs ishi mavzusi dolzarbligi: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari takidlaganlaridek “Bizning bosh maqsadimiz bo‘lmish asosiy vazifa – odamlarimizning munosib hayot darajasi va sifatini ta‘minlash va rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallash bo‘yicha avvalo muhim islohotlarni amalga oshirish yo‘lida katta qadam bo‘ldi, deb aytishga to‘liq asoslarimiz bor. Bu borada gap, avvalo, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoqni ko‘zlaydigan keng ko‘lamli dasturni hayotga joriy etish haqida bormoqda. Ushbu dastur mohiyat e‘tibori bilan chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik manfaatlarini ishonchli himoya qilish, eng muhimi, Konstitutsiyamizda ko‘zda tutilganidek, xususiy mulkning qonuniy, me‘yoriy huquqiy va amaliy jihatdan ustuvor ro’lini ta‘minlash, O‘zbekiston iqtisodiyotida davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirishga qaratilgani barchamizga yaxshi ma‘lum, albatta. 7 Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor.Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z tasdig’ini topdi: - Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi. Iqtisodiyotimizning ustuvor vazifalari mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borilayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo‘l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. Mulkchilik tizimi munosabatlarini tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfaatini ko‘zlab olib borilayapti?- degan savolga javob beradi. Agarda u shaxsiy manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy, shaxsiy o‘zlashtirish (xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatini ko‘zlab olib borilsa, unda jamoa mulki to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustuvor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish shakli bilan to‘qnash kelishimiz mumkin bo’ladi. Download 90.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling