Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlatning moliyaviy siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vazifalari
Download 24.2 Kb.
|
Kurs ishi
Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o’tishda davlatning moliyaviy siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vazifalari Reja
Kirish Asosiy qism 1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda moliyaviy siyosatni amalga oshirish zaruriyati va ahamiyati. 2. Moliyaviy siyosatni amalga oshirish dastaklari va vazifalari. 3. O’zbеkistonda moliyaviy siyosatni amalga oshitish tartibi. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 4.4. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish Bozor iqtisodiyoti umumbashariy tizim boMganidan hamma mamlakatlar shu yoMdan boradi. A m m o bir yerda bu iqtisodiyot shakllanib ulgurgan va o'zining yuqori darajasiga chiqqan bo'lsa, boshqa yerda u endigina shakllana boshlagan. Bozor iqtisodiyotiga o'tish um um insoniy jarayon hisoblanadi, lekin bu har xil kechadi. Bu o'tish jarayonining u ch yo'li mavjud: klassik yo'l, m ustam laka va yarim mustamlaka tavsifidagi iqtisodiyotdan bozor iqgisodiyotiga o'tish yo'li, rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Bularning har birini ko'rib chiqamiz: 1. Klassik yoM — bu yo'ldan G 'a rb iy Yevropa m am lakatlari. AQSh va Yaponiya kabi mamlakatlar borgan. Bu yoMda bozor m unosabatlarining qaror topishi sekin-asta boradi va uzoq, deyarli 300 yil davom etgan (X V I—XIX asrlar). Bu tabiiy-tarixiy jarayon bo'lgan. Tabiatda bo'lgani kabi iqtisodiyotdagi o'zgarishlar o 'z liolicha yuz bergan, uni tashqaridan turib tezlatish yoki sekinlashtirish yuz bermagan. Bozorga o'tish evolutsion (sekin-asta) va ko'p bosqichli taraqqiyot shakliga kirgan, bunda davlat faol ishtirok etm agan. Bozor iqtisodiyotiga xos belgilar a n ’anaviy iqtisodiyot bag'rida paydo bo'ladi va kengayib boradi. Dastlab, mayda tovar xo'jaligi paydo bo'ladi, so'ngra u qo'l mehnatiga tayangan, am m o yirik xo'jalikka aylanadi, nihoyat mashinalashgan yirik tovar ishlab chiqarishga o'tiladi. Dastlab, a n ’anaviy tizim dan asov bozor iqtisodiyotiga, so'ngra esa sivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyotiga kirib boriladi. 2. M ustamlakachilikdan ozod boMgan mamlakatlar yo‘li — bu yo'ldan XX asrning 60-yillaridan boshlab ko'pchilik, ozod bo'lgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari borgan. Bu yo'lning m u h im belgisi birinchidan. a n ’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga jadal o'tilishi, ikkinchidan, mustamlakachilik davrida yaratilgan xorij sektori tusidagi bozor m unosabatlaridan milliylashgan sektordagi, mustaqil tusdagi bozor munosabatlariga o'tilishidir. Agar ilgarilari bozor aloqalari qaramlik sharoitida keclisa, so'ngra milliy mustaqillik sharoitida. yuz beradi, ya'ni ulai \Oi'ijmanfaatiga emas, balki milliy manfaatlarga xizmat qiladi. Bu yerda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar xo'jalik turlarining transformatsiyasi orqali yuz beradi. Birinchidan, azaliy natural xo'jalik bozor doirasiga tortilib, tovar xo'jaligiga aylanadi va undan bozor iqtisodiyoti belgilari o'sib chiqadi; ikkinchidan, kam rivojlangan, lekin real mavjud yirik xo'jalik bozor iqtisodiyoti tom on yuz tutadi; uchinchidan, xorijiy kapital yaratgan xo'jalik, y a ’ni ishlab ch iq arishning xorijiy sektori zaminida bozor iqtisodiyoti rivoj topadi. Bu yo'lning muhim belgisi shuki, bu yerda bozor munosabatlarining rivojiga xos bosqichlarning hammasidan o'tilmaydi, ularning ayrimlari chetda qoldiriladi. Bu yerda qo'l mehnatiga asoslangan, lekin yollanma mehnatni taqozo etuvchi ishlab chiqarish bosqichini chetlab, yirik mashinalashgan va bozorni ino'ljallagan ishlab chiqarishga o'tiladi. Bozor munosabatlari iqtisodiy qoloqlik vaziyatida tashkil topadi, shu boisdan ularning vujudga kelishida chet el yordami muhim o'rin tutadi, chet elda to'plangan tarixiy tajribadan foydalanish imkoni mavjud bo'ladi. Bu esa bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonini tezlashtiradi. C h et el yordam i va tajribasi bozor iqtisodiyoti tomon yo'lning nisbatan kam mashaqqatli va qisqa bo'lishini ta’minlaydi. 3. Totalitar rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'li. Bu bozor iqtisodiyotiga o'tishning eng so'nggi yo'li bo'lib, bu yo'ldan sobiq sotsialistik mamlakatlar va respublikalar (bular 32 ta davlat) boradi, ular yosli mustaqil davlatlarni tashkil etadi. Bu yo'l rejali tizimdan bozor iqtisodiyotiga qaytish yo'Iidir, bu bilan u boshqa yo'llardan farqlanadi. Bunda ilgari zo'rlik bilan tugatilgan bozor iqtisodiyotiga qaytadan o'tiladi. Bu yo'lda rejali tizimdan merosga qolgan moddiy bazaga va tugatilib ulgurilmagan bozor aloqalariga, boshqa mamlakatlar to'plagan tarixiy tajribaga tayaniladi. Bozor va rejali tizim tabiatan har xil bo'lganidan rejali tizim bag'rida bozor munosabatlari qisman yashirin saqlansada, ular yangidan hosil bo'lmaydi. Shu sababli rejali tizimni tugatish orqali bozor iqtisodiyoti shakllanadi. Bunga bozor islohotlari orqali, davlatning bevosita ishtiroki bilan erishiladi. Bozor islohotlari xalq ishtirokida, lekin davlat tom onidan ishlab chiqilgan bozor munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishidir. Islohotlardan oldin bozor iqtisodiyotiga o 'tishning konsepsiyasi, y a ’ni nazariy m odeli yaratiladi. Shu konsepsiyada yangi iqtisodiyotga o'tishning umumiy jihatlari va milliy xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotning asosiy yo'nalishlari belgilanadi. Konsepsiyaga tayangan holda bozor islo-hotini ta ’minlovchi yuridik qonunlar majmuasi yaratilib, ular hayotga joriy etiladi. Islohotlar kompleks xarakterda boMadi, ular iqtisodiyotning hamma sohalarida oMkaziladi, bir solia isloh etilib, boshqasi eskichasiga qolsa, bozor munosabatlari shakllana olmaydi, binobarin, islohotlar samarali boMmaydi. G ap shundaki, bozor iqtisodiyotining har bir boMinmasi yoki unsuri boshqasi bilan bogMangan, biri boMmasa boshqasi amal qila olmaydi. Bu tizim minglab firmalar, xo'jaliklar, millionlab kishilar faoliyatining u/viy bogManishini bildiradi. Iqtisodiyotdagi yaxlitlikning o'zi unga taalluqli islohotlarni xalq xo'jaligining hamma jabhalarida o'tka/.ilishini talab qiladi. Bas shunday ekan, islohotlar chala-chulpa, yarim yo'lda qoladigan bo'lishi mumkin emas. Islohotlar kundalik joriy iqtisodiy muammolarni yechish bilan cheklanib qolmay, strategik ya’ni uzoq istiqboldagi maqsadlarni mo'ljallaydi. Ularning pirovard maqsadi erkin demokratik iqtisodiyotni yaratish va unga tayangan holda xalqqa yaxshi turmush sharoitini yaratib berishdir. Bozor islohotlarining asosiy yo'nalishlarini mulkiy, agrar, narx, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va nihoyat ijtimoiy (sotsial) islohotlar tashkil etadi. Ularning birgalikda o'tkazilishi rejali tizim dan bozor m unosabatlariga o'tishni t a ’m inlaydi. Bu o'tish jarayoni eng so'nggi bo'lsada, qisqa vaqt davom etadi. Bozor islohotlari yo'liga kirgan m am lakatlarning bir qismi 10 yil deganda bozor iqtisodiyoti qaror topgan m amlakatlar statusi (m aqom i)ga ega bo'ldilar. Boshqalari bunga keyinroq erishadilar. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning «O'zbek modeli» mavjud bo'lib, jahon tajribasi, O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati va milliy xususiyatlarini hisobga oluvchi taraqqiyot yo'lidir. Prezident 1.Karimov so'zi bilan aytganda: «O'zbek modeli» respublikaning o'ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, a n ’analar, urf-odatlar va tu rm u sh tarzini har tom onlam a hisobga olishga, iqtisodiyotni biryoqlama beso'naqay rivojlantirishning m udhish merosiga barham berishga asoslanadi».4 Bizning m odel Prezident asoslab bergan 5 tam oyil qoidasiga tayanadi. Bu tamoyillar quyidagicha: 1. Iqtisodiyotning ustuvorligini t a ’minlash. 2. Davlat bosh islohotchi bo'lishi. 3. Q o n u n lar va ularga rioya etishning ustuvorligiga erishish. 4. Faol ijtimoiy siyosat yurgizish. 5. Bozor iqtisodiyotiga sekin-asta, ijtimoiy larzalarsiz va bosqichma-bosqich o'tish.'' Bozor islohotlari O'zbekistonda shu tamoyillarga amal qilgan holda o'tkazildiki, bular mulkiy, infratuzilma, agrar, tarkibiy, moliya-kredit va narxlar islohoti bo'ldi. Islohotlar tufayli bozor tizimiga asos solindi, iqtisodiyot bozor qonun-qoidalari asosida rivojlana bordi. «O'zbek modeli» hayot sinovidan o'tgan va o'zini oqlagan model hisoblanadi, cluinki «Bu yurtimizning deyarli barcha jabhalarida o'z tasdig'ini va isbotini topgan ko'pchilik tom onidan tan olingan haqiqatdir».6 4 .5 . Bozor (i/iiiiining transformatsiyasi Bozor iqtisodiyoti abadul-abad o'zgarmasdan bir yerda qotib qoladigan iqtisodiyot emas. Unga ichki rivojlanish xos bo'ladi. Hayot taqozosi bilan u ham transformatsiyalashadi, ya’ni uning quyi, kam rivojlangan bosqichidan yuksak rivojlangan bosqichiga o'tiladi. Dastlab, bozor iqbsodiyoti asov iqtisodiyot sifatida yuzaga kelsa, so'ngra u ancha m ukam m allashgan, sivilizatsiyalashgan, insonparvar iqtisodiyotga aylanadi. Bu uning transformatsiyasidir. Asov bozor iqtisodiyotida individual xususiy mulk ustuvor bo'ladi, mulk ozchilik boylar qo'lida to'planadi. Iqtisodiyot tartibsiz ravishda, kuchli larzalarga duch kelish orqali rivojlanadi, chuqur, hatto halokatli iqtivodiy krizislar yuz beradi. Jam iyat qutblashadi, bir tom onda g'oyat katta daromadi bor boylar bo'lsa, qarama-qarshi tom onda ko'pchilikdan iborat kambag'allar va hatto qashshoqlar turadi. Qutblashuv ijtimoiy nizolarni va hatto to'qnashuvlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy va ijtimoiy beqarorlik tez-tez takrorlanib turadi. Aytilgan belgilari bor asov bozor tizimi Yevropada XVIII asrning oxirlarida yuzaga kelib, XX asrning o'rtalariga qadar saqlangan. XX asrning 2-yarm idan e ’tiboran asov bozor iqtisodiyotining sivilizatsiyalashgan insonparvar iqtisodiyoti, tabiatan aralash iqtisodiyotga aylanishi yuz berdi. Buni bozor iqtisodiyotining hozirchalik eng mukammal modeli, deb aytish mumkin. Aralash iqtisodiyot mukammal texnika va yuksak texnologiyaga asoslanadi, q o ‘l m ehnatiga o 'rin qolm aydi, g'oyat unum li m ashinalar ishlatiladi, resurslar tejalib, moddiy to'kinlik ta’minlanadi.Ishlab chiqarish mutlaqo yangi ilmtalab texnologiyani qo'llaydi. ltd ish kuchi sifatiga bo'lgan talabni mislsiz oshiradi. Natijada malakaJi mehnat ham cheklangan resursga aylanadi, shu sababli mehnalning malakali turlarini tanlash imkoni tug'iladi. Ish kuchini tayyoiiash sarfi oshadi. XXI asr bo'sag'asida AQShda bitta bolani o'stirib, o'qitib va kasb o'rgatish sarfi (18—20 yoshga qadar) 400 ming dollarga borib qoladi. Agar bozor tizim ining ilk bosqichida oddiy ish kuchi talab qilinsa va u keragidan ortiqcha bo'lsa, aralash iqtisodiyotda o'ta malakali ish kuchi kerak bo'ladi va u noyob resursga aylanadi. Shuning uchun yaratilgan daromadlarning talaygina qismini (60-80 %) ish haqi tashkil etadi. Buning uddasidan chiqqan korxonalar va sohalar noyob resursga ega bo'ladilar va raqobatda yutib chiqadilar. Aralash iqtisodiyotda mayda biznes rivojlanadi, bu kishilarni yollanib ishlamasdan o'zi tadbirkorlik bilan shug'ullanishiga imkon beradi. Bunda bo'sh pul kapitalining ko'pligi va uni arzonga olib ishlatish mumkinligi, minitexnologiyaning borligi qo'l keladi. Aralash iqtisodiyotda asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va davlat mulki. Am m o birinchi va ikkinchi mulk shakli asosida xalq korxonalari tashkil topadi, ular ishlab chiqaruvchilarning o'ziga qarashli fermer xo'jaliklari, firmalar va kompaniyalardan iborat bo'ladi. K orxonalarni ishchi-xizm atchilar jam oasi va kasaba uyushmalari tomonidan sotib olish yuz beradi. Xalq korxonalarida ishlab chiqaruvchilar ayni bir vaqtda mulk egasi ham bo'lishadi, shunday korxonalarda o'z manfaati, o'z farovonligi uchun ishlash yuz beradi. Mulk monopoliyasining yo'qligi yoki uning qattiq cheklanganligi o'z navbatida ish kuchini yoliash monopoliyasini ham yo'qqa chiqaradi. Ish kuchini jalb etish uchun raqobat ketgan sharoitda ishlab chiqarishdan kelgan daromadni ishchilarning me inatiga va mulkiga qarab taqsimlash yuz beradi. Yuksak malakali \ a yuksak saviyasi ishchilar xalq korxonasi jam oasining o'zagi hisoblanadiki, ularning unumli mehnatisiz raqobatda yengib chiqish m um kin emas. Malakali ishchilar qo'nim li va ularning salmog'i katta korxonalarda odatda, foyda ham yuqori bo'ladi. Aralash iqtisodiyotda har xil mulkchilikka oid korxonalar ish haqini oshirish vositasida malakali ish kuchi uchun raqobatlashganda yuqori samara bilan ishlagan korxonalargina bunga bardosh bera oladi, chunki faqat ular yuqori ish haqini ta’minlab, yaxshi foyda ham ko'radilar. Buning ildizida samarali yuksak industrial ishlab chiqarish yotadi. Aralash iqtisodiyotda turli mulk egalarining manfaatlari raqobat orqali muvozanatga kelishi lozim, bunga daromadni ishlab chi-qarishnmg o'zida uning ishtirokchilari tom onidan o'zlashtirilishi orqali erishiladi. Bu yerda daromadlarni o'zlashtirish uni yaratishda qatnashgan omillar egasining qo'shgan hissasiga qarab yuz beradi. Aralash iqtisodiyot manfaatlarni sog'lom raqobat orqali uyg'unlashtirganidan bu ichki mexanizm yuksak samaradorlikni ta ’m inlaydi. M ana shu yuksak misli ko'rilmagan samaradorlik aralash iqtisodiyotning tub belgisidir. Ammo umumjamiyat niiqyosida samaradorlik yuksak bo'lgani holda, ayrim tarmoqlar va korxonalar doirasida u tafovutlanadi. Ayrim ishlab chiqarish bo'g'inidagi samaradorlik o'rtacha saniaradorlikdan yuqori bo'lganda boshqalarnikidan ortiqcha daromad olinadi. Aralash iqtisodiyot о fining o'tmishdoshidan farqliroq, m anfaatlar to'qnashuvi o'rniga nianfaatlarning muvozanatlashuvini keltirib chiqaradi. Buni birinchidan, mulk shakllarining xilnia-xilligi, ikkinchidan, moddiy om ildan inson omilining ustunligi, uchinchidan, ishlab chiqaruvchilarning o'zlari mulk egasiga aylanib, niulkdor sifatida daro m ad n in g bir qismini o'zlashtirishlarni t a ’- minlaydi. Aralash iqii.sodiyot insoniy bo'lganidan ishlab chiqarishning xalq isk'm olim nevosita qondiruvchi sohalari ustuvor rivoj topadi. Daromadning asosiy qismi fuqarolar ixtiyoriga o'tib, ularning ehtiyojlanm qondirishga xizmat qiladi. Aholi daromadi uning iste'molidan tobora ko'proq ortib qolib, milliy boylikka aylanadi. Shu boisdan aralash ialisodiyotga xos belgi milliy boylik tarkibida aholi mol-mulki hissasining ortib borishidir. Buni aholini jam - g'arishda faol ishtirok etishi ta ’minlaydi. Aralash iqtisodiyotda jam g'arishning yana bir ustuvor shakli — bu inson om ilida bilim, malaka va mahoralning jamlanishidir, chunki malakali mehnatning qadr-qiymati yuqonligidan aql-idrokli bo'lish har taraflama qulay bo'ladi. Aralash iqtisodiyot bozor iqtisodiyotidan o'sib chiqadi, lekin u bilan cheklanmaydi. Aralash iqtisodiyotda bozorga xos m unosabatlar bilan birgalikda unga tabiatan xos bo'lmagan munosabatlar ham mavjud bo'ladi. Masalan, bu yerda nafaqat bozorga xos raqobat, balki manfaatlar muvozanatlashuvi ham mavjud. Foyda ketidan quvish bozor iqtisodiyotiga xos narsa, am m o aralash iqtisodiyot sharoitida bunga erishish uchun umumiy farovonlikka hissa qo'shish shart. Bu yerda o'ziga t o ‘q, darom adi o 'rta ch a aholi ko'pchilikni tashkil etadi. Aralash tizimda ijtimoiy davlat mavjud. U aholi turmushini yaxshilashda ishtirok etadi. U bepul t a ’limni, tibbiy yordam ni t a ’m inlaydi, aholining m uhtoj qatlam lariga moliyaviy yordam berib, ularni kam bag‘allikdan him oya qiladi. Davlat ijlimoiy m u am m o - larni o 'z holiga tashlab qo'ym ay, ularni ha! cl ishchi laol qatnashadi. Bu bilan ommaviy farovonlikka erishiladi. Aralash iqtisodiyot — bu bozor iqtisodiyotining insoniylashgan, ijtimoiy adolat qoidalari qaro r topgan shaklidir, u tabiatan bozor iqtisodiyoti bo'lsada, o'tmishdagi, masalan, XIX asrdagi iqtisodiyotdan jiddiy farqlanadi. Aralash iqtisodiyot sari transformatsiyanii.g borligi hozirgi o'tish davrini keng talqin etishni talab qiladi. Bu davr nafaqat bozor tizimiga o'tishni, aniqrog'i qaytishni, balki aralash iqtisodiyot tomon borishni ham bildiradi, deb aytish mumkin. Shu sababli bozor islohotlari u shakllanib ulgurgan va rivojlangan yerda ham o'tkaziladi, iqtisodiyotning liberallik, ya’ni erkinlik darajasini oshirishga qaratiladi. Erkinlik — bu xususiy mulk, m ehnat, tadbirkorlik, savdo, pul muomalasi, pul kiritish (investitsiya), moliyalashtirish erkinligi va nihoyat korrupsiya (poraxo'rlik)dan ozod bo'lish kabilar bilan tavsiflanadi. Shularga tayangan holda iqtisodiy erkinlikning yagona koeffitsiyenti baholanadi, uning qiymati 0-100 ball oralig'ida bo'ladi. Mazkur koeffitsiyent iqtisodiy erkinlik reytingi vazifasini o'taydi. U yo'q yerda koeffitsiyent 0 ga teng, u mutlaq yuqori yerda 100 ballga teng bo'ladi. Erkinlik jihatidan dunyo mamlakatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1) Iqtisodiyoti erkin m am lakatlar — 80-100 ball; 2) Erkin iqtisodiyot ustuvor m am lakatlar — 70-80 ball; 3) Iqtisodiyot erkinligi unchalik kuchli bo'lmagan mamlakatlar - 60-70 ball; 4) Iqtisodiyoti ustuvor ravishda noerkin m am lakatlar — 50-60 ball; 5) Iqtisodiyoti erkin b o'lm agan m am lakatlar — 50 ball va undan kam. Yer yuzida iqtisodiyoti qandayligi n o m a ’lum davlatlar ham bor. Bugungi kunda dunyoda erkinlik darajasi past yoki um um an yo'q m am lakatlar 100 tadan ortiq. Bu iqtisodiy islohotlarning davom etishi zarurligini bildiradi.Bozor iqtisodiyoti Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot boʻlib resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uygʻunlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkinknt erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi. Tarixan Bozor iqtisodiyoti ning 2 turi boʻlgan: yovvoyi Bozor iqtisodiyoti , madaniylashgan Bozor iqtisodiyoti Ilk Bozor iqtisodiyot i kapitalning jamgʻarilishi davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan asov iqtisodiyot sifatida paydo boʻlib, unga xususiy mulkning ozchilik qoʻlida toʻplanishi, iqtisodiyotda beboshlik va tartibsizlikning ustunligi, raqobatning qonunqoidasiz borishi, davlatning iqtisodiyotdan chetlashib qolishi, chuqur iqtisodiy tangliklarning tez-tez yuz berishi, aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, kishilarning oʻta boy va oʻta qashshoq tabaqalarga ajralishi, ijtimoiy ziddiyat kabi belgilar xos boʻlgan. Asov iqtisodiyot rivojlanish orqali maʼrifatli iqgisodiyotga oʻsib oʻtadi. Bunday oʻzgarish Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 30- yillarida boshlanib, 80- yillarga qadar davom etdi. Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot boʻlib, unga quyidagi belgilar xos: mulkiy xilmaxillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xdpol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari, iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik, ijtimoiy tabaqalanishning chuqur boʻlmasligi, oʻziga toʻq va farovon yashovchi oʻrtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va fuqaroviy toʻqnashuvlarga oʻrin qolmasligi va boshqa Bu belgilar hozirgi Bozor iqtisodiyoti ni harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi. Madaniy Bozor iqtisodiyoti doirasida uning turli modellari amal qiladi (qarang Bozor iqtisodiyoti modellari). Ad.; Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yulida, T., 1995; Oʻlmasov A., Sharifxoʻjayev M., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1995; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Kurs ekonomiki, M., 1997; Chjen V. A., Bozor va ochiq iqtisodiyot, T., 1997. Tuxliyev N., Bozorga oʻtishning mashaqqatli yoʻli, T., 1999. Ahmadjon Oʻlmasov, Sherqul Shodmonov.[1] Bunday tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu erda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʻladi. Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir. [Bozor iqtisodiyotiga ikki xil yo'l bilan o'tiladi: revolyutsion(birdaniga) va evolyutsion(sekin asta, O'zbekiston ham shu qatori). 4 xil bozor turi bir: 1.mahalliy 2.milliy 3.hududiy 4.jahon bozorlari. (Mirzalatipov Mirzahamid tahriri) ] Manbalar ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.Bozor iqtisodiyoti modellari Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti modellari m.ning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos boʻlgan aralash iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xoʻjaligi va korporativ iqtisodiyot koʻrinishlari mavjud. Aralash iqtisodiyot modeli — bozor iqtisodiyotining yuksak mehnat unumi, neʼmatlar toʻkinchiligini taʼminlaydigan, eng mukammal texnologiya va yuqori malakali ish kuchiga ega boʻlgan turi. Bu modedda mulkiy xilmaxillik mavjud boʻladi; xususiy mulkning individual va hissabay shakllari ustuvorlik qiladi, davlat va nodavlat mulki, iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari taraqqiy etadi. Yirik, oʻrta va kichik biznes muvozanatli holatda rivojlanadi. Bozor munosabatlari bilan birgalikda nobozor munosabatlari ham mavjud boʻladi. Bu esa sahovat va xayrehson ishlarining keng rivojlanishiga zamin yaratadi, raqobat bilan birgalikda hamkorlik aloqalari yuzaga keladi. Iqtisodiyotni boshqarishda bozor mexanizmi bilan bir qatorda davlat mexanizmi ham qoʻllanadi. Mazkur modelga ommaviy farovonlik xos boʻlsada, ijtimoiy tafovutlar cheklanmaydi, davlat daromadlarni qayta taqsimlashda faol ishtirok etmaydi, bu vazifalarni bozor mexanizmi bajaradi. Aralash iqtisodiyot modeli AQSH, Angliya, Fransiyada mavjud. Ijtimoiy bozor xoʻjaligi modeli — yuksak texnologiyaga va inson omilining kuchiga tayanib yuqori mehnat unumdorligini, umuman, bozorning toʻkin boʻlishini taʼminlaydi. Iqtisodiyoti bu modelga tayangan mamlakatda bozor xoʻjaligi tabiiytarixiy rivoj topadi, ishlab chiqarish bozor talablariga javoban ish olib boradi, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqdanib qoladi, iqtisodiyot bozor kuchlari taʼsirida tartiblanadi va toʻla erkinlashgan boʻladi. Mazkur model "iqtisodiy tartib" modeli hisoblanadi. Bozordagi faoliyat tartibqoidalarini qonunlar belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga buysunadi, davlat iqtisodiyotning oliy xekami sifatida faoliyat koʻrsatadi, lekin oʻzi bu jarayonda qatnashmaydi. Bu modelda iqtisodiyotning davlat sektoridan koʻra xususiy sektoriga koʻproq eʼtibor beriladi. Iqtisodiyotning ijtimoiy yoʻnalishini bozorning oʻzi belgilaydi. Har bir iqgisodiyot subʼyekti bozor qoidasiga koʻra ishlab topgan daromadini oladi, davlat daromadlarning taqsimlanishiga kamdankam aralashadi, lekin daromadlarni shakllantirishda bozor tamoyillariga rioya etilishini, bozor mexanizmining belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi. Ijtimoiy bozor xujaligi modeli Germaniya, Shvesiya va boshqa mamlakatlarda mavjud. Korporativ iqtisodiyot modeli — korporativ manfaatlar va korporativ hamjihatlikka asoslangan bozor iqtisodiyoti boʻlib, ilgʻor texnologiya, yetuk ish kuchidan foydalanib mehnat unumdorligi va aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Asosiy eʼtibor korporativguruhiy manfaatlarga qaratiladi, iqtisodiyot korporatsiyalar orqali boshqariladi. Korporatsiyalar aksiyador jamiyatlar tarzidagi turli sanoat, savdo, transport, qurilish sohasidagi birlashmalarga aylanadi, ularning baʼzilari hatto transmilliy korporatsiyalar darajasigacha oʻsib, xalqaro ahamiyat kasb etadi. Korporatsiyalar ishlab chiqarishning asosiy sohalarini qamrab oladi, ularning xorijiy shoxobchalari ham koʻpayib boradi. Xususiy mulkning korporativ shakli ustuvorlik qiladi. Korporativ iqtisodiyot modelida korporatsiya manfaatlari birinchi oʻringa qoʻyiladi, individual manfaatlarga faqat korporatsiya doirasida erishiladi va shu doirada i. t., texnikloyiha ishlari ham olib boriladi. Muammolarning korporatsiya doirasida hal etilishi korporatsiyaga sadoqat, korporativ vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Korporatsiya xodimlar uchun yuksak turmush darajasini kafolatlaydi, xodimlar esa bunga javoban ishlab chiqarish samaradorligining yuqori boʻlishini taʼminlaydilar. Korporatsiya xodimlarning oila aʼzolarini ham ish bilan taʼminlashni, qarilikda yaxshi pensiya va bir yoʻla katta summada mukofotlar berishni zimmasiga oladi. Xodimlar bilan menejerlar oʻrtasida inoqlik boʻladi. Bunday choratadbirlar ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlab, ish tashlash va boshqa noroziliklarga oʻrin qoldirmaydi. Bozor iqtisodiyotining korporativ modelida iqtisodiyotning korporativ sektori xalq xoʻjaligining tayanchi hisoblanadi, ammo iqtisodiyotning ikkilamchi va yetakchi boʻlmagan sohalarida nokorporativ sektor ham saqpanib qoladi. Korporativ modelda ham kichik biznes mavjud, ammo uning mustaqilligi juda chegaralanadi, u deyarli korporatsiya izmida boʻladi, uning buyurtmalarini bajaradi. Bozor iqtisodiyoti modellari korporatsiya doirasiga tortilmaydi. Korporativ iqtisodiyot ustuvor boʻlgan mamlakatlarga Yaponiya misol boʻla oladi. Ad:. Karimov I., Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli, T., 1993; Karimov I., Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida, T., 1995; Teoreticheskaya ekonomika. Politekonomiya, M., 1997; Ekonomika, M., 1997; Kurs ekonomiki, M., 1997;Oʻlmasov A., Sharifxujayev M., Iqtisodiyot nazariyasi; T., 1995; Tuxliyev N., Taksanov A. Natsionalnaya ekonomicheskaya model Oʻzbekistana T., 2000. Bozor iqtisodiyoti erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko`plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko`pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Aynan bozor munosabatlarining amal qilish darajasiga qarab kapitalizm, sotsalizm kabi tuzumlarni ajratishgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo`lishi uchun umumiy sharoiti bo`lib hisoblanadi.Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor munosabati mulkchilikning xilma-xilligini taqazo etadi. Chunki har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimi mulkchilikdan boshlanadi. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning ikki turini bir-biridan farqlash kerak .Bular : erkin (klassik yoki sof) bozor iqtisodiyoti va hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko`pchilik mamlakatlari uchun xos bo`lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o`ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Xususan, O`zbekiston ham mustaqilligining ilk yillaridanoq bozor iqtisodiyotiga o`tishni o`z oldidagi muhim vazifalardan biri deb hisobladi. Bunda O`zbekiston o`zining o`ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo`ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyutsion to`ntarishlarsiz, ijtimoiy to`qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat`iyatlilik bilan bosqichma -bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o`tishdan iborat yo`lni tanladi. Bu yo`ldagi ishlarni amalga oshirish uchun o`z iqtisodiy, siyosiy, madaniy ahvolimizni inobatga olgan holda tuzilgan modelimiz bo`lishi lozim edi .Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida yurtimiz iqtisodiy ahvolini hisobga olgan holda, jahon standartlariga to`liq javob beradigan «o`zbek modeli» yaratildi. Bu yo`l haqida birinchi prezidentimiz Islom Karimov o`zining «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» nomli kitobida shunday fikr bildirgan: «O`zbekistonda qabul qilingan, «o`zbek modeli» ijtimoiy yo`naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o`tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, qonun ustivorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o`ziga xos yo`li»[1]. Yurtimizda mazkur tartib asosida o`tkazilayotgan islohotlar o`z natijasini bermoqda. Xususan, 2016-yilda yalpi ichki mahsulot 7,8 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish- pudrat ishlari 12,5 foizga, chakana savdo aylanmasi 14,4 foizga, xizmatlar 12,5 foizga, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 6,6 foizga, jumladan, meva-sabzavot yetishtirish 11,2 foizga, kartoshka yetishtirish 9,7 foizga, sabzavot mahsulotlari yetishtirish 10,4 foizga oshdi. O`zbekistonda erkin bozor iqtisodoyotining tashkil etilishi yurtimizning iqtisodiy darajasini oshirishga va aholining turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Bozor iqtisodiyotining eng muhim sifatlaridan biri xususiy mulkchilikning ustuvorligini ta`minlab, yurtimizdakichik biznes va xususiy tadbirkorlikka katta e`tibor berilmoqda, bu esa o`z navbatida aholini ish bilan ta`minlash, ularning tadbirkorlik qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Bundan keyin ham yurtimizda bozor iqtisodiyotini yanada rivojlantirishmiz, dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatorida biz ham o`z mahsulotlarimizni jahon bozoriga chiqarishimiz lozim. Аdabiyotlar: Shodmonov Sh., Alimov R., Jo`raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent – Moliya –2002. Abdullayev Y. Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent – Mehnat. – 1997. Ishmuhamedov A.E., Sitdikova L.A., Ishmuhamedov L., Sunnatov M.N. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari. Toshkent. – 2004. www.ziyouz.com kutubxonasi Download 24.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling