Mavzu: BOZOR IQTISODIYOTINI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari. - Iqtisodiyotni Davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari.
- Bozor xo`jaligi sharoitida iqtiyosodiyotni davlat tomonidan tartibga solish qonunchilik, ijro etish va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimidan iborat bo`ladi.
- Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) ning ob'ektiv imkoniyati iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va kapital to`planishi ma'lum darajaga erishganda vujudga keladi. Iqtisodiy rivojlanishda qiyinchiliklar o`sib va ziddiyatlar to`planib borishi bu imkoniyatlarni haqiqatga aylantirishni zarur qilib qo`yadi.
- Hozirgi sharoitda IDTTS takror ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bir qator vazifalarni hal qilishga qaratiladi. Bular jumlasiga iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish, bandlilikni tartibga solish, tarmoq va mintaqaviy tuzilmalardagi ijobiy siljishlarni qo`llab -quvvatlash, eksportni himoya qilish kabilarni kiritish mumkin.
- IDTTSning asosiy maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, mavjud tuzumni mustahkamlash (mamlakat ichida va xalqaro maydonda) va uni o`zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Bozor xo`jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo`ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin: - Bozor xo`jaligi sharoitida davlatning iqtisodiy vazifalari asosan bozor tizimining amal qilishini engillashtirish va himoya qilish maqsadiga ega bo`ladi. Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin:
- Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug`diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta'minlash;
- Rahobatni himoya kilish.
- Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu erda davlatning uchta vazifasi alohida ahamiyatga ega:
- Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
- Resurslarni qayta taqsimlash;
- Iqtisodiyotni barqarorlashtirish ya'ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish.
Davlatning iqtisodiyotga ta'sir qilish usullari va vositalari. - Davlatning iqtisodiyotga ta'sir qilish usullari va vositalari.
- Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruxlash mumkin:
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul - kredit va byudjet siyosatida o`z ifodasini topadi. Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning pul - kredit va byudjet siyosatida o`z ifodasini topadi. Pul - kredit siyosatining asosiy vositalari quyidagilardan iborat bo`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |