Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi


Download 168.62 Kb.
bet26/28
Sana30.04.2023
Hajmi168.62 Kb.
#1415704
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
Mavzu. Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi

-b
-b
mt = ------------------ koʻrinishini oladi.
1-b(1-t)+ m’
Demak soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki koʻpaytirilishi natijasida YaIM hajmining bundan necha marta koʻp miqdorga oʻzgarishi iste’molga chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga bogʻliq
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori va soliq multiplikatorini hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha boʻladi:
1 b
Y= -------------------- (a+I+G+g) - ------------------ Ta
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’
Aytaylik hukumat oʻz xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi.
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning oʻzida bir xil miqdorda oʻzgarishi natijasida daromadlarning jami oʻzgarishi ΔY miqdori quyidagiga teng boʻladi:
1 b
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga koʻpaysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga koʻpayadi. Buni balanslashgan byudjet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byudjet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq boʻladi.
Davlat xarajatlari oʻzgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq boʻladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar oʻzgarishi ta’siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol oʻynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi boʻlsa, davriy pasayishni tugatish uchun oʻz xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq boʻladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan boʻlsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy koʻtarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yoʻl hisoblanadi.



Download 168.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling