Mavzu: bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. Bozor va uning tuzilishi


Download 28.51 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi28.51 Kb.
#1018117
  1   2   3   4
Bog'liq
4 МАВЗУ НАЗАРИЯ


MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA ASOSIY BELGILARI. BOZOR VA UNING TUZILISHI

1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari.


2. Bozor iqtisodiyotining afzalligi va zaif tomonlari.
3. Bozor tushunchasi va uning vazifalari.
4. Bozorning turlari.


Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.









pul



P – baho
Bozor mexanizmi R – raqobat
Qd - talab
Qs - taklif

B o z o r x o’ j a l i g i s u b ' y e k t l a r i



Tadbirkorlik sektori - bu daromad olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyotning birlamchi bo’g’inlaridir.

Davlat - iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga
oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari sifatida namoyon bo’ladi.

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:



  • turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi

  • tadbirkorlik va tanlov erkinligi

  • raqobat kurashining mavjudligi

  • davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi

  • korxona va firmalarning ichki hamda tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.

Bozor iqtisodiyotining afzalliklari

Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari

  • Iqtisodiy plyuralizm, ya'ni mulk shakllari va xo’jalik yuritish usullarining turli-tuman bo’lishidir

  • Erkin iqtisodiyot

  • Iqtisodiy monopolizmni inkor etadi

  • Tovar taqchilligi bo’lmaydi

  • Narxlarning liberallashuvi, ya'ni narx-navoning erkin tashkil topishidir

  • Ishlab chiqarish faoliyatini rag’batlantiruvchi kuchni yuzaga chiqaradi

  • Moslashuvchan iqtisodiy tizim.




  • Raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi

  • Jamiyat a'zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishiga olib keladi

  • Ijtimoiy iste'mol qilinadigan ne'matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas

  • Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi va oqibatda pulning qadrsizlanishi.


Bozor -
ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o’rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo’ladigan munosabatlar majmuidir.





Download 28.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling