Мavzu: bozor muvozanati. Maksimal va minimal narxlar reja


Tovarning maksimal va minimal bahosi


Download 27.23 Kb.
bet3/3
Sana01.04.2023
Hajmi27.23 Kb.
#1314935
1   2   3
Bog'liq
Bozor

Tovarning maksimal va minimal bahosi. Ba'zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o‘rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o‘rnatilgan narx P ~ muvozanat narxdan kichik bo‘lsa P  Pe ~ ( Pe - muvozanat narx) va narxni maksimal narx P ~ dan yuqori belgilash ta'qiqlansa. Maksimal narx ba'zi bir mahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma'lum darajada ta'minlash maqsadida davlat tomonidan o‘rnatiladi.
Talab va taklif nazariyasiga ko‘ra, maksimal narxning o‘rnatilishi mahsulot tanqisligiga olib keladi. Tovar tanqisligini davlat o‘z zahirasidan mahsulotni bozorga chiqarish yo‘li bilan yechadi, ya'ni o‘z zahirasidagi D S Q Q miqdorda mahsulot chiqarib talab va taklifni tenglashtiradi. Agar sotuvchilarga tovarni maksimal narx P ~ dan yuqori narxda sotishga ruxsat bo‘lmasa, taklif S Q miqdor bilan chegaralangani uchun, norasmiy bozor (xufiyona bozor) vujudga keladi (rasmda bu ED nuqta orqali ifodalangan va bu bozorda tovar D S P ED E Pe Pн P ~ Q S Q Qe D 0 Q E' 10 norasmiy bozor narxi Pн da sotiladi; Pн muvozanat narxdan ancha yuqori bo‘lishi mumkin). Mahsulotning narxi P  minimal narx deyiladi, agar minimal narx muvozanat narxdan katta bo‘lsa, P  Pe  (Ре -muvozanat narx) va narx P  ni pasaytirish mumkin bo‘lmas
Bunday minimal narx davlat tomonidan, ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish uchun o‘rnatiladi. Minimal narxning o‘rnatilishi, ortiqcha mahsulotning vujudga kelishiga olib keladi yoki mahsulotlar sotilmasdan omborlarda to‘planib qolishiga olib keladi. Bu vaziyat 3.17-rasmdagi grafikda keltirilgan, ortiqcha mahsulot hajmi S D Q Q ga teng. Agar davlat mahsulotni minimal narxdan past narxda sotishga ruxsat bermasa, bu yerda ham norasmiy bozor vujudga keladi. Grafikdagi ' E nuqta ortiqcha mahsulotni norasmiy ravishda muvozanat narxdan past narxda ( Pн narxda) sotilishi mumkin bo‘lgan vaziyatni ko‘rsatadi. Shunday qilib, talab va taklif modeli orqali bozor narxlarini o‘zgartirishning oqibatlarini chuqur tahlil qilish mumkin.
4. Iste’molchi yutug’i va ishlab chiqaruvchi yutug’i. Bu yerda chiziqli taklif va talab chiziqlari yordamida qanday qilib oddiy hisobkitoblar qilinishini qarab chiqamiz. Buning uchun, bozor ma'lumotlariga muvofiq talab va taklifning chiziqli grafiklarini chizishni qarab chiqishimiz kerak. (Biz hozir, statistik usullar orqali quriladigan chiziqli regressiya, tenglamalarni hisoblashni qaramaymiz.) Faraz qilaylik, biror tovar uchun ikkita miqdor berilgan bo‘lsin: tovar narxi va uning miqdori, bu ko‘rsatkichlar bozorda muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi (bu ko‘rsatkichlar bozorda o‘rtacha ko‘rsatkich bo‘lib, bozordagi muvozanatlik holatida aniqlangan, yoki bozordagi shart-sharoitlar turg‘unlashgan davrdagi ko‘rsatkichlar bo‘lsin). Bu ko‘rsatkichlarni muvozanat ko‘rsatkichlar deb qaraymiz va quyidagicha belgilaymiz: muvozanat narx * P , muvozanat tovar miqdori * Q . E E Q S D P ED ES Pe Pн P ~ S Qe Q D 0 Q 11 Berilgan tovarning muvozanat nuqta yoki uning atrofidagi narx bo‘yicha taklif va talab elastikligini mos ravishda ES va ED harflari bilan belgilaymiz. Bu ko‘rsatkichlarning, ya'ni P Q ES , , * * va ED son miqdori, faraz qilaylik, statistik hisob-kitoblar orqali aniqlangan va ular asoslangan bo‘lsin. Berilgan ma'lumotlar asosida taklif va talab chiziqlarini quramiz. Taklif va talab chiziqlari yordamida, talab va taklif miqdorining siljishlarini, narxning o‘zgarishini, berilgan tovar miqdorining boshqa tovar narxiga nisbatan o‘zgarishini va hokazolarni hisoblash mumkin.
Shunday qilib, agar talab elastik bo‘lmasa, narxning o‘sishi daromadni o‘sishiga, kamayishi, daromadni kamayishiga olib keladi va bunday xolda sotuvchilar faqat narxni oshirish orqali daromadni oshirishi mumkin. Talab elastik bo‘lganda, daromadning o‘zgarishi narxning o‘zgarishiga teskari bo‘ladi va sotuvchilar bu holda narxni pasaytirish orqali daromadni oshirishlari mumkin. Talab elastik bo‘lganda, narxning pasayish sur'atidan talabni oshish sur'ati yuqori bo‘ladi, natijada daromad oshadi. Talab elastik bo‘lmaganda ED  1 narxning pasayish sur'ati, talabning o‘sish sur'atidan yuqori bo‘ladi, bu o‘z navbatida daromadni pasayishiga olib keladi. Masalan, yil yaxshi kelib fermerlar yuqori hosil olganda, ularning daromadi kamayib ketadi, nima uchun deganda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab elastikligi ancha past. Xuddi shunday, byudjet daromadini oshirish maqsadida, davlat korxonalari mahsulotlarining narxi oshirilsa, agar ushbu mahsulotlarga talab elastik bo‘lmasa, davlat byudjetiga tushadigan mablag‘ kamayishi mumkin. Temir yo‘l transporti chiptalari narxi oshirilsa, chiptalarga bo‘lgan talabni kamaytiradi. (Ma'lumki, temir yo‘l chiptalariga bo‘lgan talab elastik emas.)

Tavsiya etiladigan adabiyotlar


1. G`ulomov S.S., Alimov R.X., Salimov B.T., Xodiyev B.Yu. Mikroiqtisodiyot. -T.: Sharq, 2001.
2. Konyuxovskiy P.V. Mikroekonomicheskaya modelirovaniye v bankovskoy deyatelnosti. Moskva, Xarkov, Minsk, 2001.
3. Faltsman V.K. Osnovo‘ mikroekonomike. - M.: TEIS, 2000.
4. Moskva Institut Mikroekonomiki. www.citymarket.ru.



Download 27.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling