Mavzu: Bozor segmentasiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtiri Reja


Download 372.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana26.03.2023
Hajmi372.41 Kb.
#1296497
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu. Bozor segmentasiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtiri



MAVZU: Bozor segmentasiyasi va tovarni bozorda 
pozitsiyalashtiri 
 
Reja: 

1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati. 


2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari. 
3. Bozor segmentatsiyasi turlari. 
4.Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari. Maqsadli bozor segmentlarini 
tanlash
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati 
 
“Bozorni segmentatsiyalash” tushunchasi AQShda 1950 yillarda vujudga 
kelgan.
Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga 
ega va bozorda talabni o`rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda 
“iste`molchini tahlil etish”- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich 
hisoblanadi. U uch tarkibiy qismga bo`linadi: bozor segmentatsiyasi; iste`molchi 
talabi sabablarini o`rganish; qondirilmagan ehtiyojlarni aniqlash. Bozor 
segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning
turi, sifati va miqdoriga ko`ra har xil talab qo`yadigan iste`molchilarni guruhlarga 
ajratishda turli mezonlar qo`llashga asoslanadi, ya`ni bozor bir jinsli hodisa tarzida 
emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida 
alohida o`ziga xos bir talab namoyon bo`ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. 
Bozorda xaridorlarning ma`lum bir tovarga bo`lgan talablari xilma-xildir, har 
bir xaridorning o`zining didi bor. Xaridorning talabi, xoxishi, ehtiyoji, turmush 
tarzi, tovar sotib olishdagi xulq-atvori haqidagi ma`lumotlar samarali marketing 
tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. 
Ya`ni bozor segmentatsiyasi xaridorlarning talabiga muvofiq tovarni taklif 
etilishini va tovarga talabni kat`iyligini ta`minlaydi. 
Demak, xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va 
tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor 

Download 372.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling