Mavzu. Bozor segmentatsiyasi va xaridorlar turlari


Download 258.5 Kb.
bet1/4
Sana07.02.2023
Hajmi258.5 Kb.
#1175384
  1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu. marketing 4 soat

MAVZU. BOZOR SEGMENTATSIYASI VA XARIDORLAR TURLARI

  • Reja
  • 1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati.
  • 2.Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari
  • 3.Bozor segmentatsiyasi turlari
  • 4.Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari
  • 5.Maqsadli bozor segmentlarini tanlash va tovarni bozordagi joylashish pozitsiyasi

«Bozorni segmentatsiyalash» tushunchasi AQShda 1950 yillarda vujudga kelgan.

  • «Bozorni segmentatsiyalash» tushunchasi AQShda 1950 yillarda vujudga kelgan.
  • Marketingni boshqaruv tizimida bozor segmentatsiyasi muhim ahamiyatga ega va bozorda talabni о‘rganish yoki marketologlar atamasi bilan aytganda «iste’molchini tahlil etish»- bozorlar holatini tahlil etishdagi birinchi bosqich hisoblanadi.

U uch tarkibiy qismga bо‘linadi:

  • U uch tarkibiy qismga bо‘linadi:
  • - bozor segmentatsiyasi;
  • - iste’molchi talabi sabablarini о‘rganish;
  • -qondirilmagan extiyojlarni aniqlash.
  • Bozor segmentatsiyasi talabni qondirishga tabaqalangan holda yondashuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga kо‘ra har xil talab qо‘yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qо‘llashga asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida о‘ziga xos bir talab namoyon bо‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi.

Xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.

  • Xaridorlarning tovarlarni sotib olishdagi xulq-atvorlari, talabi va tovarlarga munosabatidagi xususiyatlariga qarab, guruhlarga ajratishni bozor segmentatsiyasi deyiladi.

Bozorni segmentlash orqali, xо‘jalik yurituvchi subyekt quyidagi maqsadlarni kо‘zlaydi:

      • iste’molchilarni hoxish va talabini maksimal ravishda hisobga olish;
  • tovarni (xizmatni) va xо‘jalik yurituvchi subyektni raqobatbardoshligini ta’minlash;
  • xо‘jalik yurituvchi subyektni harajatlarini optimallashtirish;
  • xо‘jalik yurituvchi subyektni marketing strategiyasini samaradorligini oshirish;
  • raqobatchilardan xolis bо‘lgan segmentlarga ketish.

Download 258.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling