Mavzu: bozor sharoitlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish


Download 308.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana29.12.2022
Hajmi308.95 Kb.
#1071366
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
\'Korxona moliyasi

Moliyaviy menejment - bu belgilangan maqsadga erishish va foydani
ko'paytirish maqsadida korxonaning moliyaviy-xo'jalik faoliyati jarayonida
paydo bo'ladigan pul oqimlarini maqbul boshqarish tizimi.
Moliyaviy menejmentda boshqaruv ob'ekti iqtisodiy sub'ektning pul
oqimidir. Pul oqimi tahlil asosida korxonaning oqilona moliyaviy
strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishda naqd pul tushumlari va
to'lovlarining prognoz taxminlari, ularning korxona aktivlari va passivlari
tarkibidagi o'zgarishlarni o'z ichiga oladigan
moliyaviy hisobotlar
ishlab
chiqiladi.


Moliyaviy xizmatning funktsiyalariga quyidagilar kiradi: 
Biznes-rejani ishlab chiqish va bajarishda ishtirok etish;
Moliyaviy
rivojlanish dasturini yaratishda ishtirok etish;
Kredit siyosatini aniqlash;
Joriy (asosiy), investitsiya va
moliyaviy faoliyat
ni tashkil etish;
Pul-kredit siyosatini ishlab chiqish;
Moliyaviy rejalashtirish;
Yetkazib
beruvchilar,
xaridorlar,
tijorat
banklari,
byudjet
va
boshqa
kontragentlar bilan hisob-kitoblar;
Moliyaviy va boshqa xatarlardan sug'urta qilishni ta'minlash;
Moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tahlil qilish;
Maqsad erishish ustidan nazorat va pul resurslaridan
samarali foydalanish
.
Korxonaning kattaligiga, uning tarmoqqa mansubligiga, oldiga qo'yilgan
maqsadlariga qarab, sanab o'tilgan funktsiyalar batafsil va kengaytirilishi mumkin.


Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi tovar-pul
doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul shaklidagi yakuni
sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul tushumi maydonga chiqadi. Umumiy 
tarzda, formula orqali buni quyidagicha ifodalash mumkin:
T = Faa +Fmxm + Fix + Ff,
Bu yerda: T - tushum;
F
aa
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining jismoniy eskirishini
tiklashga mo‘ljallangan amortizatsiya ajratmalari fondi;
F
mxm
-moddiy xarajatlarni (xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i,
elektroenergiya va boshqalarni sotib olish) moliyalashtirish fondi;
F
ix
- ish haqi fondi;
F
f
— tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan
foyda (soliqlar
to‘languncha
va
foydadan
boshqa
majburiy
to‘lovlar
amalga
oshirilguncha).


Amaldagi tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy 
resurslarini ularning shakllanish manbalariga ko‘ra quyidagilarga 
ajratish mumkin:
mahsulot realizatsiyasining tushumi hisobidan shakllanadigan moliyaviy resurslar
(foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi fondi; moddiy xarajatlarni tiklash
fondi);
boshqa realizatsiya (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor bo‘lmagan xizmatlar va
boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy resurslar;
moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar (kreditlar va zayomlar; o‘z
aksiyalari
va
qimmatli
qog‘ozlarning boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa
emitentlarning
qimmatli
qog‘ozlari bo‘yicha dividentlar va foizlar; sug‘urta
qoplamalari va boshqalar);
kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy resurslar (mol yetkazib
beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi bo‘yicha; ijtimoiy sug‘urtaga doir; byudjet
oldidagi va boshqalar);
badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan shakllantiriladigan
moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet
subsidiyalari va h.k.)


Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish
samaradorligi
Xo‘jalik
yurituvchi
sub’ekt
moliyaviy
resurslaridan
foydalanish
samaradorligini quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin:
mr 
Download 308.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling