Mavzu: Brakonni ko’paytirish va uzumzorda qo’llash reja
Download 275.13 Kb.
|
Brakonni ko’paytirish va uzumzorda qo’llash
Brakonni ko‘paytirish.
Dastlabki birlamchi mahsulot hisobiga kech kuzda va erta bahorda makkajo‘xori, g‘o‘za, pamidor ekinlarida kimyoviy preparatlar va brakon qo‘llanilmagan dalalardan tabiiy tekinxo‘r bilan zararlanib qishlovga ketgan qurtlar terib olinadi. Zararlangan qurtlardan bir necha kundan so‘ng dastlabki brakon uchib chiqadi. SHuningdek, ularni qayta ko‘paytirish maqsadida qishlab chiqayotgan makkajo‘xori parvonasi qurtlaridan ham foydalaniladi. Buning uchun keltirilgan qurtlar, brakon kam bo‘lganda, bittadan probirkaga solinadi va bir juft brakon zararlash uchun qo‘yiladi. Brakonlar ko‘proq bo‘lgan vaqtda qurtlar 2 yoki 3 litrli shisha bankalarga solingan burmali (garmoshka) qog‘ozga 10-12 % gacha pupariyaga aylanguncha ushlab turiladi va kerakli nisbatda (1:2) otalangan urg‘ochi brakonlar joylashtiriladi. Tekinxo‘r solingan shisha banka 4 soatgacha qora mato bilan yopib qo‘yiladi. Bu vaqtda yaydoqchilar hamma qurtlarni “shol” qila boshlaydi va o‘z navbatida matoga surtilgan asal bilan oziqlantirib boriladi. Qo‘yilgan tuxumdan chiqqan lichinka 4-6 kun davomida qurt tanasidagi ichki borlig‘i bilan oziqlana boshlaydi va u erning o‘zida pilla ichida g‘umbakka ketadi. Pillalardan 4-5 kun ichida etuk brakonlar uchib chiqa boshlaydi. Erta bahorda yig‘ib kelingan ko‘sak qurti g‘umbaklari 0,5 yoki 1 litrli shisha bankalarda kapalaklar uchib chiqquncha saqlanadi. SHu kapalaklar qo‘ygan tuxumlardan chiqqan qurtlar alohida probirkalarga solinib loviya yoki makka doni bilan oziqlantiriladi. Bundan tashqari erta bahordan kech kuzgacha daladan yig‘ib kelingan qurtlar brakon bilan zararlantiriladi va onalik mahsulot ko‘paytirilib boriladi. Bu tadbir mavsum davomida bajarib boriladi. Mum kuyasi qurtlarini zararlash uchun brakonlardan faqat uch marta foydalanish mumkin bo‘ladi. Brakonni ko‘paytirish uchun mavsum davomida ikki xil sharoitda: ya'ni erta bahorda harorat 30-330S nisbiy havo namligi 75-80 %, yozda tegishlicha 25-280S namlik 75-80 % bo‘lish kerak. Download 275.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling