Mavzu: Bugalterya Hisobi


Download 39.55 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi39.55 Kb.
#1599956
1   2
Bog'liq
bugalterya

operativ-texnik (tezkor) hisob;


  • statistik hisobi;


  • buxgalteriya hisobi.

    Hisobning uch turi: operativ, buxgalteriya va statistika hisoblari birgalikda halq xo`jalik hisobining yagona tizimini tashkil qiladi. Bir turdagi hisobning ma’lumotlarini ikkinchisi to`ldiradi yoki umumlashtiradi. Hozirgi paytda xo`jalik hisobini tashkil qilishda hisobning ikki turini qo`shib olib borish hollari hayotga kirib kelmoqda. Analitik hisobni soddalashtirish, zamonaviy elektron-hisoblash mashinalarini qo`llash asosida operativ hisob bilan buxgalteriya hisobini birgalikda olib borish xarakterlidir.
    Hisobning ushbu turlari bajaradigan vazifasi, qaerda qo`llanishi va o`ziga hos uslublariga ko`ra bir-biridan farq qiladi.Operativ (tezkor) hisob – korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim ko`rsatmalarini joriy nazorat qilish maqsadida qo`llaniladi. Operativ hisob ishlab chiqarishning ayrim bo`limlarida sodir bo`layotgan xo`jalik jarayoni va muomalalari haqida zarur ma’lumotlarni tezda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Bu hisob ma’lumotlari xo`jalik faoliyati va muomalalarini kuzatish natijasida olinadi. Ularni maxsus hujjatlarda qayd qilish shart emas. Operativ hisob ma’lumotlariga hujjat tuzmasdan og`zaki, telefon, telegraf yoki internet orqali habar qilish mumkinligi va o`zining oddiyligi blan hisobning boshqa turlaridan farq qiladi. Shunday qilib, operativ hisobda barcha aloqa vositalari ishlatiladi. Operativ hisob sodir etilgan hodisa va voqealiklarni tezkorlik bilan kuzatib, miqdor jihatdan o`lchab boshqaruv uchun axborot berishga xizmat qiladi. Operativ hisobning hisobga olish ob’ektiga misol qilib, paxta-yig`im teriminining kundalik ahvoli to`g`risidagi ma’lumotni keltirish mumkin. Bunda axborot zudlik bilan og`zaki yoki yozma tarzda aloqa vositalari yordamida jamlanadi va boshqaruv uchun zarur bo`lgan qaror qabul qilinadi.Operativ hisob yordamida mol yetkazib beruvchilar shartnomalarni bajarishi, ishchi va xizmatchilar ishga o`z vaqtida kelishi, mollar jo`natilishi, to`lov muddatlari bo`yicha majburiyatlar bajarilishi va boshqalar to`g`risida ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar xo`jalik jarayoni va ishlab chiqarish rejalarining bajarilishi ustidan nazorat qilishda keng qo`llaniladi.Operativ hisobning o`ziga hos hususiyati shundaki, bunda xo`jalik jarayonidagi ma’lumotlar tezlik bilan qayd qilinadi va tegishli joyga tezda yetkazib beriladi. Bunday ma’lumotlardan esa muayyan korxonada xo`jalik jarayoni, shuningdek butun halq xo`jaligiga operativ rahbarlik qilish uchun foydalaniladi. Operativ hisobda aniq ob’ektdan qat’iy nazar natura, mehnat va pul o`lchovlaridan foydalaniladi.Buxgalteriya hisobining har bir qayd etilgan yozuvi, amalga oshirilgan xo`jalik muomalasi yoppasiga hujjatlashtirishga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi hisobning hujjatli turi deyiladi.Biz yuqorida qayd qilganimizdek, buxgalteriya hisobida natura o`lchovi, mehnat va pul o`lchovlaridan foydalaniladi. Har qanday xo`jalik muomalasi, albatta, pulda ifodalaniladi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobi pulli hisob turi deb ham yuritiladi, ya’ni sodir bo`lgan xo`jalik jarayoni va muomalalarini umumlashtirish faqat pul ifodasida olib boriladi. Buxgalteriya hisobi hodisalarni o`rganish va nazorat qilish tizimidir. Uning ob’ekti alohida korxona, tashkilot va muassasa, umuman halq xo`jaligi yoki uning biror tarmog`i bo`lishi mumkin.Statistik hisob tegishli usullardan, masalan, statistik kuzatish, kuzatish materiallarni yig`ish, ma’lumotlarni guruhlash, ko`rsatkichlarni hisoblash va boshqalardan foydalanib, jamiyat xo`jalik faoliyati rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi. Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va jamiyat xayotidagi siyosiy va madaniy rivojlanishning miqdoriy ko`rsatkichlarini beradi. Shuning uchun ham xo`jalik hisobi tizimi statistik hisob talablariga mos holda umumiy uslubiyot asosida yuritiladi. Statistik hisob xo`jalik faoliyatining ijtimoiy hodisalarini o`rganishda ma’lum darajada buxgalteriya hisobining kuzatish natijalaridan foydalaniladi.
    Statistik hisob – ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni kuzatish, o`rganish va umumlashtirish uchun ishlatiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va voqealiklarni miqdor va sifat tomonlarini birga bog`lab o`rganish statistik hisobning asosiy vazifasi hisoblanadi.
    Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, tovar oborotining bajarilishini nazorat qilish, ish haqi, mehnat unumdorligi va boshqa ko`rsatkichlar statistik hisobining ob’ekti bo`lib hisoblanadi. Statistika ma’lumotlari turli jarayonlarning natijalarini tahlil qilishga yordam beradi, hamda ularning rivojlanish istiqbolini belgilaydi. Statistik hisob sodir etilgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni ommaviy tarzda kuzatib, miqdor jihatdan o`lchab hujjatlarda qayd qiladi. Statistik hisobning hisobga olish ob’ektiga misol qilib aholini ro`yhatdan o`tkazish to`g`risidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Bunda axborot ma’lum bir kuzatish, guruhlash, hisoblash hamda tahlil qilish orqali to`planadi va boshqaruv uchun zarur bo`lgan ma’lumot sifatida xizmat qiladi.
    Statistik hisobning maxsus shakllaridan mahsulotning hajm va sifati ishlab chiqarishda sarflangan mehnat va uning unumdorligi, ish haqi, korxonalarda ishlovchi xodimlarning soni, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi va boshqalar aks ettiriladi. Bu ma’lumotlardan korxonalar ishlab chiqarish va moliya-xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda keng foydalaniladi.
    Statistik hisob xo`jalik jarayonida sodir bo`lgan hodisalarnigina o`rganib qolmasdan, balki jamiyatdagi siyosiy va madaniy hodisalarni ham o`rganadi. Masalan, statistik hisob yordamida aholining harakati, tug`ilishi va o`lishi, jamiyatning ijtimoiy tuzilishidagi o`zgarishlar va h.k.lar o`rganiladi.
    Statistik hisob o`rganayotgan ob’ekti va qo`yilgan maqsadiga qarab natura, mehnat va pul o`lchovlaridan, umumlashgan ko`rsatkichlarni olish uchun esa operativ va buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng ma’noda foydalanadi.
    Buxgalteriya hisobi yagona halq xo`jalik hisobi tizimining bir turi bo`lganligi sababli hisobga hos bo`lgan barcha umumiy vazifalar unga ham tegishlidir.
    Barcha hisoblar bir-biri bilan chambarchas bog`liq holda yuritiladi. Bu aloqani ko`rsatish uchun buxgalteriya hisobida vaqtbay haq to`lash shaklida ish haqi oluvchi korxonalarning ishchi, injener-texnik xodimlari va xizmatchilariga ish haqi hisoblash jarayonini misol sifatida olish mumkin. Bunda ish haqini hisoblash uchun operativ hisob ma’lummotlariga asoslaniladi, ya’ni tabeldagi ishchining ishga kelganligi va ketganligi haqidagi ma’lumotga asosan ish haqi hisoblaniladi.Sodir etilgan hodisa va vokealiklarni hisobga olishda buxgalteriya hisobi bilan bir qatorda statistik hamda operativ hisob ma’lumotlaridan foydalaniladi.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    1.Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni yangi tahriri. 2016 yil 13 aprel O’RQ-404-son
    2.Jo’rayev N., Abduvoxidov F., Sotvoldiyeva D. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik (lotn alifbosida). –T.: 2012.
    3.Karimоv A., Kurbanbayev J., Jumanazarоv S. Buxgalteriya hisоbi. Darslik. –T.: ―Iqtsоd-mоliya‖, 2019 y. 624 b.
    4.Kuljanоv Ο.M., Xusinоv I.I, Jumanazarоv S.A. Buxgalteriya hisоbi nazariyasi: Ο’quv qо’llanma. – T.: ―Iqtsоd-Mоliya‖, 2018 y. 240 b.
    5.Narbekov D., Misirov K., Tashmanov G’. Moliyaviy va boshqaruv hisobi: O’quv qo’llanma. –T.: Iqtsod-moliya, 2018.
    6.Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. Financial and managerial accountng, 12e, South-Western, Cengage Learning. 2014
    Download 39.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling