Mavzu. Buldozerlar Tayanch suzlar: ag’dargich, uzatma, ishchi jixoz, texnologiya. Reja
BULDOZER IShLARINING TAShKIL ETILIShI VA TEXNOLOGIYaSI
Download 64 Kb.
|
1 2
Bog'liq9-mavzu. Buldozerlar
BULDOZER IShLARINING TAShKILETILIShI VA TEXNOLOGIYaSIIsh sikli. Buldozerning ish sikli gruntni qirqish(qazish), ish yo’li, ketinga yurish uchun xarakatni almashish maksadida to’xtash, qirqishni davom ettirish uchun dastlabki xolatga qaytish (salt yurish) va oldinga yurish uchun xarakatni almashlab qo’shish uchun to’xtashdan iborat. Ba’zan ish sikliga, agar navbatdagi ish yo’lini boshqa joydan boshlash talab etilganda, zarur bo’ladigan manyovr qilish xam kiradi. Ish yuli ish siklining eng murakkab elementi xisoblanadi. Ish siklida otvalni gruntga botirish, otval oldidagi gruntni(grunt prizmasini surib) to’plash, grunt o’rnini to’ldirish uchun gruntni uzluksiz qirqish bilan otvalni ma’lum masofaga surib borish, gruntni zarur joylarga taqsimlash va joylashtirish ishlari bajariladi. Otvalni gruntga botirish va uni surish (3-rasm) grunt turiga, yuzaning tekisligi va nishabligi xamda boshqa ekspluatasiya sharoitlariga qarab turlicha bajariladi. Bu operasiyani bajarishning keng tarqalgan uchta sxemasi mavjud. 3-rasm. Otvalni gruntga asta bostirib (a), bosqichli botirib (b) va bir xil chuqurlikda qirqib(v) surish. Tekis yuzada otval imkoni boricha chuqur, keskin botiriladi va u surilayotgan grunt ko’payib borishiga qarab otval ko’tara boriladi(3-rasm,a). Mashina massasi gruntni qirqishga yordam beradigan juda katta nishablikda ishlayotganda otvalni gruntga botirish va uni surish deyarli uzluksiz chuqur qirqish bilan amalga oshiriladi (3-rasm, v). Amalda bajariladigan buldozer ishlari yuzaning notekisligi, gusenisalar yoki g’ildirakli traktorlar osmasidagi mavjud elastik zvenolarga bog’lik bo’lgan otvalning aniq boshqarilmasligi sababli otvalni gruntga botirish va uni surish otvalning qisman botishi va qayta botishi bilan birga bosqichli sxema bo’yicha (3-rasm, b) olib boriladi. Tik qiyaliklarda terrasa va polkalar buldozerni nishablikda pastga qaratib burgan xolda gruntni bo’ylama surib ishlanadi. Ish boshlashdan avval dastlabki polkani buldozer ishonchli ishlay oladigan qilib ishlash kerak. Bunday polka ko’pincha buldozerning o’zi bilan ishlanadi. Buning uchun qiyalikda yuqoriga qarab xarakatlanayotganda otval gruntga tushiriladi va mashina 900 ga burilayotganda bir uchi bilan kichik polkani qirqadi. Bu operasiyani qaytarish bilan bo’ylama o’tib ishlashga yetadigan maydoncha xosil qilinishi mumkin. Burilishlarda mashinaga ortiqcha nagruzka tushmasligi uchun otval chuqurrok botirib boriladi. Otvalni buriladigan qiya o’rnatilgan yoki otvali gidravlik qiyalatiladigan buldozerlar bu operasiyani otvali burilmaydigan oddiy buldozerlarga nisbatan samaralirok va tezrok bajaradi. Pioner polka, agar qiyalik juda xam tik bulmasa, yuqoridan pastiga qarab o’tish bilan ishlanishi xam mumkin. Pioner polka ishlangach, terrasa gruntni polka qirrasiga surish uchun mashinani qiyalik tomonga burish bilan bo’ylama o’tib ishlanadi. Bunday burilishlarni otvali burilmaydigan buldozerlar xar 1 – 3 m o’tgandan so’ng bajaradi. Otvali buriladigan buldozerlarda grunt uzluksiz yon tomonga tushish uchun plandagi burchak yetarli emas, shuning uchun xam bu tipdagi mashinalar uchun bunday burilishlar zarur. Terrasalarni bo’ylama o’tib ishlash buldozerlar uchun ancha qiyin va xavfli ish xisoblanadi. Barcha xollarda xam polkani yon bag’ir tomonga qiya xolatda saqlash kerak, aks xolda buldozer qiyalik bo’ylab surilib tushib ketishi mumkin. Nazorat savollari: Buldozerlar vazifasi va turlari. Buldozer tuzilishi. Buldozerlarning ishlash texnologiyasi. Ish unumdorligini aniqlash. Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling