Mavzu: bulung’ur tumani haqida


Download 389.11 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi389.11 Kb.
#1086112
Bog'liq
BULUNG’UR TUMANI HAQIDA

MAVZU: BULUNG’UR TUMANI HAQIDA


Bulungʻur tumani — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentabr da tashkil etilgan. Shimolida Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, gʻarbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, janubi-garbda Toyloq tumani, jan.da Urgut tumani va jan.sharqda Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 0,76 ming km². Aholisi 116,8 ming kishi (2000). Bulungʻur tumani da 1 shahar (Bulungʻur) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshqoʻton, Kulchabiy, Navoiy, Sohibkor, Fozil Yoʻldosh, Oʻrtabuloq, Kildon) bor. Markazi — Bulungʻur shahri
Tabiati. Bulungʻur tumani Turkiston tizmasining jan.gʻarbidagi togʻ oraligʻi botigʻida joylashgan. Yer yuzasi tekislik. Tuman sharkuna Gʻoʻbdin togʻlari bor.
Yer usti tuzilishi togʻ oldi tekisliklari, adirlar, past togʻlardan iborat boʻlib, mutlaq balandligi 800– 1000 m. Iqlimi kontinental, quruq iklim. Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi —0,3°, iyulniki 25,5". Yiliga 377–467 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 210—230 kun. Adirlarda Axtambuloq, Karabkibuloq, Mirzabuloq kabi buloqlar bor. 
Tuman hududidan Bulungʻur, Yangibesh, Qoraariq, Qorasuv, Polvonariq, Tuyatortar, Oqtepa, Oqariq kabi ariq va kanallar oʻtadi. Qumloq va boʻz tuproqlar tarqalgan. Shuvoq, efemer, efemeroidlar oʻsadi. Toʻqayzorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, chiyaboʻri, tulki, quyon, boʻrsiq, parrandalardan tustovuq, kaklik, bedana yashaydi.
Aholisi, asosan oʻzbeklar, shuningdek rus, tojik, ukrain, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga 157 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 23,2 ming kishi, qishloq aholisi 93,6 ming kishi
Bulungʻur tumani da oʻrta asrlarda xonlarning Bedana qoʻrugʻi deb ataluvchi dam oladigan joyi boʻlgan.
Bulungʻur tumani hududida 1451-yilda Samarqand hukmdori Mirzo Abdullo 6nAbu Said qoʻshinlari oʻrtasida katta jang boʻlgan. Jangda Mirzo Abdullo qoʻshini yengilgach, Abu Said Samarqand taxtini egallagan.
Xoʻjaligi. Bulungʻur tumanida 11 qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoat korxonasi, shu jumladan 8 tasi uzumni qayta ishlashga, 2 tasi konserva mahsulotlari ishlab chiqarishga, 1 tasi meva va sabzavotlarni quritishga ixtisoslashgan. Samarqand bolalar oyoq kiyimlari ishlab chiqarish korxonasining filiali, Bulungʻur terini qayta ishlash korxonasi, Samarqand „Gelion“ zavodi filiali bor.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari tokchilik, pillachilik, chorvachilik, gʻallakorlik, sabzavotchilik, kartoshkachilikdan iborat. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 19 ming ga, ekinzorlar 31 ming ga, shu jumladan 5877 ga yerga tok, 2000 ga yerga sabzavot, 750 ga yerga kartoshka, 14525 ga yerga gʻalla, 2144 ga yerga mevali daraxtlar ekilgan. Bulungʻur tumani da 20 shirkat xoʻjaligi, 33 dehqon va fermer xoʻjaligi va boshqa xujaliklar bor (2000). Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 41,6 ming krramol, 30,6 ming qoʻy va echki, 42,0 ming parranda boqiladi (2000). Toshkent — Buxoro temir yoʻl ning 19 km Bulungʻur tumanidan oʻtgan va toʻliq elektrlashtirilgan. Bulungʻur tumanidan Olmaota — Toshkent — Termiz avtomobil nuli oʻtgan boʻlib, uz. 22 km.
1999/2000 oʻquv yilida 66 umumiy taʼlim maktabida 31,6 ming oʻquvchi, 2 kasbhunar litseyida 1058 oʻquvchi taʼlim oldi. 45 ommaviy va bolalar kutubxonasi, xalq teatri, „Yoshlik“ ashula va raqs ansambli, „Chavki“ folklor etnografik xalq ansambli, 70 havaskorlik toʻgaragi va bolalar musiqa maktabi faoliyat kursatadi. 15 madaniyat uyi, 460 oʻrinli 2 kasalxona va dispanser, epidsmiyaga qarshi stansiya, xoʻjalik hisobidagi profilaktik zararsizlantiruvchi stansiya, 4 poliklinika, 36 feldsherakusherlik, 7 qishloq vrachlik punktlari boʻlib, ularda 236 vrach, 539 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2000). 1933-yildan „Bulungʻur hayoti“ tuman gaz. chiqadi.
Download 389.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling