Mavzu: bulutli texnologiyalarning ahamiyati, uni qo‘llash usullari va vositalari


Download 25,09 Kb.
bet3/3
Sana30.04.2023
Hajmi25,09 Kb.
#1413237
1   2   3
Bog'liq
BULUTLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI, UNI QO‘LLASH USULLARI VA VOSITALARI

Virtuallashtirish – kompyuter resurslarini birgalikda ishlatili-shini
taʻminlaydigan usul.
Virtuallashtirish real (jismoniy) hisoblash muhitini bir nechta virtual hisoblash
muhitlarga bo‘linishini taʻminlaydi. Virtual hisoblash muhitlari bir-birlaridan
izolyatsiyalangan bo‘ladilar va yuqori hisoblash sathi bilan munosabatda bo‘ladilar.
Virtuallashtirilgan va virtuallashtirilmagan muhitlarning qiyosiy ko‘rinishi 3.6-
rasmda keltirilgan. Chapdagi rasmda traditsion hisoblash muhiti keltirilgan, bunda
ilovalar operatsion tizim yuqorisida bazaviy jismoniy vositalar yordamida bajariladi.
O‘ngdagi rasmda virtuallashtirilgan muhit ko‘rsatilgan, bunda virtuallashtirish sathi bir
nechta operatsion tizimni bir vaqtda ishga tushirilishini taʻminlaydi, ularning har biri
o‘zining shaxsiy ilovariga ega bo‘ladi va jismoniy vositaga kirish jarayonini nazorat
qiladi.
3.6 – rasm. Virtuallashtirilgan va virtuallashtirilmagan kompyuter muhitlarining
ko‘rinishi
Virtuallashtirish texnologiyasi server kompyuterlarining hisoblash quvvatlaridan
unumli foydalanishni taʻminlaydi. Boshqacha aytganda, virtuallashtirish texnologiyasi
server kompyuterlarining resurslarini ilovalar o‘rtasida ratsional taqsimlanishini
amalga oshiradi. Ilova faqat o‘zi uchun ajratilgan resurslarni ko‘radi va o‘zi uchun
alohida server ajratilgan, deb hisoblaydi. Bunda server ilovalarining unumdorligini,
xavfsizligini va ishlatishga qulaylik darajaini pasaytirmasdan “bitta server - bir nechta
ilovalar” holati tashkil etiladi. Bundan tashqari virtuallashtirish texnologiyasi bir
kompyuterda har xil operatsion tizimlarni ishga tushirish imkonini yaratadi.
Virtuallashtirish texnologiyasi bitta jismoniy kompyuter tarki-bida bir nechta
virtual kompyuterni ishga tushirilishiga imkon yaratadi.
I L O V A L A R (I)
Oeratsion tizim (ОТ)
Apparat qism

I1

I2

In

..
..

ОТ1

ОТ2

ОТn




Virtuallashtirish satxi










Apparat qism









Virtuallashtirish kompyuter resurslarini bir necha muhit doirasida


taqsimlanishiga imkon yaratadi, natijada bitta kompyuter bir necha kompyuterlarning
ishini bajarishi mumkin bo‘ladi. Virtual server yordamida bir necha operatsion tizim va
bir necha ilovalarni bitta kompyuter doirasida joylashishiga sharoit yaratiladi.
Virtuallashtirish – hisoblash jarayonlari va hisoblash resurslarini bir-biridan
izolyatsiyalash vazifasini bajaradi, yaʻni virtuallashtirish – kompyuter resurslarini
birgalikda ishlatilishini taʻminlaydigan usul.
Virtuallashtirish amaliyotda quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Dastlab server kompyuteriga maxsus operatsion tizim o‘rnatiladi. Bunday
operatsion tizim “gipervizor”, deb nomlanadi (3.7 – rasm).
2. So‘ng gipervizor tarkibiga bir yoki bir nechta “mehmon” operatsion tizimlar
o‘rnatiladi. Ularning har birida o‘ziga mos ilovalar mustaqil ish yuritishi mumkin.
Virtual mashina o‘zining xususiy operatsion tizimi va ilovalariga hamda virtual
tezkor xotirasi, qattiq diski va tarmoq adapteriga ega bo‘lib, xuddi jismoniy kompyuter
kabi faoliyat yuritadi.
Virtual mashinalar texnik vositalarni o‘z tarkibiga qo‘shmaydi, ular faqat
dasturiy komponentalardan tarkib topadi.
Gipervizor mehmon operatsion tizimlarini kompyuterning apparat qismidan
izolyatsiyalaydi va uning resurslarini virtual mashinalar o‘rtasida taqsimlanishini
taʻminlaydi.

Download 25,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling