Mavzu: Bulutli tizimlarda axborotni himoyalashninig huquqiy ta'minlanganligi. Reja
O’zbekiston respublikasida axborot xafsizligini ta’minlovchi huquqiy hujatlar
Download 20 Kb.
|
bulutli axboorat hafsizligi
O’zbekiston respublikasida axborot xafsizligini ta’minlovchi huquqiy hujatlar.
Oʻzbekiston Respublikasida axborotni himoya qilishga oid quyidagi qonunlar mavjud: Oʻzbekiston Respublikasi “Shaxsiy axborotni himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun (2019 yil): Bu qonun shaxsiy axborotlarni himoya qilish va ularning foydalanishini tartibga solishga oid huquqiy va tizimiy tashkilotlarni belgilaydi. U shaxsiy axborotlarning saqlanishi, shifrlanishi, tarqatilishi va foydalanishini himoya qilish prinsiplarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi “Axborotni asosiy qonuniy taʼminotlari toʻgʻrisida”gi qonun (2019 yil): Bu qonun axborotni yigʻish, saqlash, qaytarish va foydalanish boʻyicha yuridik tartib va taʼlimotlarni belgilaydi. U axborotni himoya qilish va uning foydalanishini taʼminlash uchun kerakli qonuniy muvofiqlashtiruvlar va standartlarni tashkil etishni taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi “Hisob-kitob tizimi va maʼlumotlar himoyasi toʻgʻrisida”gi qonun (2018 yil): Bu qonun hisob-kitob tizimlarini, maʼlumotlar bazalarini va ularga oid maʼlumotlarni himoya qilish, saqlash va ularga kirish boʻyicha tartib va taʼlimotlarni belgilaydi. U hisob-kitob tizimlarining xavfsizligini taʼminlash, maʼlumotlar bazalaridagi maʼlumotlarni shifrlash va ularga foydalanishni tartibga solish prinsiplarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi “Internet tarmogʻining foydalanishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun (2019 yil): Bu qonun internet tarmogʻini foydalanishini tartibga solish va axborotni himoya qilishga oid masalalarni belgilaydi. U internet tarmogʻidagi axborotlarni himoya qilish, foydalanishini cheklash va ularga qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash uchun huquqiy va tizimiy asoslar haqida qonuniy talablar qoʻyadi. Bu qonunlar Oʻzbekiston Respublikasida axborotni himoya qilishga oid asosiy huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Ularga rioya qilib, axborotlar foydalanuvchilar tomonidan maxfiy va xavfsiz saqlanishi, tarqatilishi va foydalanishini taʼminlash maqsadida qoʻllaniladi. Mamlakatimizda axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normalarning asosiy manbayi bu O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi hisoblanadi. Davlat va jamiyat hayotining eng muhim va istiqbolga mo’ljallangan reja va oliy maqsadlari ham aynan asosiy qonunda belgilab qo’yiladi. Jumladan, axborot va u bilan bog’liq munosabatlar ham asosiy qonunimizning “Shaxsiy huquq va erkinliklar” bobida belgilab qo’yilgan. Qolgan barcha axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun va qonunosti hujjatlari asosiy qonunimiz bo’lmish Konstitutsiyamiz asosida va unda belgilab qo’yilgan normalarni mustaxkamlash uchun qabul qilingan. Davlat va jamiyatning eng muhim jabhalarini dastlabki tarzda tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjat hisoblanmish konstitutsiyamizning ko‘plab normalarida ham aynan axborot havfsizligining huquqiy jihatdan daslabki tarzda tartibga solinganligini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, konstitutsiyamizning 27, 29, 67 moddalaridagi normalar mamlakatimizdagi axborot sohasiga oid munosabatlarni tartibga soluvchi dastlabki bosh huquqiy manba, asos hisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslari sifatida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasining 67- moddasini, ya’ni “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi” 6 deb mustaxkamlangan normada ham axborot sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normani ko‘rishimiz mumkin. Ushbu norma orqali mamlakatimizda axborot bilan uzviy ravishda faoliyat olib boruvchi soha vakillarining va sektorlarning o‘zlari yig‘ayotgan, tarqatayotgan axborotlarining ishonchliligi va asoslanganligi, axborot va unga qo‘yilgan talab va me’yorlarga rioya qilinganligi uchun bevosita ma’suldirlar. Ya’ni uzatilayotgan axborot haqiqatga to‘g‘ri kelishligi va chinligi uchun ommaviy axborot vositalari bevosita javobgardirlar. Bundan tashqari konstitutsiyamizning 27 va 29- moddalaridagi quyidagi normalar ham axborot xavfsizligini bevosita ta’minlashga xizmat qiluvchi asosiy huquqiy norma hisoblanadi: “Xech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibidan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas”, bu konstitutsiyaviy normada ham axborotning xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning axborot sohasidagi xavfsizligini ximoya qiluvchi norma mustaxkamlangan. Yuqoridagi normalarning buzilishi oqibatlari esa belgilangan tartibda javobgarlik keltirib chiqaradi. Konstitutsiyamizdagi 29-moddada ham aynan shu munosabatlarning huquqiy tartibga solinganligini ko‘rishimiz mumkin. “Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Xar kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan ahborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklovlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taaluqli bo‘lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin”7 . Ushbu konstitutsiyaviy normada ham ko‘rishimiz mumkinki, axborot va u bilan bog‘liq munosabatlar yana o‘zga qonun hujjatlari bilan ham tartibga solonadi.Hususan, 1993 yil 7 mayda qabul qilingan “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida” 8 gi qonunda ham axborotlarning, jumladan maxfiy hisoblanadigan axborot va sirlarning saqlanish tartibi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunda ma’lumotlarning mahfiylik darajasini aniqlash va belgilash tartibi, O‘zbekiston Respublikasida maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxati, O‘zbekiston Respublikasining alohida tartibga bo‘ysunuvchi, alohida muhim va muayyan tartibga bo‘ysunuvchi obyektlar ro‘yxati; O‘zbekiston Respublikasida maxfiylikni saqlash tartibini ta’minlashga doir chora tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Download 20 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling