Mavzu: burchoqdoshlar oilasi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana26.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1655506
  1   2
Bog'liq
BURCHOQDOSHLAR OILASI



MAVZU: BURCHOQDOSHLAR OILASI 
MUNDARIJA 
KIRISH…………………………………………………..……..……..2 
I. ADABIYOTLAR TAHLILI………………………………………..5 
II. ASOSIY QISM……………………………………………………..10 
2.1. 
Burchoqdoshlar 
oilasining 
tavsifi.
 
………………….…..…………10 
2.2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar …….……..……….15 
2.3. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning xalq xo‘jaligidagi 
ahamiyati. ……………………………………………………..……..23 
XULOSA…………………………………………………….……….40 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………...41 



KIRISH 
Burchoqdoshlar 
yoki 
dukkakdoshlar 
oilasi 
(Fabaceae) 
Magnoliyatoifa (Magnoliophyta) bo‗limi, Ikki urug‗pallali o‗simliklar 
sinfi, (Dicotyledones) Burchoqnamolar qabilasi (Fabales) ga kiradi. Yer 
yuzining hamma mintaqalarida keng tarqalgan.
Burchoqdoshlarning 12000 turni birlashtirgan 500 turkumi tarqalgan. 
O‗zbekistonda 528 turni o‗z ichiga olgan 57 turkumi bor. 
Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasining tarkibiga daraxt, buta va chala 
buta o‗simliklar kiradi.
Oila 3 ta kenja oilaga: mimozadoshlar (Mimosaceae), sezalpindoshlar 
(Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaсеае) ga bo‗linadi.
Mimozadoshlar oilachasi asosini tropik va suptropik xududlardagi 
daraxt o‘simliklari, bularning o‘ziga xos belgilari gullarining aktinomorf 
bo‘lishidir. Changchilari erkin ( akatsiya –aсaсia turkum vakillari) 
Sеzalpindoshlar оilachasi daraxt, buta va lianalar bo‘lib, tropik 
mintaqalarda tarqalgan o‘simliklardir. Ba‘zi vakillari bizda madaniy 
holda o‘stiriladi. Masalan, yahudiy daraxti ( сerсis siliguastrum), 
o‘tkirbargli sano (сassia aсutifolia) va boshqalar.
Kapalakguldoshlar oilacha vakillarining gullari shingil, soyabon yoki 
kallak (boshcha) shakldagi to‘pgulga yig‘ilgan. Kosacha barglari 
qo‘shilgan, 5 tishchali, aktinomorf yoki zigomorf. Kapalaksimon 
gulqo‘rg‘on 5 ta gultojibarglarga ega bo‘lib, ularning 3 tasi erkin (yelkan 
va 2 ta eshkak) va ikkitasi qo‘shilib qayiqchani hosil qiladi.
Bu oilaga kiradigan o‘simliklarining barglari yonbargchali patsimon 
yoki barmoqsimon murakkab, ba‘zan novdada oddiy bargchalar 



chiqaradi. Gullari odatda o‘rtacha yoki mayda bo‘ladi, gullari mayda 
bo‘lsa, odatda shingil, ba‘zan boshcha soyabon yoki boshoqsimon 
to‘pgul holida bo‘lib turadi. Gulining tuzulishi juda tipikdir. Beshta 
kosachabargi qo‘shilib o‘sgan va goho zigomorf, ba‘zan ikki labli 
bo‘ladigan gulkosacha hosil qiladi 
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda aholi soning tezkorlik bilan o‘sib 
borishi va oziq ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortib 
borayotganligi agrar fani olimlari oldiga burchoqdoshlar oilasi 
vakillarining yuqori hosilli, tezpishar ekologik toza mahsulotlari bera 
olish imkoniyatlariga ega bolgan ekin turlarini tanlash va ularni 
yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalarni 
qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimovning ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi, O‘zbekiton sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va 
choralari‖ (2009) asarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab 
chiqarishni kengaytirish va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni 
ko‘paytirish, iqtisodiy inqirozni bartaraf etishning asosiy yo‘llaridan biri 
ekanligi ta‘kidlangan.
Barkamol avlod tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi bo‘lib 
kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqda 
o‘ylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy ma‘rifatga, 
madaniyatga mansub bo‘lgan yurtlarning donishmandlari eng mo‘tabar 
ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida O‘zbekiston deb 
atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning o‘z o‘rni, 



hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. 
Ma‘rifatga intilish xalqimizning azaliy fazilatlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 – yil 2 – oktabrdagi 
―Oziq ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni 
yetishtirishni ko‘paytirish chora – tadbirlari to‘g‘risida‖gi farmonida 
paxta ekiladigan dalalarni kamaytirish hisobidan boshoqli don ekinlari 
uchun mo‘ljallangan maydonlarni qariyb 50 ming gektarga ko‘paytirish
shuningdek sabzavot, moyli o‘simliklar va boshqa oziq ovqat ekinlar 
ekiladigan yerlarni yanada ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Respublikamizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, bozor iqtisodiyoti 
tomon yuz tutishi, buyuk kelajakni yaratuvchi barkamol avlodni, yangi 
zamon va yangi jamiyat kishisini tarbiyalashdek o‘ta ma‘suliyatli, 
mashaqqatli va ayni zamonda o‘ta dolzarb bo‘lgan vazifani ko‘ndalang 
qilib qo‘ydi. Hozirda, vujudga kelgan iqtisodiy sharoit yangicha 
ma‘naviy tafakkurga ega bo‘lgan, dunyoga yangicha ko‘z bilan 
qaraydigan, yangicha fikrlaydigan, avlodning ishtirokini taqozo 
etmoqda.
Mavzuning asosiy maqsadi: Burchoqdoshlar oilasi o‘simligining 
biologiyasi va shifobaxshlik xususiyatlarini tajribalar asosida o‘rganib, 
o‘rgangan 
xulosalarimiz 
asosida 
oila 
vakillarining 
foydali 
xususiyatlarini keng o‘rganish, hosilning samaradorligini oshirishni 
oldimizga maqsad qilib qo‘yishdan iborat bo‘ladi..
Mavzuning asosiy vazifasi:
Burchoqdoshlar oilasiga umumiy tasnif berish



burchoqdoshlar oilasi biologiyasi va uning turlarini aniqlab o‘rganish. 
Oilaning vakillaridan to‘g‘ri foydalanib, ularning tarqalish maydonlarini 
kengaytirib erkin rivojlanishiga yordam berishdan iborat hisoblanadi.
I. ADABIYOTLAR TAHLILI 
BURCHOQDOSHLAR (dukkakdoshlar), (Fadaceae, Leguminosae) — 
ikki urug‘ pallali o‘simliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma 
mintaqalarida keng tarqalgan. Ba‘zan Burchoqdoshlarni 3 kenja oila — 



mimozadoshlar (Mimosaceae), Tse zalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va 
kapalakguldoshlar (Papilionaseae yoki Fabaceae) ga ajratiladi. 
Burchoqdoshlarning barglari ko‘pincha ketma-ket joylashgan, odatda, 
yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon, shingilsimon yoki 
kallaksimon to‘pgullarda o‘rnashgan, odatda zigomorf, ayrimlarida 
aktinomorf. Mevasi — dukkak. Burchoqdoshlarning 12000 turni 
birlashtirgan 500 turkumi (O‘zbekistonda 528 turni o‘z ichiga olgan 57 
ta turkumi) bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy bo‘lgan mosh, no‘xat, 
loviya, soya, yer yong‘oq oziq-ovqat uchun, to‘yimli o‘tloq 
o‘simliklaridan beda, sebarga, esparset yem-xashak uchun ko‘plab 
ekiladi. Burchoqdoshlar orasida texnikada ishlatiladigan qimmatbaho 
mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho yog‘och olinadigan 
daraxtlar bor. Yer yong‘oq, sano, qashqarbeda, shirinmiya, shildirbosh, 
oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar, 
smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni 
davolashda ishlatiladi. Cho‘llarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, 
achchiqmiya kabilar zaharli hisoblanadi. Burchoqdoshlarning ba‘zi 
zaharli turlari (derris, lonxokarpus) insektisid sifatida ishlatiladi. Ko‘p 
Burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya, tuxumakva boshqalar) manzarali 
o‘simlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga mansub ko‘p o‘simliklarning 
ildizida atmosfera azotini o‘zlashtiradigan azotobakter yashaydi. 
Shuning uchun Burchoqdoshlar azot birikmalari kam bo‘lgan tuproqda 
ham yaxshi o‘sadi. 
Burchoqdoshlar oilasining ba'zi bir turkum vakillarini aniqlashda 
changchilarning tuzilishi muhim ahamiyatga ega, Sofora, Afsonak 
turkum vakillarida barcha 10 ta changchi erkin. Boshqa turkum 



vakillarida esa hamma 10 changchilar, changchi ipi qo‘shilib, naycha 
hosil qiladi ( Supinus, Genista va boshqa turkum vakillarida). (1).
Oilachaning ko‘pchilik vakillarida 9 ta changchi iplar qo‘shilib, naycha 
hosil qiladi, bittasi erkin holda bo‘ladi (no‘xat, beda, sebarga va 
boshqalar).
Mevasi - dukkak. (2).
Bu oilaga kiradigan o‘simliklarining barglari yonbargchali patsimon 
yoki barmoqsimon murakkab, ba‘zan novdada oddiy bargchalar 
chiqaradi. Gullari odatda o‘rtacha yoki mayda bo‘ladi, gullari mayda 
bo‘lsa, odatda shingil, ba‘zan boshcha soyabon yoki boshoqsimon 
to‘pgul holida bo‘lib turadi. (3, 4, 5, 6).
Gulining tuzulishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo‘shilib o‘sgan va 
goho zigomorf, ba‘zan ikki labli bo‘ladigan gulkosacha hosil qiladi. (4, 
11).
Gultojining beshta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi 
hammasidan katta bo‘lib ajralib bandchasiga nisbatan deyarli to‘g‘ri 
burchak ostida joy oladi. Yelkanning chetlari bandchaning eshkak yoki 
qanotlar deb ataladigan ikki yon bargini yopib turadi, bu barglar 
assimetrik tuzilgan, Qanotlar o‘z navbatida ikkita pastki bargni qoplab 
turadi. (10, 14).
Bu barglar ham assimetrik tuzilgan bo‘lib bandchasi bor, ular boshdan 
oyoq yoki faqat yuqori qismidan bir - biriga qo‘shilib o‘sadi va qayiqcha 
deb ataladigan bir tuzilma hosil qiladi. Gulning otalig‘i 10 ta gulida 
otalig‘i 9 ta yoki 5 ta bo‘ladigan kapalakgullar oilasi kamdan kam 
istisno tariqasidagina uchraydi. (8, 17).



Ko‘pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir - biri bilan qo‘shilib, 
tutashmas naycha hosil qiladi, qo‘shilib o‘smay, erkin turadigan 10 ta 
otalikning bir muncha keng turgan ipi o‘sha naychaning tirqishini yopib 
tuuradi. Ahyon – ahyonda o‘nta otalikning hammasi bir-biri bilan 
qo‘shilib ketadi yoki aksincha o‘nta otalikning hammasi erkin qoladi. 
(9).
Otaliklar qo‘shilib o‘sgan bo‘lsa ham kapalakgullarning o‘n a‘zoli 
andraseyi besh a‘zoli ikki doiradan kelib chiqqanligini ko‘rsatadigan 
belgilarni saqlab qoladi, bu otaliklarning uzun qisqaligida ko‘rinadi, bir 
muncha uzun ipli beshta otalik kattaroq beshta otalik bilan navbatlashib 
turadi. Onaligi dukkaklilarning hamma vakillaridagidek, bir uyali ustki 
tugunchasi bor bitta meva bargchadan iborat. Mevalari ikki palla bo‘lib 
ochiladigan loviya shaklida, ular quruq yoki ba‘zan suvli bo‘ladi. (19).
Tuganak bakteryalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli 
o‘simliklar o‘zlashtiradi, shunga ko‘ra azot kam tuproqda ham yaxshi 
o‘saveradi. Dukkakli o‘simliklarning ildizi va boshqa qisimlari 
chiriganida birikmalr holida to‘plangan organik azot zapasi tuproqqa 
o‘tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki bilan yashil 
o‘simliklarga azotli oziq beradigan manba bo‘lib qoladi. Azot to‘plovchi 
o‘simliklar bo‘lmish dukkaklilar tabiiy o‘simlik senozlari uchun ham 
ekiladigan o‘simliklar uchun ham bir xilda muhim ro‘l o‘ynaydi. (5, 18).
Azot yetishmasigidan unumsiz bo‘lgan tuproqlarning avval ularga 
dukkakli o‘simliklar ekiladigan bo‘lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. 
Almashlab ekishda dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli 
o‘simliklar boshdan oyoq yer ustki qismlari bilan birga haydab yerga 
ko‘mib yuboriladi. (20).





10 
II. ASOSIY QISM 
2.1. Burchoqdoshlar oilasining tavsifi. 
Burchoqdoshlar qabilasi (G‘abales) Dukkakdoshlar oilasi (leguminossa 
jabauae).
Bu qabila vakillari daraxt, buta, chalabuta, liana va bir yillik, ko‘p yillik 
o‘t o‘simliklar bo‘lib yer yuzida keng tarqalgan qabila faqat bittagina 
kapalakguldoshlar yoki burchoqdoshlar oilasiga ega bo‘lib 650 turkum, 
18000 turga ega va u uchta оilachaga bo‘linadi:
1. Sezalpindoshlar (Caesalpinioideae)
2. Mimozadoshlar (Minosoideae) 
3. Kapalakguldoshlar, ( Burchoqdoshlar) (Papilionoideae) 
Burchoqdoshlar оilacha vakillari asosan tropik iqlimga ega bo‘lmagan 
xududlarda keng tarqalgan bo‘lib, qabilada asosiy o‘rinni egallaydi.
Mimozadoshlar oilachasi asosini tropik va suptropik xududlardagi 
daraxt o‘simliklari, bularning o‘ziga xos belgilari gullarining aktinomorf 
bo‘lishidir. Changchilari erkin ( akatsiya –aсaсia turkum vakillari) 
Sеzalpindoshlar оilachasi daraxt, buta va lianalar bo‘lib, tropik 
mintaqalarda tarqalgan o‘simliklardir. Ba‘zi vakillari bizda madaniy 
holda o‘stiriladi. Masalan, yahudiy daraxti ( сerсis siliguastrum), 
o‘tkirbargli sano( сassia aсutifolia) va boshqalar.
Kapalakguldoshlar oilacha vakillarining gullari shingil, soyabon yoki 
kallak (boshcha) shakldagi to‘pgulga yig‘ilgan. Kosacha barglari 
qo‘shilgan, 5 tishchali, aktinomorf yoki zigomorf. Kapalaksimon gul 
qo‘rg‘on 5 ta gultojibarglarga ega bo‘lib, ularning 3 tasi erkin (yelkan va 
2 ta eshkak) va ikkitasi qo‘shilib qayiqchani hosil qiladi.


11 
Burchoqdoshlar oilasining ba'zi bir turkum vakillarini aniqlashda 
changchilarning tuzilishi muhim ahamiyatga ega, Sofora, afsonak 
turkum vakillarida barcha 10 ta changchi erkin. Boshqa turkum 
vakillarida esa hamma 10 changchilar, chang ipi qo‘shilib, naycha hosil 
qiladi ( Supinus, Genista va boshqa turkum vakillarida).
Oilachaning ko‘pchilik vakillarida 9 ta changchi iplar qo‘shilib, naycha 
hosil qiladi, bittasi erkin holda bo‘ladi (no‘xat, beda, sebarga va 
boshqalar).
Mevasi - dukkak.
Bu oilaga kiradigan o‘simliklarining barglari yonbargchali patsimon 
yoki barmoqsimon murakkab, ba‘zan novdada oddiy bargchalar 
chiqaradi. Gullari odatda o‘rtacha yoki mayda bo‘ladi, gullari mayda 
bo‘lsa, odatda shingil, ba‘zan boshcha soyabon yoki boshoqsimon 
to‘pgul holida bo‘lib turadi. Gulining tuzulishi juda tipikdir. Beshta 
kosachabargi qo‘shilib o‘sgan va goho zigomorf, ba‘zan ikki labli 
bo‘ladigan gulkosacha hosil qiladi.
Gultojining beshta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi 
hammasidan katta bo‘lib ajralib bandchasiga nisbatan deyarli to‘g‘ri 
burchak ostida joy oladi. Yelkanning chetlari bandchaning eshkak yoki 
qanotlar deb ataladigan ikki yon bargini yopib turadi, bu barglar 
assimetrik tuzilgan
Qanotlar o‘z navbatida ikkita pastki bargni qoplab turadi. Bu 
barglar ham assimetrik tuzilgan bo‘lib bandchasi bor, ular boshdan oyoq 
yoki faqat yuqori qismidan bir - biriga qo‘shilib o‘sadi va qayiqcha deb 
ataladigan bir tuzilma hosil qiladi. Gulning otalig‘i 10 ta gulida otalig‘i 9 
ta yoki 5 ta bo‘ladigan kapalakgullar oilasi kamdan -kam istisno 


12 
tariqasidagina uchraydi. Ko‘pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir - 
biri bilan qo‘shilib, tutashmas naycha hosil qiladi, qo‘shilib o‘smay, 
erkin turadigan 10 ta otalikning bir muncha keng turgan ipi o‘sha 
naychaning tirqishini yopib turadi.
Ahyon – ahyonda o‘nta otalikning hammasi bir- biri bilan qo‘shilib 
ketadi yoki aksincha o‘nta otalikning hammasi erkin qoladi.
Otaliklar qo‘shilib o‘sgan bo‘lsa ham kapalakgullarning o‘n a‘zoli 
andraseyi besh a‘zoli ikki doiradan kelib chiqqanligini ko‘rsatadigan 
belgilarni saqlab qoladi, bu otaliklarning uzun qisqaligida ko‘rinadi, bir 
muncha uzun ipli beshta otalik kattaroq beshta otalik bilan navbatlashib 
turadi. Onaligi dukkaklilarning hamma vakillaridagidek, bir uyali ustki 
tugunchasi bor bitta meva bargchadan iborat. Mevalari ikki palla bo‘lib 
ochiladigan loviya shaklida, ular quruq yoki ba‘zan suvli bo‘ladi.
Ba‘zan loviya holidagi mevalar ochilmay , munchoqsimon bo‘lib qoladi 
va bir mevali bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Ba‘zi kapalakgullar oilasining 
mevalari mayday, bir urug‘li, ya‘ni yo‘ng‘oqchaga aylangan bo‘ladi. 
Kapalakgullar oilasining ko‘pchiligi hashoratlar yordamida changlanadi, 
gullarning murakkabligi ham shunga bog‘liq.
Ochiq rangli gultojida yelkan qayirmasi hammadan yaqqol bo‘lib 
ko‘rinib turadi, changlovchi hashoratlarni jalb qilishda shu tuzulma 
asosiylarni o‘ynasa ajab emas.
Hashoratlar gulning qanotlariga qo‘nadi qanotlar gul o‘rniga kambor 
qismi bandi bilan birikkan, shunga ko‘ra hashoratning og‘irligidan 
pastga qarab egiladi. Qanotlar ma‘lum bir usulda qayiqcha barglariga 
birikkan bo‘ladi.


13 
Masalan: qanotlar yuzida ko‘pincha qayiqcha tomoniga qarab turadigan 
bittadan do‘mboqcha bo‘ladi o‘sha do‘mboqchalar qayiqcha 
barglarining tegishli botiq joylariga kattaligi va shakli jihatdan juda mos 
keladi. Shunga ko‘ra qayiqcha qanotlar bilan birga pastga qarab 
qayriladi. Qayiqcha ichida onalik bilan otaliklar yashirinib turadi. Gul 
ochilgan paytida changdonlardan to‘kiladigan chang qayiqcha pastiga 
qayrilganida tashqariga chiqib qoladi va hashorat qorniga yopishadi. 
Ba‘zi kapalakgullar oilasida qayiqcha shaklan uchi ochiq naychaga 
o‘xshagan bo‘ladi, shunga chang kammart massa ko‘rinishida o‘sha 
naychadan siqib chiqariladi. Boshqa kapalakgullarda qayiqcha chetlari 
ustki uchi bilan bir - biriga qo‘shilib o‘sadi va shu tariqa paydo bo‘lgan 
chok hashorat qo‘nganida so‘tilib ketadi, ayni vaqtda tumshuqcha 
ochilib qoladi. Hashoratlar bilan changlanuvchi kapalakgullar oilasining 
hammasi nektar chiqaradi shu bilan birga nektardan onalik tagida onalik 
bilan otalik naychasining asosi o‘rtasida turadi, ko‘pchilik va vakillarda 
erkin turadigan bitta otalik bo‘lgani holda, nektarni so‘rib olish uchun 
hashoratga yengillik tug‘diradigan moslanish belgisi hisoblanadi. 
Odatda erkin otalikning bir muncha keng tortgan ipchasi tagida 
chuqurchasi bo‘ladi, nektar shu quchurchadan tashqariga chiqadi.
Changdonlarning gullash paytiga kelib changdon bo‘shalishi 
o‘simliklarning o‘z-o‘zidan changlanishiga imkon tug‘diradi. Chunki 
tumshuqcha 
changdonlarining 
yonginasida 
turadi. 
Ammo 
kapalakgullilar oilasida keng tarqalgan proterandriya o‘simligining o‘z-
o‘zidan changlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Lekin ba‘zi formalar (Masalan: 
ekiladigan no‘xat) o‘z -o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar qatoriga kirib 
olgan.


14 
Kapalakgullilar oilasi o‘zining xo‘jalikda tutgan ahamiyati jihatidan 
yopiq urug‘li o‘simliklarning eng muhim oilalaridan biridir. Ularning 
ahamiyati 
birinchi 
galda 
kapalakgullilarning 
va 
umuman 
dukkaklilarning Bakterium radicicola degan umumiy nom bilan 
ataladigan bakteriyaler bilan birga yashashiga bog‘liq.
Bacterium radicicola turlari orasida fizologik jihatdan mustaqil bo‘lgan 
bir qancha formalar borki ularning har biri kapalakgullilar oilasining 
ma‘lum bir turlari yoki tur guruhlari bilan birga yashaydi. Ildiz tuklari 
orqali tuproqdan birlamchi ildiz po‘stiga o‘tadigan tuganak 
bakteriyalarning uchishi natijasida ildiz parenximasi o‘sib qalinlashadi 
va tuganaklar deb ataladigan o‘simtalar hosil qiladi. Ildizdan joy 
oladigan bakteriyalar atmosferadagi elementlar azotni juda yaxshi 
o‘zlashtira oladi va shu azotni tabiatda biologik moddalar almashinuvida 
kiradi.
Tuganak bakteriyalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli 
o‘simliklar o‘zlashtiradi , shunga ko‘ra azot kam tuproqda ham yaxshi 
o‘saveradi. Dukkakli o‘simliklarning ildizi va boshqa qisimlari 
chiriganida birikmalar holida to‘plangan organik azot zapasi tuproqqa 
o‘tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki bilan yashil 
o‘simliklarga azotli oziq beradigan manba bo‘lib qoladi.
Azot to‘plovchi o‘simliklar bo‘lmish dukkaklilar tabiiy o‘simlik 
senozlari uchun ham ekiladigan o‘simliklar uchun ham bir xilda muhim 
ro‘l o‘ynaydi.
Azot yetishmasigidan unumsiz bo‘lgan tuproqlarning avval ularga 
dukkakli o‘simliklar ekiladigan bo‘lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. 
Almashlab ekishda dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli 


15 
o‘simliklar boshdan oyoq yer ustki qismlari bilan birga haydab yerga 
ko‘mib yuboriladi.
Kapalakgullilar oilasi tuganak bakteriyali bilan simbioz holda o‘sadigan 
bo‘lganidan ularning vegetativ qismlari bilan urug‘larida oqsil 
moddalari juda ko‘p bo‘ladi, dukkaklilarning ko‘pchilik vakillaridan 
yaxshi yem-xashak va ovqat o‘rnini bosa olishi shunga bog‘liq.
2.2. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar 
Sezalpinlar kenja oilasi 
Bu kenja oila vakillarining guli noto‘g‘ri, gulqo‘rg‘oni 5 a‘zoli, 
changchisi 10 ta bo‘lib, erkin holda. Oila tarkibida 100 dan ortiq turkum 
bor.
Gledichiya (Gleditshia) turkumi. Bargi qo‘shpatsimon murakkab. 
Gullari bir jinsli, aktinomorf, mayda, ko‘kish, barg qo‘ltig‘idan chiqqan 
boshoqsimon to‘pgulda joylashgan. Dukkagi yirik, uzun, jigarrang, 
Shimoliy va Janubiy Amerikada, Janubiy Osiyoda va Afrika tropiklarida 
12 turi ma‘lum.
Tikanli gledichiya (Gleditsia triacanthos L. ) bo‘yi 25- 30 m ga, diametri 
0, 7 m ga yetadigan katta daraxt. II. 1. 1-rasm. Gledichiya may oyida 
gullaydi. Gullari kichik shingilsimon to‘pgul hosil qiladi. Ular mayda, 
tukli, gulqo‘rg‘oni yashil rangda, xushbo‘y, nektarli bo‘ladi. Ikki jinsli, 
ba‘zan bir jinsli bo‘ladi. Dukkagining bo‘yi50 sm, ga, eni 3-4 sm ga 
yetadi, yetilish oldidan to‘q jigarrangga kiradi. Mevasining eti mazali, 
tarkibida fitonsid moddasi bor. Dukkagining ichida loviyasimon uruglari 


16 
bo‘ladi. Urug‘i endospermasiz. Po‘sti juda qalin va qattiq bo‘lib, 
urug‘ning tez unib chiqishiga to‘sqinlik qiladi.
2.2. 1-rasm. Tikanli gledichiya 
Kaspiy gledichiyasi (Gleditsia caspica Desf. ) II. 1. 2-rasm. tikani oddiy 
va shoxlamaydigan, dukkagi to‗g‗ri, enli bo‗lishi bilan oldingi turdan 
farq qiladi. Sharqiy Kavkazortida Talish pasttekisligida tabiiy o‗sadi, 
sovuqqa chidamsiz, shuning uchun faqatgina janubiy hududlarda ekish 
maqsadga muvofiqdir.


17 
2.2. 2-rasm. Kaspiy gledichiyasi 
Tuganak bakteriyalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli 
o‘simliklar o‘zlashtiradi, shunga ko‘ra azot kam tuproqda ham yaxshi 
o‘saveradi. Dukkakli o‘simliklarning ildizi va boshqa qismlari 
chiriganida birikmalar holida to‘plangan organik azot zapasi tuproqqa 
o‘tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki bilan yashil 
o‘simliklarga azotli oziq beradigan manba bo‘lib qoladi.
Azot to‘plovchi o‘simliklar bo‘lmish dukkaklilar tabiiy o‘simlik 
senozlari uchun ham ekiladigan o‘simliklar uchun ham bir xilda muhim 
ro‘l o‘ynaydi.
Azot yetishmasligidan unumsiz bo‘lgan tuproqlarning avval ularga 
dukkakli o‘simliklar ekiladigan bo‘lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. 
Almashlab ekishda dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli 
o‘simliklar boshdan oyoq yer ustki qismlari bilan birga haydab yerga 
ko‘mib yuboriladi.
Kapalakgullilar oilasi tuganak bakteriyali bilan simbioz holda o‘sadigan 
bo‘lganidan ularning vegetativ qismalari bilan urug‘larida oqsil 


18 
moddalari juda ko‘p bo‘ladi, dukkaklilarning ko‘pchilik vakillaridan 
yaxshi yem – xashak va ovqat o‘rnini bosa olishi shunga bog‘liq.
Bunduk (Gymnocladus) turkumi. Bu turkum vakillarining guli har xil, 
kosachabarglari naychasimon, besh bo‗lakli, gulbarglari 5 ta, 
cho'zinchoq, changchisi 10 ta, erkin holda joylashgan. Mevasi cho‗ziq 
dukkak, po‗chog‗i qalin bo‗lib, bo‗laklarga ajraladi. Urug‗i tarkibida 
oqsil bor, urug‗pallalari qalin.
Griffit bagryannigi (Cercis griffithii Boiss. ) ning balandligi 3-6 metrlar 
atrofida, novdasi silliq, qo‗ng‗ir rangda, barglari navbat bilan joylashadi, 
ular oddiy, yumaloq yoki buyraksimon bo‘lib, uchi yumaloq yoki o‗yiq, 
tubi yuraksimon, cheti tishchasiz, tuksiz, bo‗yi 5-8 sm, eni 7-12 sm. 
Barg bandi 20-30 mm, 5-7 ta asosiy tomiri bor. Gullari binafsha rangda, 
to‗pguli katta shingilcha hosil qiladi. Daraxti barg yozishdan oldin 
gullaydi, guli nektarli. Mevasi uzun, yassi dukkak, yuqori choki 
qanotchali.
II.2. 3-rasm. Griffit bagryannigi. 


19 
Tuxumak (Sophora) turkumi. doim yashil yoki barg to‗kadigan 
daraxtlar, butalar va ko‗p yillik o‗tlar turkumi. Osiyo va Avstraliya 
tropiklari va subtropiklarida 60 ga yaqin turi o‗sadi. O‗zbekistonda, 
asosan, vatani Xitoy va Yaponiya bo‗lgan 1 turi —yapon Tuxumagi (S. 
japonica) manzarali daraxt sifatida ekiladi.
Yapon tuxumagi (Sophora japonica L. )ning bo‗yi 20 m dan ortadi, 
shox-shabbasi yoyiq, sharsimon, nihoyatda manzarali. Tuxumak may 
oyida gullaydi, gullari oq sariq, kapalaksimon bo‗lib, novdasining 
uchida shingil ro‗vak hosil qiladi. U nektar chiqarib turadigan o‗simlik. 
Dukkagi oktabr oyida yetiladi, u daraxtda osilib turadi, seret, sirti 
cho‗tir, pallalarga ajralmaydi, yelimsimon suyuqlik bilan to‘lgan, avval 
yashil bo‘lib, so‗ng to‗q qizil rangga kiradi. Urug‗i qora bolib, loviyaga 
o‗xshab ketadi.


20 
2.2. 4-rasm. Yapon tuxumagi.
Karelin quyonsuyagi (Ammodendron Karelini Fisch. et. Meu. ) Bo‗yi 2-
3 m ga yaqin kichik buta. Novdalari sariq-yashil tuk bilan qalin 
qoplangan, shoxlari qo‗ng‗ir-sariq, kul rangda, tikansimon barg 
qoldiqlari bor. Barglari ikkita bargchadan iborat, ular tuxumsimon, 
yashil-kulrang, tukli bo‗lib, bo‗yi 15-30 mm, eni 4 mm, uchi o ‗tkir. 
Gullari to‗q binafsha rangda bo‗lib, yosh novdalari uchida shingilcha 
hosil qiladi. Mevasi dukkak, tuksiz, yonidan ezik, bo‗yi 18-20 mm, eni 
10 mm gacha, sariq. Markaziy Osiyoda qumliklarda tarqalgan. Qumlar 
harakatini to‗xtatish maqsadida ko‗p ekiladi.


21 
2.2. 5-rasm. Karelin quyonsuyagi (Ammodendron Karelini Fisch. et. 
Meu. ) 
Qaragan (Caragana) turkumi. Bu turkumning vakillari buta o‗simlikdir. 
Barglari juft patsimon, gulbandi bo‗g‗imli, gullari yakka-yakka yoki 
to‗da bo‘lib joylashadi. Kosachasi kalta, naychasimon, tubining bir 
tomoni keng, kalta tishchali, yelkanining cheti qayrilgan, qayiqchasi 
to'mtoq, ustunchasi ipsimon, tuksiz bo‘ladi. Dukkagi bandsiz, yonidan 
ezik, so‗ng silindrsimon, ko‗p urug‗li, ikki pallali, qalin po‗stli. Bu 
turkum tarkibida 50-60 taga yaqin tur bo‗lib, ular Markaziy Osiyoda va 
MDH ning Yevropa qismida, janubiy va sharqiy hududlarda uchraydi. 
Markaziy Osiyoda 13 turi bor.
Butasimon astragal (Astragalus ammodendrop L. ) kichik buta, shoxlari 
yo‗g‗on bo‗lib, oq tuk bilan qoplangan. Barglari juft patsimon bo‗lib, 5-
7 juft bargchalari bor, ular yog‗ochlashgan, sarg‗ish, ninasimon, bo‗yi 
25-75 mm, bandli. Bargchalari cho‗zinchoq, bo‗yi 25-30 mm, eni 2, 5-5 
mm. Har ikkala tomoni oqish-kul rang. Shingili 6-15 ta guldan iborat 


22 
bo‗lib, barg qo‗ltig‗ida joylashadi, guli kalta bandli, ba‘zan bandsiz. 
Dukkagi uzun bandli, cho‗zinchoq, ezik, tuk bilan qoplangan, urug‗i 
buyraksimon, ko‗kish-yashil, bo‗yi 2, 5 mm. Astragal urug‗idan 
ko‗payadi.
2.2. 6-rasm. Butasimon astragal. 
Ko‗k no‗xat (Pisum sativum) poyasi pakana bo‗yli (50 sm gacha), yarim 
pakana (51 – 80 sm), o‗rta bo‗yli (81 – 150 sm) va baland bo‗yli (151 – 
300 sm) bo‗ladi. Gullari – kapalaksimon, gulkosa, gultojibarg va 
generativ organlari (10 ta changchi va tuguncha). Gultojibargda 5 ta gul 
bargi bo‗lib ular har xil shaklda bo‗ladi. Rangi xilma – xil bo‗lib, barg 
qo‗ltig‗idagi yoki yon shoxlarining uchlarida bir nechadan bo‗lib 
joylashadi. mevasi har xil shakldagi dukkakdan iborat. Mevasida 1 – 10 
ta har xil shaklda bo‘ladi.


23 
2.2. 7-rasm. Ko‘k no‘xat (Pisum sativum).
2.3. Burchoqdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning xalq xo‘jaligidagi 
ahamiyati. 
Dukkakli don ekinlari dukkaklilar – fabaceal oilasiga mansub. Dukkakli 
don ekinlarining afzalligi doni yuqori sifatli oqsilga boy, bu o‘simliklar 
havo azotini o‘zlashtirib ekologik toza mahsulot hosil qiladi, tuproq 
unumdorligini oshiradi. Bu ekinlar oziq – ovqatga, texnikaga va yem – 
xashak tayyorlashda ishlatilinadi.
Urug‘i tez pishadi, yaxshi hazm bo‘ladi. To‘la pishmagan dukkaklari 
tarkibiga 18% oqsil, 2 % qand, 22 mg, 100 g da s vitamini donning 
tarkibida 20 – 31 % oqsil, 07 – 3. 6 % moy, 50 – 60 % kraxmal, 2. 3 – 3. 
71 % kletchatga, 3. 1 – 4. 8 % kul moddasi mavjud.
Yasmiq eng qadimiy oziq – ovqat ekinlaridan biridir. Yasmiq donining 
tarkibida 23 – 32 % oqsil, 0. 6 – 2. 1 % moy, 47 – 70 % azotsiz 
ekstraktiv moddalar 2. 3 – 4. 4 % kul, 2. 4 – 4. 9 % klechatka va B guruh 
vitaminlari mavjud.


24 
Yasmiq doni ovqatga butunligicha yorma yoki un qilib ishlatiladi. 
Poyaning tarkibida 6 – 14 % oqsil mavjud.
Burchoq is‘temolda (oq donligi) chorva uchun yem sifatida ishlatiladi. 
Doni tarkibida 23 – 34 % oqsil, 24 – 45 % uglevod, 0. 5 – 0. 7 % moy, 4 
– 4. 5 % kletchatka 2. 5 – 3 % kul moddalari mavjud.
Yem xashak uchun urug‘i, ko‘kati va pichanidan foydalaniladi.
Urug‘i o‘simlik kazuni uchun xom – ashyo hisoblanadi. Undan faner, 
to‘qima, plastmassa ishlab chiqariladi.
Burchoq qurg‘oqchilikda, sho‘rga chidamli. Vatani g‘arbiy – janubiy 
Osiyo va O‘rta Yer dengizi sohillari. Burchoq Hindiston, Afg‘oniston, 
Eron, 
Turkiyada 
ekilmoqda. 
Tatariston 
va 
Boshqirdiston 
Respublikalarida ekiladi. Mamlakatimizda suvli va lalmi yerlarda 
ekilgan maydonlardan olingan urug‘ hosili 1. 5 – 4 t/ga to‘g‘ri keladi.
Beda O‘zbekistonning va Markazi Osiyoning sug‘oriladigan ko‘p yillik 
serhosil dukkakli yem – xashak o‘simliklaridan biridir.
Bedadan turli xil oziqlar tayyorlash mumkin. Bu oziqlar to‘yimliligi 
bilan ajralib turadi.
Bedaning shonalash davrida bir kilogramm tarkibida 0. 20 oziq borligi 
va 30 g hazm bo‘ladigan oqsil, 1 kg pichanida 0. 47 oziq borligi va 90 g 
oqsil mavjud. Bedaning tarkibida kalsiy, fosfor, oson hazm bo‘ladigan 
oqsil hayvonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan vitaminlar mavjud. Bedaning 
ko‘kati sersuv, chorva mollarini semirtiradi, suyagini baquvat qiladi.
Almashlab ekishdagi o‘rni. No‘xat tuproqni azotga boyitadi, qator 
oralari ishlanadigan ekin sifatida dalani begona o‘tlardan tozalaydi. 
Sug‘oriladigan, shuningdek lalmikor yerlarda no‘xat kuzgi don ekinlari 
uchun yaxshi o‘simklikdir. Bruhus qo‘ng‘izidan zararlanmaydi. Dukkagi 


25 
don ekinlari orasida lalmikorlikda eng yuqori 10-12 s/ga don hosil 
beradi. Almashlab ekishlarda 3:6(2:4:1:2), 7:3(2:4:1:3), 2:8(1:4:1:4) don 
dukkakli ekinlar uchun ajratilgan dalalarga bir yil ekiladi. No‘xat 
bahorda yoki kuzda ekilganda hosildan bo‘shagan maydonlar darhol 
haydalib makkajo'ori, don yoki siloz uchun yoki kartoshga va boshqa 
ekinlar eliladi. Ko‘plab o‘takzilgan natijalarga ko‘ra no‘xat o‘zidan 
keyin tuproqda 40-80 kg/gas of azot qoldiradi.
Don-dukkakli o‘simliklar kasalliklari va ularga qarshi kurashish 
choralar. Un shudring kasalligi. Un shudring kasalligi bilan odiy no‘xat, 
mahalliy no‘xat, loviyalar, mosh, loviya, soya, yasmiq, china kabi 
o‘simliklar va dukkakli yem-xashakli beda, sebarga, esparset va boshqa 
ekinlar zararlanadi.
Kasallikning asosiy belgisi o‘simlikning barg va poyalarida unsimon oq 
novvosimon g‘ubor hosil bo‘ladi, u sekin-asta kulrang tusga kiradi va 
g‘uborda qora nuqtalar (zamburug‘ning kleystokarpiyalari) hosil bo‘ladi. 
o‘simlikning zararlangan qismi sarg‘ayadi va qurib qoladi.
Un shudring kasalligini xaltali zamburug‘lar sinfiga mansub Erysiphe 
communis va Leveilulla taurice keltirib chiqaradi. Bu zamburug‘lar 
o‘simlikiarning o‘sish davrida konidiyalari bilan tarqaladi va 
kleystokarpiya holida o‘simliklar qoldig‘ida qishlaydi.
Un shudring kasalligiga qarshi kurashish choralari: 
1. Almashlab ekish. 2. Bir yillik dukkakli o‘simliklar qoldig‘ini yig‘ib 
olish va yo‘qotish. 3. Bir yillik o‘simliklar yig‘ib olingandan keyin yerni 
kuzgi shudgor davrida oltingugurt kukuni va ohak aralashmasi olib (1:1 
nisbatda gektariga 20—30 kg hisobida) changlash.


26 
Askoxitoz kasalligi. Askoxitoz kasalligi bilan oddiy no‘xat, mahalliy 
no‘xat, loviyalar, mosh, china, yasmiq, loviya va boshqa dukkakli 
o‘simliklar zararlanadi. Bu kasallik bilan kasallangan o‘simliklarning 
barglarida och qo‘ng‘ir rangli, cheti qora hoshiyali, yumaloq yoki 
tuxumsimon dog‘lar hosil bo‘ladi. Poya va barg bandlarida ham xuddi 
shunday botib kirgan, cho‘zinchoq dog‘lari bor. Dukkaklaridagi dog‘lar 
yumaloq botiq hoshiyali bo‘ladi.
Kasallangan o‘simliklardagi hamma dog‘larda mayda qora nuqtalar 
paydo bo‘ladi. Dukkaklar qattiq zararlansa, urug‘lari ham zararlanadi, 
ular qo‘ng‘ir tusga kiradi va burishib qoladi, urug‘ning unib chiqish 
quvvati bo‘ladi. Bu oilaga kiradigan o‘simliklar o‘tlar, yarim bo‘talar, 
goho daraxtlar holida bo‘lib, yonbargli patsimon yoki barmoqsimon 
murakkab, ba‘zan oddiy barglar chiqaradi. Gullari odatda o‘rtacha yoki 
mayda bo‘ladi, gullari mayda bo‘lsa, odatda shingil ba‘zan boshqa, 
soyabon yoki boshoqsimon to‘pgul holida bo‘lib turadi. Gulining 
to‘zilishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo‘shilib o‘sgan va goho 
aktinamorf, goho zigamorf ba‘zan 2 labli bo‘ladigan gulkosacha hosil 
qiladi. Gultojning 5 ta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi 
hammasidan katta bo‘lib ajralib turadi, uning yuqori qismi (qayirmasi) 
bandchasiga nisbatan deyarli to‘gri burchak ostida joy oladi. Yelkanning 
chetlari bandchaning eshkak yoki qanotlar deb ataladigan ikki 
yonbargini yopib turadi: bu barglar asimmetrik to‘zilgan. Qanotlar, o‘z 
navbatida ikkita pastki bargni qoplab turadi, bu barglar ham asimmetrik 
to‘zilgan bo‘lib, bandchasi bor, ular boshdan – oyoq yeki faqat yuqori 
qisimdan bir-biriga qo‘shilib o‘sadi va qayiqcha deb ataladigan bir 
to‘zilma hosil qiladi. Gulning otaligi 10 ta, gulida otaligi 9 ta yoki 5 ta 


27 
bo‘ladigan dukkvkdoshlar oilasi kamdan- kam istisno tariqasidagina 
uchraydi. Ko‘pincha 9ta otalik iplari onalik atrofida bir-biri bilan 
qo‘shilib, to‘tashmas naycha hosil qiladi, qo‘shilib o‘smay, erkin 
turadigan 10 otalikning 
birmuncha keng tortgan
, ipi o‘sha naychaning 
tirqishini yopib turadi. Ahyon ahyonda 10 ta otalikning hammasi birbiri 
bilan qo‘shilib ketadi- yoki aksincha, hammasi erkin qoladi. Otaliklar 
qo‘shilib o‘sgan bo‘lsa ham dukkakdoshlarning o‘n a‘zoli androseyi 
besh a‘zoli 2 ta doiradan kelib chiqanligini ko‘rsatadigan belgilarni 
saqlab qoladi, bu otaliklarning uzun – qisqaligida ko‘rinadi , birmuncha 
uzun ipli beshta otalik kaltaroq beshta otalik bilan navbatlashib turadi. 
Onaligi, dukkaklilarning hamma vakillaridagidek, bir uyali ustki 
tugunchasi bor 1ta meva bargchadan iborat. Mevalari- ikki palla bo‘lib 
ochiladigan loviya – shaklida ular quruq yoki ba‘zan suvli bo‘ladi. 
Ba‘zan loviya holidagi mevalar ochilmay, munchoqsimon bo‘lib qoladi 
va bir mevali bo‘gimlarga bo‘linadi. Ba‘zi burchoqdoshlar oilasining 
mevalari mayda, bir urug‘‘li, ya‘ni yong‘oqchaga aylangan bo‘ladi [8]. 
Burchoqdoshlar oilasining ko‘pchiligi hasharotlar bilan changlanadi, 
gullarning murakkab to‘zilganligi ham shunga bog‘lik. Ochik rangli 
gultojida yelkan qayirmasi hammadan yaqqol bo‘lib ko‘rinib turadi, 
changlatuvchi hasharotlarni jalb etishda shu to‘zilma asosiy rolni 
o‘ynasa ajab emas. Hasharotlar gulning qanotlariga qo‘nadi. Qanotlar 
gul o‘urniga kambar qismi, bandi bilan birikkan, shunga ko‘ra 
hasharotning og‘irligidan pastga qarab egiladi.Qanotlar ma‘lum bir 
usulda qayiqcha barglariga birikkan bo‘ladi. Masalan: qanotlar yo‘zidan 
ko‘pincha qayiqcha tomoniga qarab turadigan 1 tadan dumboqcha 
bo‘ladi, o‘sha dumboqchalar qayiqcha barglarining tegishli botiq 


28 
joylariga kattaligi va shakli botiq joylariga kattaligi va shakli jihatdan 
raso mos keladi. Shunga ko‘ra qayiqcha ichida onalik bilan otaliklar 
yashirinib turadi. Gul ochilgan paytda changdonlardan to‘qiladigan 
chang qayiqcha pastga qayrilganida tashqariga chiqib qoladi va hasharot 
qorniga yopishadi. Ba‘zi dukkakdoshlar oilasiga qayiqcha shaklan uchi 
ochik, naychaga o‘xshagan bo‘ladi, shunda chang kampakt massa 
ko‘rinishida o‘sha naychada siqib chiqariladi. Boshqa dukkakdoshlarda 
qayiqcha chetlari ustki uchi bilan bir biriga qo‘shilib o‘sadi va shu tariqa 
paydo bo‘lgan choq hasharot qonganida so‘kilib ketadi, ayni 
vaqtda 
tumshuqcha ochilib qoladi
, hasharotlar bilan changlanuvchi 
dukkakdoshlar oilasining hammasi nektar chiqaradi, shu bilan birga 
nektardan onalik tagida, onalik bilan otalik naychasining asosiy o‘rtasida 
turadi. Ko‘pchilik vakillarda erkin turadigan 1 ta otalik bo‘lgani holda, 
onalik naychasining ochik bo‘lishi nektarni so‘rib olish uchun 
hasharotga yengillik tug‘diradigan moslanish belgisi hisoblanadi. 
Odatda erkin turgan otalikning birmuncha keng tortgan ipchasi tagida 
chuqurchasi bo‘ladi. Nektar shu chuqurchadan tashqariga chiqaradi. 
Changdonlarning gullash paytiga kelib changdon bo‘shalishi 
o‘simlikning o‘z - o‘zidan changlashiga imqon tug‘diradi, chunki 
tumshuqcha changdonlarning yonginasida turadi. Ammo dukkakdoshlar 
oilasida keng tarqalgan proterondriya o‘simlikning o‘z – o‘zidan 
changlashiga yo‘l qo‘ymaydi. Lekin ba‘zi formalar (masalan ekiladigan 
no‘xat) o‘z – o‘zidan changlanuvchi o‘simliklar qatoriga kirib olgan. 
Burchoqdoshlar oilasi o‘zining xo‘jalikda to‘tgan ahamiyati jihatidan 
yopiq urug‘‘li o‘simliklarning eng muhim oilaridan biridir. Ularning 
ahamiyati 1chi galda dukkaklilarning va umuman Bacterium radicicola 


29 
degan nom bilan ataladigan bakteriyalar bilan birga yashashiga bog‘lik. 
Bacterium radicicola turlari orasida fiziologik jihatdan mustaqil bo‘lgan 
bir qancha formalar borki, ularning har biri dukkakdoshlar oilasining 
ma‘lum bir turlari yoki tur guruhlari bilan birga yashaydi. Ildiz tuklari 
orqali tuproqda birlamchi ildiz po‘stiga otadigan to‘g‘anoq 
bakteriyalarning urchishi natijasida ildiz parenximasi o‘sib qalinlashadi 
va tuganaklar deb ataladigan o‘simtalar hosil qiladi. Ildizdan joy 
oladigan bakteriyalar atmosferadagi elementar azotni (uning zapasi 
tuganmas) juda yaxshi o‘zlashtira oladi va shu azotni tabiatda biologik 
moddalar almashinuviga kiritadi. Tuganak bakteriyalar ishlab 
chiqaradigan oqsil moddalarni dukkakli o‘simliklar o‘zlashtiradi, shunga 
ko‘ra azot kam tuproqda ham yaxshi o‘saveradi. Dukkakli o‘simlikning 
ildizi va boshqa qismlari chiriganda birikmalar holida to‘plangan 
organik azot zapasi tuproqa otadi va chirib hamda boshqa bakteriyalar 
ishtiroqi bilan yashil o‘simliklarga azotli oziq beradigan manba bo‘lib 
qoladi. Azot to‘plovchi o‘simliklar bo‘lmish dukkaklilar tabiy o‘simlik 
senozlari uchun ham, ekiladigan o‘simliklar uchun ham bir xilda muhim 
rol o‘ynaydi. Azoti yetishmasligidan unumsiz bo‘lgan tuproqlarning 
avval ularga dukkakli o‘simliklar ekiladigan bo‘lsa, yaxshi hosil berishi 
aniqlangan. Almashlab ekishda dukkaklilar rasm qilinganligiga sabab 
shu. Ba‘zi xollarda (masalan sebarga, beda va qashqarbeda ekinlari) yer 
ustki qismi mollarga beriladi, boshqa hollarda (lyupin) dukkakli o‘simlik 
boshdan-oyoq, yer usti qismlari bilan birga haydab yerga ko‘mib 
yuboriladi, (yashil o‘g‘it). Dukkakdoshlar oilasi tuganak bakteriyalari 
bilan simbioz holda o‘sadigan bulganidan ularning vegetativ qismlari 
bilan urug‘‘larida oqsil moddalari juda ko‘p bo‘ladi, dukkakdoshlardan 


30 
ko‘pchilik vakillarning yaxshi yem - xashak va ovqat o‘rnini bosa olishi 
shunga bog‘lik. Burchoqdoshlar tartibi turlarining yarimida ko‘prog‘ini 
o‘z ichiga oladigan dukkaklilar oilasi bo‘tun yer yo‘zidagi o‘rta iqlimli 
mamlakatlarga tarqalgan bo‘lib o‘t va bo‘tasimon formalar ko‘rinishda 
o‘sadi, ammo dukkakdoshlar orasida tropiklarga yaqin joylarda, asosan 
daraxt holida o‘sadigan vakillar ham uchraydi. Burchoqdoshlar oilasi 
odatda ikki gruppaga bo‘linadi: a) otaliklari erkin turadigan 
dukkakdoshlar oilasi va b) 10 ta otaligining hammasi yoki ko‘pincha 
faqat 9 tasi ko‘shilib o‘sadigan va 10 tasi erkin qolib, otalik naychasi 
tirkishini 
berkitib 
turadigan 
dukkakdoshlar. 
2. Burchoqdoshlar oilasi orasida ovqat bo‘ladigan o‘simliklardan 
qo‘yidagilar ayniqsa muhimdir. No‘xat (Pisum sativum). Juft patsimon 
barglar chiqaradigan o‘tsimon o‘simlikdir, barglari yirik yonbargli 
bo‘ladi va uchidan shoxlangan 
jingalaklar chiqaradi
, gullari oq, chuki 
urug‘‘lari oqsillarga boyligi jihatidan go‘shtga yaqin turadi. (Lekin 
dukkaklilarning oqsillari hayvon oqsillariga nisbatan kamroq xazm 
bo‘ladi) bundan tashqari talaygina kraxmali bo‘ladi. Ba‘zi navlarining 
mevalari shakarga boy bo‘ladi va bu yetilmagan holida ovqatga 
ishlatiladi. No‘xatning asosiy mahsuloti-urug‘‘idan tashqari yer ustki 
vegetativ qismlaridan ham ( ekiladi, uning gullari odatda olachipor 
bo‘lib, binafsha yoki qizil yelkan chiqaradi, urug‘‘lari hatto kul rang 
qong‘or yoki qora bo‘ladi) foydalaniladi, ular oqsilga boy bo‘lganidan 
qimmatli yem-xashak o‘rnini bosadi. No‘xat ko‘p azot to‘playdigan 
o‘simlik bo‘lgani uchun keyin ekiladigan o‘simliklarning hosiliga kuchli 
ta‘sir ko‘rsatadi. Jaydari no‘xatdan tashqari ba‘zan (pelyushka) P. 


31 
arvense turi ham ekiladi, uning gullari odatda olachipor bo‘lib, binafsha 
yoki qizil yelkan chiqaradi, urug‘‘lari kul rang qong‘ir bo‘ladi (P. 
Sativumning oq, sariq yoki yashil urug‘‘lari o‘xshamasdan). Bu no‘xat 
ovqatda ishlatilishidan ko‘ra ko‘prroq yem-xashak qilib mollarga 
beriladi. Ovqatda ishlatiladigan qimmatli o‘simliklarning biri yasmiq 
ya‘ni (Ervum Lens)dir. Loviya (phaseolus vulgaris) ning bir qancha 
navlari bor, ular urug‘‘larining katta-kichikligi, tezpisharligi bilan ham 
ayralib turadi va quruqlikka chidamliligi, shakli va rangi bilan ham. 
Loviya ko‘pincha janubiy rayonlarda ekiladi shimolda havoning nam va 
salqin bo‘lishi loviyaning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. O‘rta Osiyoda 
loviyaning aloxida bir turi – moshya‘ni (phaseolus Mugo) 
ko‘p 
tarqalgan
, mosh ham ovqatga ishlatadi, loviya turlaridan biri 
phaseolus multifloris kirmizi qizil gul chiqaradi va poyasi chirmashib 
o‘sadi, bu o‘simlik asosan dekorativ o‘simlik o‘rnida ekiladi, ammo bu 
turning yetilmagan loviyasini ovqatga – ishlatsa ham bo‘ladi. Soya 
(Glycine hispida) ham ovqatga ishlatiladigan juda muhim o‘simlikdir. 
Soya – poyasi tukli o‘t bo‘lib, uch qo‘shaloq barglar hamda oq yoki och 
binafsha rang mayda-mayda gullar chiqaradi va juda qimmatli urug‘ 
tugadi, urug‘ida bir talay (33%) oqsildan tashqari 20% yaqin yog‘ 
bo‘ladi. Soya urug‘larining to‘g‘ridan- to‘g‘ri ovqatga ishlatsa bo‘ladi, 
uning urug‘laridan qayta ishlash yo‘li bilan: o‘simlik suti, kaymogi, 
pishlogi, so‘zmasi tayorlanadi, diabet kasalligi bilan og‘rigan kishilar 
uchun un qilinib, non yopiladi, har xil pechenye, surrogat, kakao va 
kofe,biskvitlar, souslar, xullas 100ga yaqin turli tuman noz-ne‘matlar 
qilinadi. Soya moyi xuddi kungaboqar moyi kabi to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
ovqatga ishlatiladi yoki gidrogenezasiya qilish yo‘li bilan undan sariyog‘ 


32 
yoki mol yog‘iga o‘xshagan kattik yog‘ tayorlanadi. Soya yog‘i ovkat 
uchun shuningdek texnika extiyojlari uchun (loqlar, moylar tayorlanadi) 
ishlatiladi. Soyaning bir talay navlari bor: yem-xashak bo‘ladigan va don 
beradigan novlari, don 
beradigan navlari orasida esa
, oqsil, yog‘ 
olinadigan navlari bor, bu navlari tarkibidagi yog‘ yoki moy mikdoriga 
karab bir-biridan ajraladi. Soya – eng qimmatli va kadimgi ekindir. Soya 
eramizdan beshming yil ilgari ham ekilgan degan ma‘lumotlar bor. Soya 
asosan sharki-janubiy Osiyoda, Xitoyda, Manjuriya, Yaponiya, Koreya, 
Xindistonda ekiladi. Bu ekin Afrikaning ba‘zi rayonlarida Janubiy va 
shimoliy Amerikada,Yevropa va xato Avstraliyada ham yekiladi. O‘zoq 
sharkda ussuriya soyasi deb ataladigan yovvoyi soya o‘sadi, bu o‘simlik 
ekiladigan 
soyaning 
yovvoyi 
ajdodi 
bo‘lsa 
ajab 
emas. 
Yeryongoq(Arachis hypogala) o‘t o‘simligi bo‘lib, juft patsimon barglar 
va geokarp bo‘lishi bilan ajralib turadigan sariq gullar chiqaradi. 
Burchoqdoshlar bir qancha turlari yem-xashak bo‘ladigan o‘simliklar 
qatorida ekiladi. Bular orasida oldingi o‘rinlarining birini sebarga 
egallaydi. Sebarga ( Trifolium) uch qo‘shaloq (ba‘zan 5 qo‘shaloq) 
g‘alati barglar chiqaradigan o‘t o‘simliklarini o‘z ichiga oladi [9]. 
Qishloq xo‘jaligida qizil sebarga yoki yovvoyi sebarga (Trifolium 
pratense) katta ahamiyatga ega. MDH florasida talaygina turlari 
uchraydigan beda (medicago) birmuncha ko‘p ekiladi. Bu oilaning 
xo‘jalikda ahamiyati katta vakillari: jayda beda (Medicago sativa), 
o‘roqsimon beda (M. falcata) va duragay o‘rta beda (M. Media)dir. Bu 
o‘t o‘simliklariham sebarga singari uch qo‘shaloq barg chiqaradi. 
O‘rtasidagi bargchasini uchi ingichka, o‘tkir bo‘ladi. Jaydari bedananing 
guli ko‘k bo‘lib, shingil-shingil to‘planib tursa o‘roqsimon bedananing 


33 
guli sariq bo‘lib, boshchaga o‘xshagan kalta-kalta shingillari hosil qiladi. 
Duragay bedaning guli olachipor bo‘ladi. Bedaning urug‘lari g‘alati. 
Jaydari bedaning dukkagi parmaga o‘xshagan bo‘lib, uch marta buralib 
ketgan, sariq beda dukkagi uroqka o‘xshab raso kayrilgani. Bedalar yer 
usti payasining tez o‘sishi bilan ajralib turadi, lekin buning uchun nam 
yetarli, bo‘lishi kerak, shu bilan birga bu o‘simliklar 2 m gacha, ba‘zan 
15 m gacha boradigan uzun 
oq oldiz chiqara oladi ham
, bu esa 
qo‘rg‘oqchilik sharoitlarida yetarli miqdorda nam olish uchun 
o‘simlikka imqon beradi. Ko‘k bedada oqsil ko‘p, shu bilan barobar, 
xazm bo‘ladigan oqsillar mikdori jixatidan beda sebargaga nisbatan 
ustun turadi, bundan tashqari bedada har xil vitaminlar, masalan: 
vitamin A ( har xil yuqumli kasalliklarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadigan 
vitaminlar, o‘sish vitamin), vitamin D (raxit kasaligiga qarshi) va K (qon 
tuxtadadigan vitamin ) ko‘p ekanligi aniqlangan. Boshka dukkaklilar 
kabi beda ham azotni tuproqda ko‘p to‘playdi, 1 yil beda ekilgan 
tuproqda gektariga uch sentnergacha azot to‘planadi. MDHda yovvoyi 
holda o‘sadigan 36 gacha beda turi bor, shulardan sariq beda yoki 
o‘roqsimon beda qadimdan ekilib keladi. Ba‘zi rayonlarda ko‘p yillik 
dukkakli o‘t o‘simliklardan esparset (onobrychis viciaefolia) ekiladi. 
Esparset qurg‘ochilikka nihoyatda chidamli bo‘lishi bilan ajralib turadi 
va ildiz ota olsa toshloq tuproqlarda ham o‘sa oladi. Esparsetda oqsillar 
sebargadagidan ko‘ra ko‘proqdir. Bir 
yillik burchoqdoshlar 
o‘simliklardan lyupin (Lupinus)ni aytib o‘tamiz. Lyupin o‘t o‘simlik 
bo‘lib, barmoqsimon murakkab g‘alati barglar chiqaradi, barglarida 5-11 
ta bargcha bo‘ladi. Gullari oq, sariq yoki ko‘k rangda shingilshingil 
bo‘lib turadi. Lyupin turlaridan biri ko‘p yillik Lupinus polyp Lyllus 


34 
bizda dekorativ o‘simlik o‘rnida ko‘p ekiladi, u uzun-uzun chiroyli va 
shingillar holida bo‘ladigan ko‘k, oq yoki pushtli gullar chiqaradi. 
Qishloq xo‘jaligida sariq lyupin ya‘ni ( L. Lo‘teus) , ingichka bargli 
lyupin( L. angustifolius) va oq lyupin ( L. albus)ning ahamiyati bor. 
Lyupinlar ikki jixatdan ahamiyatga ega. Ular juda ko‘p azot to‘playdi, 
shunga ko‘ra ham qum tuproqli oraliq yerlar ham azotga ancha boy 
bo‘lib qoladi, 2 chi tomondan, lupinlar oqsilga juda boy bo‘lib, yaxshi 
yem-xashak urnini bosadi. Lekin lyupinlarda har xil alkoloidlar ko‘p, 
shuning uchun yemxashakka ishlatiladigan Lyupin urug‘larini avval 
issiq suv bilan tozalash kerak bo‘ladi: ayni vaqtda achchiq va zaharli 
moddali yuvilib ketadi. Hozir lyupinning alkaloidsiz navlari olingan. Bu 
lyupinlardan 
foydalanishga 
keng 
yo‘l 
ochadi. 
3. Burchoqdoshlardan qashqarbeda bilan vika ko‘p uchraydi. Oq 
qashqarbeda (Melilotus alba) juda tez o‘sadi. Sariq qashqar beda (M. 
offisinalis) esa ko‘p asal beradi. Qashqarbedaning o‘tkir hidi borligidan 
mollar uncha yoqtirmaydi, uning shu hidi qumarin borligiga bog‘liq. 
Lekin hozir qumarinni kam navlari olingan. 
Ammo qashqar bedalar

qo‘rg‘oqchilik bilan sho‘rxoklikka juda chidamlidir. Bundan tashqari, 
ular tuproqning sho‘rini kamaytiradi va tuproqni to‘rg‘ib ketishdan 
saqlaydi. Qashqarbedaning urug‘i osonlik bilan to‘qiladigan 
bo‘lganligidan uni ekishga urug‘larining dalalarga sochilmasligiga 
qarshi extiyoj choralar ko‘rish mumkin. Vakillardan ikki xili ekiladi. 
Bahori vika (visia sativa) va ko‘zgi vika (V. Villosa) bularning ikkovi 
ham yem-xashak o‘simliklardir. Burchoqdoshlar oilasining bir qancha 
vakillari medisinada ishlatiladi. Qizilmiya bilan termopsis shular 


35 
jumlasidandir. Qizilmiya (Glycyrrhiza glabra) va G. uralensis ko‘p yillik 
yirik o‘simlik (buyi 80 sm ) bo‘lib poyasining yo‘zasida bezlari bor, 
ancha uzun shingillar holida bo‘ladigan oq-binafsha gullar chiqaradi. 
Qizilmiya sahro va yarim sahrolarda tarqalgan, ba‘zan katta katta 
chakalakzorlar hosil qiladi. Qizilmiya ildizlaridan tayyorlangan 
poroshoq kuchsiz surgi o‘rnida ishlatiladi va balg‘am ajralishini 
osonlashtiradigan 
dori, 
o‘rnida 
yo‘tal 
dorilariga 
qo‘shiladi. 
Qizilmiyaning quritilgan ildizini qaynatib ba‘zan undan shakar olinadi, 
bu shakar oziq-ovqat sanoatida (qonfet va ichimliklarga ) ishlatiladi va 
chaynaladigan tamakiga achchig‘ini kamaytirish uchun qo‘shiladi. 
Qizilmiyaning quyuqlashtirilgan shirasi o‘t uchiruvchi moddalarni 
quyuq qismi uchun ishlatiladi. Kozog‘istonning ba‘zi joylarida qizilmiya 
poyalaridan ularni bo‘ktirish yo‘li bilan arqon bo‘ladigan tola olinadi. 
Termopsis (Thermapsis lanceolata) kirlarda, O‘rta Osiyoda ko‘p 
uchraydi va ba‘zan begona o‘t holida O‘sadi. Bu o‘simlikdan yo‘talga 
qarshi dori olinadi, shu bilan birga termopsisning chetdan keltiriladigan 
ipekakuana ildizning o‘rnini bosa olishi hozir aniqlangan. Ba‘zi 
dukkaklilardan buyoq-olinadi. Masalan: buyoq beradigandan droq 
(Genista tincforia) qizlarda, qisman o‘rmonlarda o‘sadigan bo‘ta 
o‘simligining shingil- shingil sariq gullaridan ochik sariq rangli yaxshi 
buyoq olinadi. Tropik, qisman subtropik mintakada ko‘p ekiladigan 
Indigofera tinctoria indigo degan aynamas ko‘k buyoq beradi . O‘rta 
Osiyoda o‘sadigan va troganta deb ataladigan ba‘zi Astrogalus turlaridan 
olinadigan sirach to‘qimachilik, ko‘pchilik sanoatda, go‘gurt 
ishlab 
chiqarishda
, bo‘yo‘q va parfyumeriya sanoatida, shuningdek konditer 
korxonalarida ishlatiladi. Nihoyat burchoqdoshlar ko‘pincha dekorativ 


36 
o‘simliklar o‘rniga ham ekiladi. Yuqorida aytilgan lyupinad tashqari, 
bizda xo‘shbo‘y no‘xat (Latyrus odoratus) ko‘p ekiladi. O‘rta dengiz 
atrofidan keltirilgan bu o‘simlik juda chiroyli va xo‘shbo‘y gul 
chiqaradi. Katta-katta shingillar holida oq gullar chiqaradigan daraxt oq 
akatsiya (Robinia pseudacacia, ona vatani shimoliy Amerika) va 
chirmashib o‘suvchi baland bo‘yli bo‘ta yoki daraxt holida o‘sadigan 
hamda oq va binafsha rang gullar chiqaradigan glitsiniya (Wistaria 
sinensis) ona vatani sharqiy Xitoy, subtropik mamlakatlarda, bizda esa 
xususan Krimda, Kavkaz va O‘rta Osiyoda ekiladi. Burchoqdoshlarning 
ba‘zi daraxtsimon formalari juda qattiq va qimmatli yog‘och beradi, 
masalan: qizil sandal daraxti (osiyoda o‘sadigan Pterocarpus avlodining 
turlari) va afrika qora daraxti – ( Dahlbergia) shular jumlasidandir. 
Bizda o‘sadigan sariq akatsiya (Caragana arborescens) va shunga yaqin 
turadigan derez (C. fro‘tex) turi yashil devor qilib ekiladi. Sariq 
akatsiyani dasht zonalarida ihota o‘rmonlarida barpo qilishda ekish taklif 
etilgan. 
Astragal turkumi Astragalus. Ajoyib astragal Astragalus eximius Bge. 
Bo‘yi 55-70 sm keladigan mayin chalkash tuklar bilan qoplangan ko‘p 
yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasi tik o‘sadi, bargi murakkab, uzunligi 20-
25 sm keladigan 7-9 juft elleptik yoki tuxumsimon sirti mayin chalkash 
tuklar bilan qoplangan bargchalardan iborat. To‘pguli sharsimon, 
diametri 4-6 sm. Kosachasini qo‘ng‘iroqsimon, uzunligi 25-28 sm, oq 
mayin tuklar bilan qoplangan. Gultojisi sariq rangda. Dukkagi elleptik 
shaklida, uzunligi 8-10 mm, oq paxmoq bilan qoplangan. 1-2 
urug‘ligi, 
oval-buyraksimon
, uzunligi 3-5 mm atrofida (1 rasm) 
[2,10,12]. Ajoyib astragal may-iyun oylarida gullab, iyun-iyul oylarida 


37 
urug‘laydi. Yuqori tog‘ oldi yon bag‘irlarining bug‘doyiq va 
qarag‘aylardan iborat dashtli oq mintaqalarida, toshloq va mayda 
zarrachali tuproqlarda o‘sadi. Paxtak. Astragalus siversianus Pall. Bo‘yi 
60-15 sm keladigan oq tukli ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasi 
yo‘g‘on, oddiy egatchali pastki tomoni ko‘tarilib turadigan ichi bo‘sh. 
Yonbargchalari poyasini yarmisida qator o‘rab turadi, uzunligi 15-20 sm 
, usti tuksiz, ostki tomoni tukli 8-12 juft bargchalardan iborat. Gullari 3-
5 tadan shingilga yig‘ilgan. Gultoji oq sariq rangli. 


38 
XULOSA 
Inson organizmining oziqlanishida o‘simlik oqsili ham chorva 
mollari oqsili bilan bir qatorda muhim hayotiy ahamiyatga ega. Qishloq 
xo‘jaligi hayvonlari asosan o‘simlik oqsili bilan oziqlanadi. Shuni aytish 
kerakki, dukkakli o‘simliklar o‘zlarining organizmida, ayniqsa 
urug‘larida va yashil massasida ko‘p miqdorda oqsil moddasini to‘plash 
xususiyatiga ega, shuning uchun ham ular xalq xo‘jaligida yuqori 
baholanadi.
Mavzuni o‘rganishda no‘xat o‘simligining
xalq xo‘jalikdagi ahamiyati, kelib chiqishi va tarqalishi,
navlari, hosili, o‘simlikning tuzilishi,
biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, hosilni yig‘ib olish va qayta 
ishlashni
no‘xat o‘simligining kasalliklari, ularga qarshi kurash choralari 
no‘xatning shifobaxshlik xususiyatlari 
dukkakdoshlar oilasi mavzusini pedagogik texnologiyalar asosida 
botanika darslarida o‘tish uchun bir soatlik dars ishlanmalari ishlab 
chiqildi.
O‘simliklarga 
mineral o‘g‘itlardan kaliy, kalsiy elementlari 
yetishmaganda o‘simlik organlarida o‘zgarishlar sezildi, bunda yosh 
barglarining yuqori qismining oqarishi, yangi hosil bo‘lgan barglar 
mayda, buralgan, noto‘g‘ri shakllarda bo‘lishi mumkinligi aniqlandi.


39 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling