Mavzu: Burgilab portlatish usulida lahimlarni o‘tkazish Reja
Zarb bolg’asi va u haqida umumiy ma’lumot
Download 1.2 Mb.
|
.Burgilab portlatish usulida lahimlarni o‘tkazish. Yerosti konchilik ishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MO—39 Pnevmatik zarb bolg‘asining tuzilishi.
Zarb bolg’asi va u haqida umumiy ma’lumotPnevmatik zarb bolg'asi qo'l asbobi bo'lib, tog' jinsini pona va richag vazifalaridan foydalangan holda urib buzadi. Uning ishchi organi nayza shaklida bo'lib, ko'mir yoki boshqa tog' jinsini massivdan ajratadi. Zarb bolg‘alari asosan tik, murakkab kon-geologik sharoitlardagi, boshqa samarali kombaynlarni qo‘llash mumkm bo'lmagan qatlamlarni qazib olishda ishlatiladi. Bundan tashqari ular uncha qattiq bo'lmagan slanets, ruda, qurihsh va boshqa yordamchi ishlarda qo'llaniladi. Pnevmatik zarb bolg‘alari Tomskiydagi V.V. Vaxrushev nomidagi elektromexanika zavodida ishlab chiqariladi. Ularda havoning ishchi bosimi 5 kgk/sm2 bo'lib, quyidagi texnik tavsifga ega (1-jadval). Zarb bolg‘alari qismlarining tipaj qatorlarini moslashtirish borasida katta ishlar qilinmoqda. Ularning stvollari va zarb beruvchi qismlarining o'lchamlari liar xil bo'lsa ham, diametrlari moslashtirilgan. Zarb bolg'alarini takomillashtirish ustida, kelajakda ularning unumdorligi, samaradorligi, ishlash ishonchliligini oshirish, ishchilarga qulaylik yaratish, titratishi, shovqini, chang chiqarishini kamaytirish sohasida izlanishlar olib borilmoqda. Ishlab chlqarishda elektr energiyasi bilan ishlaydigan zarb bolg‘alari ham mavjud bo‘lib, pnevmatik zarb bolg'alariga nisbatan unumdorligining kamligi, ishonchsizligi, og'irligi tufayli ishlatilmaydi. Ular qisman kon yuqorisida, qurilish va boshqa ishlarda qo'llanishi mumkin. MO—39 Pnevmatik zarb bolg‘asining tuzilishi.MO-39 rusumidagi pnevmatik zarb bolg‘asining ishchi organi nayza (pik), uni ushlab turuvchi prujina 16, stvol 11, oraliq zveno 4, uning ichida joylashgan havotaqsimlagich va zarb beruvchi mexanizm, titrashini so'ndiruvchi qurilma bilan dastak 1 dan iborat (2-rasm), Siqilgan havo nippel 22ga ulangan egiluvchan shlang orqali mustahkamlovchi gayka 21 va shtutser 20 ga uzatiladi. Shtutser o'z holicha bo‘shab ketmasligi uchun prujina shayba 19 uni ushlab turadi. Shlangning diametri 16 mm bo'lib, uzunligi 12 m dan oshmasligi kerak. Zarb bolg’asining zarb mexanizmi ichiga siqib-presslab o'rnatilgan buksali stvoldan 15, stvolning to‘sig‘i (перемычка) 14 va zarb beruvchi qismi 12 dan iborat. Zarb beruvchi mexanizm siqilgan havo energiyasini mexanik energiyaga aylantirib, shutting natijasida zarb beruvchi mexanizm harakatlanib, nayza (pik)ning orqasi (xvostovik)ga zarb berib ish bajaradi. Havotaqsimlagich mexanizmi siqilgan havoni stvolning silindriga, ya’ni zarb beruvchini ishchi — to'g'ri yo'nalishda yo'naltiruvchi kamerasiga va zarb beruvchini orqaga harakatlantiruvchi kamerasiga hamda ishlatilgan havoni atmosferaga chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Siqilgan havoni zarb beruvchiga uzatish uchun bolg’aning stvolida bo’ylama kanallar o’tkazilgan. Ishlatilgan havoni atmosferaga chiqarib yuborish uchun stvol 11 ning tashqi yuzasidagi kanallardan va stvolning tashqarisiga presslangan po’lat qoplama 13 dan foydalaniladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling