Mavzu: Burhoniddin Marg‘inoniy va O‘rta Osiyo fiqh maktabi Reja: Movarounnahr fiqh maktabi va unda Burhonuddin Marg‘inoniyning tutgan o‘rni


Download 137.5 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi137.5 Kb.
#1610018
  1   2
Bog'liq
Burhoniddin Marg‘inoniy va O‘rta Osiyo fiqh maktabi


Mavzu: Burhoniddin Marg‘inoniy va O‘rta Osiyo fiqh maktabi
Reja:
1.Movarounnahr fiqh maktabi va unda Burhonuddin Marg‘inoniyning tutgan o‘rni.
2. Burhonuddin Marg‘inoniy qoldirgan ilmiy meros va uning ahamiyati.
3. “Hidoya” asarining alloma ilmiy merosidagi tutgan o‘rni.

Movarounnahrda fiqh ilmining rivojiga to‘xtalib o‘tishdan avval, yurtimizda Islom dini va ilmlarining yoyilishi haqida to‘xtalib o‘tsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Arabiston yarimorolida Islom dini keng yoyilib, barcha arab qabilalari birlashganidan so‘ng, Islomni boshqa yurtlarga ham yoyish ishlari boshlandi. Jumladan, 651-yili arablar jangsiz Marv shahrini egallashdi. So‘ngra hozirgi Afg‘onistonning shimoliy, Eronning shimoli-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo‘lgan hududlar zabt etildi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb atadilar. Uning markazi Marv shahri edi. Bu fathlardan keyin, Amudaryodan shimolda joylashgan hududlarni zabt etishga kirishdilar. Bu yerlarni Movarounnahr, ya’ni “daryoning narigi tomoni” deb atadilar. VII asr boshlaridadn Islom dini o‘lkamizda keng yoyildi5. Natijada, VII-XII asrlarda Movarounnahr Islom ilmlari va boshqa sohalar taraqqiy etgan markazlardan biriga aylandi. Ayniqsa, fiqh ilmi o‘lkamizda keng rivoj topdi. Endi, fiqh ilmi nima ekanligiga to‘xtalib o‘tsak. “Fiqh”6 so‘zi lug‘atda daqiq fahmni, ya’ni birnarsani nozik joylarigacha tushunishni anglatadi. Shariat istilohida esa shar’iy dalillardan far’iy hukmlarni chiqarishga “fiqh” deyiladi. Hozirgi kunimizda “Islom huquqshunosligi”, “Musulmon huquqi” deyilganda ham fiqh ilmi nazarda tutiladi. Fiqh ilmi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, Islomning avvalgi davrida tafsir, hadis, usulul fiqh va boshqa ilmlar kabi, fiqh ilmi ham alohida ilm shaklida ajralib chiqmaganligini ko‘ramiz7.


Dastlab Makkai Mukarramada o‘n uch yil davomida asosan aqidaga oid oyatlar nozil bo‘ldi. Keyinroq, ayniqsa Madinai Munavvaraga hijrat qilingandan so‘ng shar’iy hukmlarga tegishli oyatlar ham nozil bo‘la boshladi. Ularning hammasini Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hali uncha ko‘paymagan musulmonlar jamoasiga o‘qib, tushuntirib berardilar. U vaqtdagi musulmonlarning deyarli barchasi arablar bo‘lib, arab tilini nozik joylarigacha yaxshi tushunar, Qur’oni Karim oyatlari va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning hadislarini mutlaqo qiynalmay anglar va ularga amal qilar edilar. Mabodo ba’zi tushunmovchiliklar bo‘lsa, darrov Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘zlaridan so‘rab olar edilar. Ma’lum vaqt o‘tgach, turli qabila va yurt odamlari Islomni qabul qilishdi. Yangi musulmonlar qarshisida deyarli yigirma uch yil davomida nozil bo‘lib to‘plangan oyatlarni o‘qib-o‘rganish, ularga amal qilish, shariat ahkomlarini o‘z hayotlariga tatbiq qilish vazifasi turar edi. Tabiiyki, yosh sahobalar o‘zlaridan kattalardan, yangi musulmonlar avvalgilardan shar’iy masalalarni so‘ray boshlashdi. Bu ishlarda ba’zi sahobalar o‘z ilmlari bilan, topqirliklari bilan boshqalardan ajralib chiqdilar. Ulamolarimiz fiqh bilan mashhur bo‘lgan sahobalardan to‘rt xalifani, Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Amr ibn Os, Zayd ibn Sobit, Oisha onamiz roziyallohu anhum va boshqalarni misol qilib keltiradilar8. Keyinchalik ham ko‘zga ko‘ringan ulamolar ajralib chiqishdi. Bu vaqtga kelib, sharoit butun boshli kitoblar ta’lif qilishni, masalalarni jamlab bayon qilishni taqozo etdi. Shunday kitoblardan birini Imom Molik ta’lif qildilar va “Muvatto” deb nomladilar. Imom Molikdan keyin ham katta olimlar yetishib chiqdi va sekin-asatalik bilan fiqhiy mazhablar shakllana boshladi. O‘sha davrda ko‘plab faqihlar yetishib chiqqaniga qaramay, ular dunyodan o‘tishlari bilan fiqhiy ishlari ham qolib ketgan. Ammo musulmon ommasiga keng taralgan, shogirdlari va orqasidan ergashuvchilari ko‘p bo‘lgan ulamolar “fiqhiy mazhab sohiblari” deb tan olingan. Shulardan to‘rttalari butun dunyoga mashhur bo‘lganlar va ularning mazhablari musulmonlar jumhuri tomonidan “rasmiy fiqhiy mazhablar” deya tan olingan. Bular quyidagi mazhablar:
Hanafiy mazhabi(9).
Shom, Turkiya, Turkiston (O‘rta Osiyo), Pokiston, Hindiston, Bangladesh va boshqa yurtlarda keng tarqalgan.
Shofe’iy mazhabi(10).
Misr, Suriya, Indoneziya, Malayziya, Filippin, Tayland va Afrikaning ba’zi davlatlarida tarqalgan.
Molikiy mazhabi(11).
Liviya, Tunis, Jazoir, Mag‘rib, Mavritaniya, Nigeriya va Afrikaning ba’zi davlatlarida tarqalgan.
Hanbaliy mazhabi(12).
Arabiston yarim orolida tarqalgan(13).
Mazkur fiqh ilmi ulamolari o‘z ilmiy ishlarida fiqhiy ijtihodlariga to‘rtta narsani asosiy manba qilib olganlar.
Birinchisi: Qur’oni Karim.
Ikkinchisi: Payg‘ambar alayhissalomning sunnatlari.
Uchinchisi: Ijmo’.
Ijmo’-bir davrning ijtihod ahli bo‘lgan ulamolarning biror masalani bir ovozdan qabul qilishlaridir.
To‘rtinchisi: Qiyos. Ya’ni avvalgi manbalarda hukmi kelmagan masalani mazkur manbalarda hukmi bor shunga o‘xshash narsaga qiyoslab hukm chiqarish.
Yuqorida qayd etganimizdek, O‘rta Osiyo hududida hanafiy mazhabi tarqalgan bo‘lib, yurtimiz ulamolari bu mazhab rivojlanishi va tarqalishiga munosib hissalarini qo‘shganlar. Xo‘sh, diyorimizga hanafiy mazhabi qanday kirib kelgan? Movarounnahrga Islom dini kirib kelganidan so‘ng juda ko‘pchilik Kufaga borib, Imomi A’zam Abu Hanifa (rahimahulloh)ning ta’limoti bilan tanishdi va safarining samarasi o‘laroq uning so‘zlari va fatvolarini o‘z yurtiga olib keldi. Shu tariqa Xuroson va Movarounnahr hududlari Abu Hanifa (rahimahulloh)ning ta’sirida shakllangan qoidalarni qabul qildi. Hanafiy mazhabi tarqalishi jarayoniga, dastlab, Balx va Ray(14) shaharlarida asos solindi. 142\759-60 yildayoq Abu Hanifa (rahimahulloh)ning shogirdlaridan biri Abu Bakr ibn Abdulloh Umar ibn Ahmad ibn Dovud Balx shahri qozisi bo‘lgan.(15)
Hatto, uning vafotidan keyin ham hanafiylar u yerda o‘z ta’sirini saqlab turdi. Balx muhim tijorat yo‘lida barpo qilingn Afg‘onistonning shimolida joylashgan viloyatdir. Bag‘dodga ilm olish maqsadida kelganlar Abu Hanifadan dars olishdi. Keyin, o‘z yurtlariga qaytib borib, Abu Hanifa mazhablarini yoyganlar. Haqiqatda, manbalarda shaxsan Abu Hanifaning o‘zidan yoki shogirdlaridan ta’lim olgan balxlik ko‘plab ulamolar haqida bahs yuritiladi. Dastlab Balxda qabul qilingan Hanafiy mazhabi qisqa vaqtda o‘lkadagi boshqa shaharlarda ham yoyildi. Muhammad ibn Hasan Shayboniyning mumtoz shogirdlaridan biri bо‘lmish Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabiyr al-Buxoriy (v. 832 y.) birinchi bо‘lib, IX asr boshlarida ushbu mazhabning haqiqiy tashuvchisi sifatida о‘z vataniga qaytib keldi. Buxoro shahrini hanafiylikning muhim markazlaridan biriga aylantirdi.(16) Narshaxiyning yozishicha, Abu Hafs Kabir Buxoriy sharofati bilanBuxoro “Qubbat ul-Islom”-“Islom dinining gumbazi” unvonini olgan. Uning tarbiyasi ostida bir guruh faqihlar, jumladan, о‘z davrida hanafiy mazhabining shayxi va salohiyatli vakili bо‘lgan uning o‘g‘li Abu Hafs Sag‘iyr Muhammad ibn Ahmad ibn Hafs yuksak darajali faqih martabasiga yetgan.
Movarounnahrda fiqhning rivojida iroqlik faqihlar, ayniqsa, Abu Bakr al-Jassos tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yoki bilvosita ta’sir о‘tkazib kelganlar.
Islomshunos olim A.Mо‘minov «Movarounnahr musulmonlari: hanafiylar» nomli ilmiy maqolasida ta’kidlashicha, о‘sha davrda (IX-X asrlar) «...Movarounnahrda kechayotgan jarayon hali mahalliy ahamiyatga ega bо‘lib, bu mintaqa islom markazlarida Xurosonning bir qismi hisoblanardi. Faqih guruhlari, Somoniylar (865-999) amaldorlari zо‘ravonliklaridan aholi turli tabaqalarining yagona himoyachisi sifatida chiqqanliklari natijasida ularning ijtimoiy obro‘si va ta’sir doirasi kengaya bordi»17. Maqola muallifi yozishicha, о‘sha davrda fiqh ilmi turli jihatdan, masalan, yaratilgan asarlarning ozligi nuqtai nazaridan ham shakllanish va kuchga tо‘lish davrini boshdan kechirmoqda edi(18).
Davlat hokimiyati Qoraxoniylarga (999-1212) о‘tgandan keyin Movarounnahrda fiqh ilmining rivoji va takomili uchun ta’sirchan omillar yuzaga kela boshlagan. Ushbu omillardan biri, A.Mо‘minov ta’kidlaganidek, shundan iborat ediki, Qoraxoniylar davlati qaror topishi natijasida «Movarounnahrning Xuroson bilan aloqalari zaiflashib, oyoqqa turgan mahalliy maktablarning mustaqil rivojlanishiga asos yaratildi. Markaziy shaharlarda avtonom boshqaruvning kuchayishi ulamo guruhlari ta’sir doirasining kengayishiga olib keldi. Bu bilan fiqh normalarini hayotga tatbiq etishga real sharoit yaratildi. Buxoro va Samarqand haqiqiy ilm markazlariga aylantirildi. Bu shaharlarda Nasaf, Marv, Farg‘ona faqihlari ham faoliyat kо‘rsatdilar»(19).
О‘rta Osiyoda fiqhning rivoji uchun ikkinchi omil Qoraxoniy (999-1212y.) hukmdorlarining fiqh - islom huquqshunosligi va qonunlariga qiziqishi va huquqiy normalarning amaliy hayotga tatbiq etilishi edi.
Uchinchi omil, davlat va aholi himoyasi ostida mahalliy maktablar asta-sekin о‘sib, rivojlanib, katta ilmiy madrasalar darajasiga kо‘tarilishi bо‘lgan.
Aytib о‘tilgan omillar, ayniqsa, davlat arboblari tomonidan ilm ahliga kо‘rsatilgan yuksak ehtirom, targ‘ibot va tashviqot, О‘rta Osiyoda faqihlar sonining kо‘payishi va hanafiy mazhabining yoyilishiga sabab bо‘lgan.
Shunday qilib, hanafiy mazhabi О‘rta Osiyo va Movarounnahr hududida keng kо‘lamda tarqalgan bо‘lib, ularning juda ko`p yirik va salohiyatli vakillari va imomlari, ham e’tiqod sohasida, ham huquq sohalarida ushbu muhitda kamolot darajasiga yetishgan.
Burhonuddin Marg‘inoniy – Movarounnahr fiqh maktabining yirik vakili. O‘rta Osiyolik faqihlarning har biri o‘z salohiyati, ilmiy uslubi va yashagan davri sharoitiga qarab, islom huquqi, ayniqsa, hanafiy mazhabi rivoji yo‘lida o‘zlaridan barhayot asarlar qoldirganlar. Ular orasida imom Burhonuddin Marg‘inoniyning qimmatli huquqiy asari “al-Hidoya” o‘z ixchamligi, mukammalligi, hanafiy mazhabinin boshqa ahli sunna mazhablari bilan qiyosiy uslubda o‘rganib har tomonlama yoritganligi uchun o‘ziga xos katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
“Al-Hidoya” kitobi uzoq vaqtlardan buyon hanafiylik bo‘yicha eng mo‘tabar qo‘llanma sifatida barcha musulmon mamlakatlarining madrasalari va islomiy oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilmoqda. Uning matni va qisqartmalari ustidan mashhur faqihlar tomonidan 60 dan ortiq sharhlar va hoshiyalar yozilgan.
Shuningdek, “al-Hidoya” fors, ingliz, rus tillariga tarjima qilinib, g‘arb olimlari uchun hanafiylikni o‘rganishda asosiy manba ekanligi ma’lumdir.
Zahabiyning “Mashhur daholar siyrati” (سير أعلام النّبلاء) asarida Marg‘inoniyga quyidagicha ta’rif berilgan: “U imom, faqih, hofiz, muhaddis, mufassir, ilmlarning jamlovchisi, mohir, muhaqqiq (tadqiq qiluvchi), e’tiborli, zohid, fozil, usuliy, adib, shoir edi. Uning xilofda uzun qo‘li va mazhabda keng qulochi bor edi”.
Alloma Abdulhay Laknaviy buyuk faqih haqida shunday keltiradi: “Imom ­Margʻinoniy faqih, Qurʼon hofizi, muhaddis, mufassir, barcha ilm-fanni oʻrganib oʻzlashtirgan iqtidorli ustod, oʻtkir nazar bilan tekshiruvchi va diqqat bilan ish yurituvchi zohid, muttaqiy, mahorat va fazilatlar egasi, usuliy (fiqh usullari ilmini chuqur biluvchi), ilm-adabda misli koʻrilmagan adib va shoir, ilmul ­xilof va mazhab sohalari boʻyicha yuksak salohiyatga ega bir zot edi”.(20)
Burhonuddin al-Marg‘inoniy yoshligidanoq tinimsiz ilm o‘rgandi va hanafiy mazhabi bo‘yicha o‘z davrining buyuk faqihi (huquqshunosi) darajasiga ko‘tarildi. Uning fiqh ilmi bo‘yicha bunday yuksak darajaga ko‘tarilishi uchun quyidagi omillar sabab bo‘ldi.
Birinchidan, u oliy iste’dod va o‘tkir tafakkur egasi va ilm-u fan shaydosi edi. Ilmga qiziqishi uni uzoq safarlarga chorlab, o‘sha davrning asosiy fanlarini o‘zlashtirishi uchun imkon yaratib berdi. Avvalambor, fiqh ilmini o‘z bobosi va otasidan, undan keyin imom Burhonuddin Ali ibn Muhammad ibn Ismoil al-Asbijobiydan(21) o‘rgandi (Asbijob hozirgi Sayram). Uning mashhur ustozlari Abdulaziz Marg‘inoniy, «Qozixon fatovosi»ning muallifi Faxruddin Abulmafoxir Hasan Ibn Mansur О‘zgandiy (1196 y.), «Al-aqoidun-nasafiya» kitobi va fiqih ilmi bо‘yicha yuzga yaqin asarlar muallifi Najmuddin Abu Hafs Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy (1143 y.), As-Sadrush-shahid Hisomuddin Umar ibn Abdulaziz ibn Umar ibn Moza (1140 y.) va as-Saraxsiyning shogirdi bо‘lmish Abu Amr Usmon ibn Ali al-Baykandiy edi. Marg‘inoniy Abu Iso at-Termiziyning «Al-Jome‘» asaridagi hadislarni al-Qurashiyda zikr etilgan isnodlar bilan (isnod hadislarning birovga nisbat berilishi) Abu Muhammad Said ibn Asaddan va Hasan Ibn Ali al-Marg‘inoniydan о‘qib eshitgan. Turli manbalarga ko‘ra, u o‘z ustozlaridan ancha yuqori darajalarga ko‘tarilgan edi.
Ikkinchidan, u yashagan davr Sharq uyg‘onish davrining birinchi bosqichi bo‘lmish IX-XII asrlarga, ya’ni O‘rta Osiyoda jamiyat taraqqiyoti uchun fiqh (huquqshunoslik) ilmiga katta zaruriyat tug‘ilgan bir davrga to‘g‘ri keldi. Fiqh ilmi bo‘yicha u yozgan asarlar, ayniqsa, “Hidoya” kitobi o‘sha davr huquqiy muammolarini yechib berishga qaratilgan edi.
Uchinchidan, Marg‘inoniyning Imomi A’zam Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit asos solgan hanafiy mazhabi, ya’ni huquqiy maktabiga mansubligi ham uning o‘sib, kamolot cho‘qqisiga ko‘tarilishi uchun katta omil bo‘ldi. Negaki, Abu Hanifa shariatning uchta asosiy manbai (Qur’on, Sunna, Ijmo’)dan keyin, to‘rtinchi manba bo‘lmish ratsional (aqliy) manba, ya’ni qiyosga boshqa mazhablarga nisbatan ko‘proq e’tibor qaratgani bilan ajralib turadi. Shuningdek, xalq ichida yoyilib, ularning hayotiga singib ketgan urf(22)-odatlar hanafiy mazhabida huquqiy muammolarni hal qilishda qo‘shimcha manba sifatida kengroq ko‘lamda qo‘llaniladi.(23) Burhonuddin Marg‘inoniy olim sifatida yuksak iqtidorga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, arab tilining mohir bilimdoni ham edi. Uning barcha asarlari aynan shu tilda yozilgani bundan dalolat beradi(24).
Burhonuddin Marg‘inoniyning hayoti va ilmiy faoliyati
Burhonuddin Marg‘inoniyning asl ism va nasablari – Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Farg‘oniy ar-Rishdoniy Marg‘inoniy. Ul zotni Burhon ud-din va-l-milla degan sharafli nom bilan atashgan.(25) “Burhonuddin”- “din hujjati, din dalili” degan ma’noni beradi.(26) Burhon ud-din va-l-milla degani olimni ulug‘lab, uni musulmon dunyosidagi xalqlar hamda islom dinining dalili, isboti deb madh etishdir. Marg‘inoniy nisbalaridagi ar-Rishdoniy nisbasini al-Marg‘inoniy nisbasidan oldin bo‘lishining sababi, bir tomondan allomaning aynan Rishdonda tug‘ilganligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, o‘rta asrlarda Rishdon Marg‘ilondan ko‘ra kattaroq shahar bo‘lgan. Shuning uschun ham Rishdon Marg‘ilondan oldin qayd etilgan. Burhonuddin Marg‘inoniyning nasabi ko‘pgina manbalarda ana shunday zikr qilingan. Nasablari - Abu Bakr Siddiq roziyollohu anhuga borib yetadi, deb naql etadilar.(27) Buronuddin Marg‘inoniy hijriy 511/milodiy 1118-yili rajab oyining sakkizinchi kuni, dushanbada (ba’zi manbalarga ko‘ra 1123-yil/ 515-hijriy) dunyoga kelganlar.28 Allomaning tug‘ilgan yili ba’zi manbalarda turlicha kelsa-da, N. S. Likoshinning 1907-yilda e’lon qilingan “Hidoya”ning muallifi” nomli maqolasida va “Hidoya” asarining 1990-yilda Bayrutda chop etigan nashrining so‘zboshisida ko‘rsatilgan 511/1118 yillar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasida saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma nusxalaridan olingan ma’lumotlar bilan tasdiqlangan.(29)
Dastlabki saboqni Marg‘ilonda olgan bo‘lib, Qur’oni Karimni yod olib, hadis ilmidan mukammal ta’lim olgach, Movarounnahrning o‘sha davrdagi madaniy va ma’rifiy markazlaridan biri bo‘lgan Samarqandga ko‘chib borib, o‘sha yerda istiqomat qilgan va ilmiy faoliyat yuritgan. 544 - yilda muqaddas Haj safariga borganlar. Ular juda ko‘p kishilardan ta’lim olgan bo‘lib, ustozlari silsilasi keng. U ta’limni dastlab o‘z bobolari Umar ibn Habibdan olganlar(30). Burhonuddin Marg‘inoniy mukammal ilmga ega bo‘lganligiga qaramay ustozlardan ta’lim olishni bir umr davom ettirgan. Burhonuddin Marg‘inoniyga ta’lim bergan ustozlar ro‘yxatining boshida Najmuddin Abu Hafs Umar Nasafiyning(31) ismi turadi. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asrida Marg‘inoniy o‘zi ta’lim olgan qirqdan ortiq shayx va allomani sanab o‘tgan.
Burhonuddin Marg‘inoniy yashagan davr Sharq (musulmon) Uyg‘onish davrining jamiyat, madaniyat, va fan taraqqiyoti hamda fiqh ilmiga katta zarurat tug‘ilgan bir davrga to‘g‘ri kelgan. Fiqh ilmi bo‘yicha u yozgan asarlar, ayniqsa, “Hidoya” kitobi, o‘sha davrda mavjud hamda katta ahmaiyatga molik bo‘gan ko‘plab huquqiy muammolarni yechib berishga qaratilgan. (32)
Burhonuddin Marg‘inoniyning birlamchi maqsadlari o‘z ilmlarini oshirish, ustozlaridan toqatlari yetguncha tahsil olish bo‘lgan. Ammo ul Zotning iqtidori shogirdlik qilish bilan ustozlik qilishni ham o‘z zimmasiga yuklagan. Alloma fiqh fanidagi sunniy-hanafiy ta’limotini rivojlantirish bialn birga ko‘plab shogirdlarni ham yrtishtirib chiqarganlar. Burhonuddin Marg‘inoniyning shogirdlarini uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh shogirdlari jumlasiga, avvalambor, uning o‘g‘illari shayxul islom Jaloluddin Muhammad, Nizomuddin Umar, shayxul islom Imoduddin ibn Abu Bakr kiradi. Allomaning ikkinchi guruh shogirdlariga Shams ul-aimma al Kardariy, Burhonul islom Zarnujiy, Jaloluddin al-Husayn al-Ustushniy va boshqalar kirganlar. Uchinchi guruh shogirdlari qatoriga Burhonuddin Marg‘inoniydan bevosita ta’lim olmagan bo‘lsalarda, ammo allomaning ilmiy-fiqhiy merosidan bahramand bo‘lgan barcha izdoshlari kiradi. Ular u zotni o‘zlarining ustozlari deb bilganlar va u kishining fiqh ilmi sohasidagi ilmiy-ma’rifiy an’analarini davom ettirganlar.
Burhonuddin Marg‘inoniyningshogirdlari o‘z ustozlarini juda hurmat qilganlar.(33) Burhonuddin Marg‘inoniy 1197-yili Samarqandda vafot etgan. 2000-yilda alloma tavalludining 910 yilligi keng nishonlandi. Ayni paytda Marg‘ilon shahrida va Rishton tumanida allomaning ramziy maqbaralari barpo etilgan.
Burhonuddin Marg‘inoniy qoldirgan ilmiy meros va uning ahamiyati. Marg‘inoniy asarlari
Burhonuddin Marg‘inoniyning hayoti va ilmiy faoliyatidan ham ko‘rinib turibdiki, alloma avlodlarga katta ilmiy xazinalar qoldirgan. U asosan islom ilmlaridan amaliy fiqh (furu’ fiqh) sohasida faoliyat olib borgan va uning ilmiy merosini quyidagi asarlar tashkil qiladi:(34)
“Kitab majmu’ navazil” (“Nozil bo‘lgan narsalar to‘plami”);
“Kitab at-tajnis val mazid” (“Ajratish va ilmni ziyoda qilish kitobi”);
“Kitab al-faraiz” (“Meros haqidagi kitob”);
“Kitab al muntaqo” (“Tanlangan narsalar haqidagi kitob”);
“Bidayat al-mubtadi” (“Boshlovchilar uchun ilk ta’lim”);
“Kifayat al-muntahi” (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim”);
“Nashr al-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”);
“Manasik al-haj” (“Haj arkonlari”);
“Hidoya fi sharh bidayat al-mubtadi” (“Boshlovchilar uchun ilk ta’lim asrining sharhi-to‘g‘ri yo‘lga boshlovhi kitob”).
Mazkur asarlarning barchasi ham bizgacha yetib kelmagan, lekin turli manbalarda shunday asarlar bitilganligi haqida ma’lumotlar bor.
Hozirgi kunda O‘zRFA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar xazinasida olimning uchta asari saqlanadi. Bular “Majmu’ Muxtarat an-navazil” (“Nozil bo‘lgan narsalarning tanlanganlari”), “Bidayat al-mubtadi” va o‘nlab nusxada saqlanayotgan “Hidoya” asarlaridir.
Burhonuddin Marg‘inoniyning “Nozil bo‘lgan narsalarning tanlanganlari” asari musulmon huquqshunosligining amaliy qismiga bag‘ishlangan. Asarga fiqhning bu sohasidagi deyarli barcha an’anaviy mavzulari kiritilgan bo‘lib, ular 52 ta kitob35da bayon etilgan. Kitoblar o‘z navbatida fasl va boblarga bo‘lingan.
Bu asarda huquqiy masalalarning to‘rtta sunniy mazhablardagi talqini qiyoslangan holda bayon etilgan bo‘lsa-da, unda mazhab mujtahidlari va yirik ulamolaridan boshqa olimlarning nomlari zikr etilmagan. Burhonuddin Marg‘inoniyning bizgacha yetib kelgan asarlaridan yana biri “Bidayat al- mubtadi” (“Boshlovchilar uchun ilk ta’lim”)dir. Muallifning Bag‘dodga qilgan safari chog‘ida imom Quduriyning “Quduriy qisqartmasi” asaridan ta’sirlanib yozgan bu asari ham fiqhning amaliy qismi-furu’ al-fiqhga bag‘ishlangan. Undagi masalalarni tartibga solishda tabarruk bo’lsin deb, ash-Shayboniy uslubidan foydalangan. Asar qisqa so‘zboshi bilan boshlanadi. Asarda mavzular 58 ta kitobga ajratilgan holda bayon etilgan. Undagi “Bug‘at” (“Zulm qiluvchilar”), ya’ni musulmpon jamiyatidagi isyonkor firqalar haqidagi mavzu “Hidoya” tarkibiga kiritilmagan.
“Boshlovchilar uchun ilk ta’lim”da mavzular qisqa bayon qilingan bo‘lsa-da, bu asardan keyinchalik ham, uning sharhi hisoblanadigan “Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim” va “Boshlovchilar uchun ilk ta’lim asrining sharhi-to‘g‘ri yo‘lga boshlovhi kitob” kabi asarlar yaratilgandan so‘ng ham keng foydalanilgan. Manbalarda zikr qilinishicha, Burhonuddin Marg‘inoniy “Boshlovchilar uchun ilk ta’lim” asarini yozgach, undagi masalalar ko‘p o‘rinlarda tushuntirish va izohga muhtoj ekanligini ko‘radi va bu asarga sharh yoza boshlaydi. Biroq, ish jarayonida sharhning hajmi juda katta bo‘lib ketayotganligi ko‘rinib qoladi. Chunki, sharhlarning sakkiz jildi yozilgan bo‘lsa-da, fiqhiy mavzularning endi uchdan bir qismigina qamrab olingan edi. Shunda olim asarga sharh yozishning bu yo‘li unchalik qulay emasligini va o‘quvchi uchun qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligini tushunadi va bu ishni to‘xtatadi. Bir oz muddat o‘tgach, “Boshlovchilar uchun ilk ta’lim” asarining boshqa bir sharhini yozishni boshlaydi va bu gal uning qisqaroq bo‘lishiga harakat qiladi. O‘n uch yillik tinimsiz mehnat natijasida butun musulmon olamida shuhrat qozongan “Hidoya” asari yaratiladi.(36)
“Hidoya” asarining alloma ilmiy merosidagi tutgan o‘rni
Burhonuddin Marg‘inoniy ijodida har bir yaratilgan asar o‘z o‘rni va salmog‘iga ega bo‘lsa-da, ular orasida “Hidoya” alohida o‘rin tutadi. Chunki bu asar alloma ijodining asosiy g‘oyasini yaxlit va mukammal holatda bir joyga to‘plagan nodir bir hodisadir.
Hidoya asari 57 ta kitob, 168 ta bob va 153 ta fasldan tashkil topgan. Har bir kitobga, ba’zan fasl va boblarga ham, unda bayon etilgan mavzuni ifodalovchi nomlar berilgan. “Hidoya” asarining birinchi juz’i tarkibiga sakkizta kitob kiritilgan.(37)
Burhonuddin Marg‘inoniy o‘zining shih asari bo‘lmish “Hidoya” kitobini yozishda, nihoyatda muhim va munozarali masalalarni kiritmoqchi bo‘lganda sahobalar va tobe’inlar, asosiy mazhablar asoschilari, buyuk faqihlar ismlari, jug‘rofiy va tarixiy joylar, turli toifa va qabilalar nomlarini kamoli ehtirom bilan tilga olgan. Muhammad Abdulhay Lakhnaviy o‘z muqaddimasida “Hidoya”ning birinchi qismida zikr etilgan sahobalar va tobe’inlar ismlari 50 dan ko‘proq, toifa va urug‘lar nomi 12 ta, jug‘rofiy va tarixiy joylar nomi 55 ta ekanligini ko‘rsatib, ularning har biri haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tgan. (38) Burhonuddin Marg‘inoniy “Hidoya” asarining nazariy manbalarini quyidagilar tashkil etadi:
Qur’oni Karim oyatlari;
Dastlabki to‘rt xalifa, sahobalar va tobe’inlarning rivoyatlari, ular xabar qilgan hadisi shariflar;
Sunniylik mazhabidagi to‘rt mazhab asoschilarining asarlari; Imomi A’zamning shogird va safdoshlaridan imom Abu Yusuf, imom Muhammad va imom Zufarlar va boshqa mashhur faqihlarning so‘zlari. “Hidoya” asariga hozirgi kunimizgacha juda ko‘plab sharhlar yozilgan. Ibn Qutlubg‘o asari “Tojut tarojim” da va boshqa ko‘plab manbalarda bu haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. “Hidoya”ga yozilgan sharhlar soni 35 tadan oshadi. Agar biz “Hidoya”ning qisqartmasi “al-Viqoya” va uning qisqartmasi “Muxtasarul viqoya” ustida yozilgan ko‘p sonli sharhlarni ham nazarda tutadigan bo‘lsak, unda “Hidoya” va uning qisqartirilgan matnlari ustida yozilgan sharhlar soni 50 tadan oshadi.(39) Sharhlar haqida kengroq to‘xtalib quyidagilarni aytish mumkin: “Hidoya”ning foydalanishga qulayligi va masalalarning aniq va lo‘nda ifodalanishi uning keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Asarning yozilishidan ko‘p o‘tmayoq unga sharhlar yozila boshlandi.
“Hidoya” 4 juzdan iborat bo‘lib:
Birinchi juzga: ibodat masalalari kiritilgan. Ular: tahorat, namoz, ro‘za, zakot va haj kitoblaridir.
Ikkinchi juzga: nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi juzda: oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tqazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo’lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik, majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo’lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan.
To‘rtinchi juzda: shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzot haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, ta’qiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
“Hidoya” faqat islom huquqshunoslari uchun emas, balki G‘arb huquqshunos olimlari uchun ham juda katta e’tiborli huquqiy manba sifatida xizmat qilib kelmoqda.
XULOSA: Ko‘plab allomalar beshigi bo‘lmish Vatanimiz-O‘zbekiston hududidan shunday allomalar yetishib chiqqan-ki, bu allomalr asarlari hozirgi kunimizgacha ham qadrlidir. Shulardan Burhonuddin al-Marg‘inoniy hayoti va ilmiy faoliyati ham o‘ziga xosliklari bilan ajralib turadi.
Burhonuddin Marg‘inoniy ilmiy faoliyatini o‘ziga xosligi shunda-ki, uning asarlari hozirgi kunda ham huquqiy hayotni tartibga solish uchun nafaqat, musulmon jamiyatlar, balki butun dunyoda qo‘llanilib kelinmoqda. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fani Marg‘inoniy asarlari asosida o‘rganiladi. Bundan tashqari, “Hidoya” asari alloma ilmiy merosida tutugan o‘rning yuksakligi bilan ajralib turadi. “Hidoya”ning qo‘lyozma va bosma nusxalari Germaniya, Angliya, Turkiya, Rossiya, Fransiya va boshqa mamlakatlar qo‘lyozma xazinalarida ham saqlanmoqda. Yana ta’kidlash lozimki, “Hidoya” asari jahon huquqiy madaniyati xazinasiga ulkan manba sifatida qo‘shildi. “Hidoya” kitobi fiqh ilmiga oid deyarli barcha asosiy masalalarni o‘zida jamlagan. “Hidoya” hozirgi davr huquqshunoslariga, umuman, o‘tmish tariximizga qiziquvchi barcha o‘quvchilarga ma’naviy ruh va kuch beradi. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rindiki, “Hidoya” asari o‘zbek tiliga 2000-yilda ilk bor tarjima qilingan. Biroq, hozirgi kunimizda ham bu asarga o‘lkamizda qiziqish katta va bu asar qonunchilik sohasiga katta hissa qo‘shishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, “Hidoya” asarini qayta tarjimasi va o‘zbek tilidagi sharhi o‘quvchi va mutaxassislarda katta e’tibor uyg‘otadi va amaliy huquqshunoslikka ham o‘zining ijobiy ta’sirini o‘tkazmay olmaydi.. Shuning uchun, asarni qayta tarjima qilib, nashr etish lozim.
Buyuk faqih Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Farg‘oniy Rishtoniy Marg‘inoniy 1123 yil 23 sentyabrda tug‘ildi va 1197 yilda Samarqandda vafot etgan. U Qur’on, hadis ilmlarini mukammal egallab, fiqh – islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur ilmga ega bo‘lgani va bu sohada beqiyos asarlar yaratgani tufayli Burhonuddin (Islom dinining dalili) va Burhonuddin Marg‘inoniy (Marg‘inon – Marg‘ilon shahrini o‘rta asrlarda arablar Marg‘inon deb atashgan.) nomlari bilan mashhurdir.
Burhonuddin Marg‘inoniy dastlabki ta’limni Marg‘ilonda olib, keyinchalik Movarounnahrning o‘sha davrdagi diniy va ma’rifiy markazi bo‘lgan Samarqandga ko‘chib borgan va umrining oxirigacha o‘sha yerda yashagan. Mavlono Burhonuddin Marg‘inoniy yoshlik chog‘laridanoq Qur’oni Karimni yod olib, hadislarni chuqur o‘rgangan.
U balog‘at yoshiga yetganida mukammal ilmga ega bo‘lganiga qaramay ustozlardan ta’lim olishni davom ettirdi. 1149 yili Burhonuddin Marg‘inoniy haj safariga bordi. “Kitob ul-mashoyix” (“Shayxlar haqidagi kitob”) asarida u o‘zi ta’lim olgan 40 dan ortiq shayx va allomani sanab o‘tgan. Bu ro‘yxatda Najmuddin Umar ibn Muhammad Nasafiy, Abul-Asir Bayzoviy, Abu YOqub Sayariy, Abu Ishoq Navqadiy, Ja’far Hinduvoniylarning nomlari bor.
Burhonuddin Marg‘inoniy maqbarasi (www.qadamjo.uz)
Burhonuddin Marg‘inoniy islom dinidagi to‘rt mazhab olimlarining asarlarini o‘rganish bilan birga o‘zi ham fiqhga oid bir qator asarlar yaratgan. Bizgacha yetib kelgan asarlaridan “Bidoyat ul-mubtadiy” (“Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim”), “Kifoyat ul-muntahiy” (“Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim”), “Nashr ul-mazhab” (“Mazhabning yoyilishi”), “Kitob ul-mazid” (“Ilmni ziyoda qiluvchi kitob”), “Manosik ul-haj” (“Haj marosimlari”), “Majmaul-navozil” (“Nozil bo‘lgan narsalar to‘plami”), “Kitobulfaroiz” (“Farzlar kitobi”) va boshqalar ma’lum.
Xanafiya mazhabining fiqh masalalarida asosiy qo‘llanma-siga aylangan Marg‘inoniyning “Hidoya” asari 1178 yili Samarqandda yaratildi. Bu asar butun musulmon olamida mashhur bo‘lib ketdi, musulmon huquqi – fiqh bo‘yicha eng aniq, izchil, mukammal asar sifatida tan olindi.
“Hidoya”ning asosini fiqh ilmi asoschilaridan bo‘lgan Abu Hanifa No‘’mon ibn Sobit fatvolari hamda uning shogird va safdoshlaridan Imom Abu Yusuf, Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy (Imom Muhammad), Imom Zufar ibn Huzayllarning asarlari, sahobalarning rivoyatlari va ular xabar qilgan hadislar tashkil qiladi. Bundan tashqari, “Hidoya”da asosiy fiqhiy masalalarning sharhi va yechimida Muhammad Bazdaviyning “Mabsut”, Termiziyning “Jome’ ul-kabir” (“Katta to‘plam”), Quduriyning “Muxtasari Quduriy” kabi asarlariga ishora qilinadi.
“Hidoya”da huquqiy masalalarning yechimi dastlab yirik fiqh olimlari fikrlarining bayoni va unga boshqa mualliflar z’tirozlari yoki qo‘shilishlarini izhor etish yo‘li bilan berilgan. Ana shu obro‘li mualliflar fikrlaridan kelib chiqib, muayyan masalada eng ma’qul yechimni tanlab olish yo‘liga amal qilingan. Shu tariqa unda qonunning aynan ifodasigina emas, balki uning mukammal sharhi ham asoslab keltiriladi.
“Hidoya” to‘rt juzdan iborat bo‘lib, birinchi juzga ibodat masalalari kiritilgan, bular: tahorat, namoz, ro‘za, zakot va haj kitoblaridir. Ikkinchi juzga nikoh, emizish, taloq, qullarni ozod qilish, topib olingan bolaning nasabini aniqlash, topib olingan narsa, qochib ketgan qullar, bedarak yo‘qolganlar, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalar kiritilgan.
Uchinchi juzda esa oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, pulni birovga o‘tkazish, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohliqdan qaytish, vakolat, da’vo, iqror bo‘lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo‘lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg‘a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, voliylik (otaliqqa olish), majbur qilish, homiylik, qisman ozod bo‘lgan qullar va bosqinchilik xususidagi masalalar o‘rin olgan.
To‘rtinchi juzda esa shafoat, meros taqsimlash, dehqonchilik hamda bog‘dorchilik xususida shartnoma, qurbonlikka so‘yiladigan jonzot haqida, umuman qurbonlik qilish haqida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish xususida, taqiqlangan ichimliklar haqida, ovchilik, garovga berish, jinoyatlar xususida, xun haqi to‘lash, vasiyat kabi masalalar yoritilgan.
“Hidoya” bir necha asrlar davomida ko‘p musulmon mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda ham huquqshunoslik bo‘yicha eng asosiy qo‘llanma hisoblanib, sovet sud tizimi joriy qilinguncha, amalda bo‘lib keldi. Hozirgi kunda ham islom shariati asosida ish yuritadigan musulmon mamlakatlar huquqshunosligida bu asardan keng foydalaniladi.
2000 yilda Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Marg‘ilon shahrida Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmuasi bunyod etildi.
Qadimgi sharqda ilmiy taffakkurning rivojlanishi bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik kerak. Bu o‘rinda G‘arb va SHarq tarixiy–falsafiy jarayonlarini davrlarga ajratish tamoyillariga e’tibor qaratish bilan birga G‘arb va SHarq falsafasidagi an’analarning o‘zaro munosabatini ham tahlil qilish lozim.SHarqning o‘ziga xosligi, unga munosib bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarqsivilizatsiyasining quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor. Falsafiy g‘oyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar ta’sirida, ma’lum tarixiy–madaniy manbalar asosida shakllanadi. Qadimgi sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, beshiklaridan bo‘lgan Misr va Bobilda eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki falsafiy fikrlar, olam xaqida sodda ilmiy qarashlar, jumladan, astronomiya, kosmologiya, matematikaga oid qarashlar vujudga keldi. Bu erda shakllangan falsafiy qarashlarning eng asosiy xususiyati shundan iboratki, ularda, bir tomondan, sirli kuchlar, mo‘‘jizalarga ishonch, u kuchlarning tabiat va jamiyatga ko‘rsatadigan ta’sirini mutloqlashtirish xususiyati ustivor bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan afsona va rivoyatlar tarzida dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. Bu – o‘sha davrlardan qolgan yozma manba’larda, xususan, «Xo‘jayinning o‘z quli bilan hayotining mazmuni xaqida suhbati», «Arfisiy qo‘shig‘i». «¤z xayotidan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z joni bilan suhbati», «Adapa» dostoni, «Etapa» haqidagi afsona, «Jafokash avliyo haqida doston» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Bizning eramizgacha bo‘lgan 1 ming yillikning o‘rtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch o‘chogida Xindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli bir vaqtning o‘zida falsafiy fikrlar vujudga keldi. Uning tug‘ilishi olamni mifologik tushunishdan bilimga tayanadigan dunyoqarashga o‘tishdek uzoq jarayonni boshidan kechirdi.

Qadimgi Sharq fanining katta yutuqlariga qaramay, Qadimgi Yunoniston zamonaviy fanning haqiqiy vataniga aylandi. Ming yillar davomida misrliklar va bobilliklar to'plagan bilimlarni qarzga olgan yunonlar butun falsafiy va ilmiy maktabga ega bo'lib, ular odatda shunday nomlanadi. Ion tabiiy falsafasi. Qadimgi mualliflar falsafaning tarixiy boshlanishi haqida hayron bo'lib, uning asoschilari sifatida ettita donishmandning raqamlarini ko'rsatganlar. . Ular Yunonistonda donishmandlar o'rtasida musobaqalar o'tkazish amaliyoti tufayli paydo bo'lgan. Bu musobaqalar Olimpiya va Pif o'yinlari, shuningdek, boshqa yunon bayramlari paytida bo'lib o'tdi. Etti donishmandlar ro'yxatini qadimgi yunon faylasufi va matematikasi ochgan Milet Tales. U o'zining barcha ilmiy bilimlarini Osiyo va Afrikada, ya'ni Bobil, Finikiya va Misrda olgan. Hududida geometriya Thales bir qator tengliklarni o'rnatdi. Bobil va Misrning bilimdon ruhoniylari buni bilishar edi, lekin Ellada uchun bu vahiy edi. Thales formulasi deb ataladigan narsa hali ham ma'lum: "Gipotenuzaning ustidagi barcha burchaklar (aylanaga yozilgan uchburchak bo'lsa, gipotenuzasi aylana markazidan o'tib ketsa) to'g'ri chiziqlardir". Bundan tashqari, Thales teoremasi: agar burchakning yon tomonlarini kesib o'tuvchi parallel chiziqlar uning bir tomonida teng bo'laklarni kesib tashlagan bo'lsa, u holda ular boshqa tomondan teng segmentlarni kesib tashlagan. Dengiz navigatsiyasida, Thales teoremasi hali ham qo'llaniladi, agar kemalar yo'nalishi bir -birida qolsa, doimiy tezlikda harakatlanadigan kemalarning to'qnashuvi muqarrar. Printsipial jihatdan yangi narsa shundaki, Thales matematikani nafaqat empirik, balki mavhum shaklda ham o'rgata boshladi. Phalems, Yer suv ustida, xuddi suv ombori yuzasida suzuvchi disk yoki taxta kabi, ishongan. U astronomiyaga matematik sifatida katta foyda keltirdi. Thalesning xizmatlari shundaki, u ilgari mavjud bo'lgan barcha bilimlar natijasini ilmiy foydalanish uchun yaroqli shaklda "nashr etgan"; mantiqiy takliflar uchun zarur bo'lgan ma'lum bir ratsional tushunchalarni ajratib ko'rsatdi.


Qadimgi Rim — qad. davlat. Rivoyatga koʻra, R. shahriga akauka Romul va Rem tomonidan miloddan avvalgi 754/753 yilda asos solingan. Rivoyatlarda 8 — 6-asrlarda hukmronlik kilgan 7 podshoh qayd etilgan. Soʻnggi podshoh Tarkviniy Takabbur quvilgach, respublika tuzumi oʻrnatilgan (miloddan avvalgi 510/509 yil). Miloddan avvalgi 3-asr oʻrtalariga kelib, butun Italiya hududini tobe etgan R. yirik davlatga aylangan. U Oʻrta dengiz havzasida gegemon boʻlishga intilgan, bu R.ni Karfagen bilan toʻqnashuviga sabab boʻlgan. Puni urushlaritsan soʻng miloddan avvalgi 146 yil Karfagen ustidan gʻalaba qozongan R., Oʻrta dengiz havzasining eng yirik davlatiga aylangan. Yirik yer egaligi va qulchilikning rivojlanishi dehqonlar ommasini xonavayron boʻlishiga, qishloq kambagʻallari, qullar qoʻzgʻolonining avj olishiga (Spartak qoʻzgʻoloni) sabab boʻlgan; Rim shahri koʻchalarida fuqarolar urushi boshlanib ketish xavfi tugʻilgan. R.ning ijtimoiy-siyosiy hayotida miloddan avvalgi 1-asrda armiya va uning yoʻlboshchilari (L. K. Sulla, G. Mariy, G. Pompei va boshqalar) katta rol oʻynay boshlaganlar. 49—45 yillardagi fuqarolar urushi davrida Sezar davlatning mutlaq hukmdoriga aylangan; 44 yil respublika tarafdorlarining fitnasi natijasida Sezar oʻldirilgan. Fuqarolar urushining yangi davri Oktavian gʻalabasi bilan tugagan. U miloddan avvalgi 27 yil senatdan Avgust unvonini olgan. Avgust hukmronligi davridan boshlab R. imperiyaga aylangan. Milodiy 2-asrda Trayan davrida imperiya sarhadlari oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. Bosib olingan yerlarda mahalliy aholining qoʻzgʻolonlari, ayni vaqtda varvarlarning mamlakat xududiga bostirib kirishlari bir qancha provinsiyalarni mustaqil boʻlib ajralib chiqishiga va imperiyani Sharqiy va Gʻarbiy qismlarga boʻlinib ketishiga (395) olib kelgan. 476 yil german yollanma askarlari sardori Odoakr Gʻarbiy Rim imperiyasining soʻnggi imperatori Romul Avgustulni taxtdan agʻdargan. Sharqiy Rim imperiyasi Vizantiya nomi bilan yana 1000-yilga yaqin mavjud boʻlgan.Qadimgi Italiyada va butun Rim saltanatida madaniyat sohasida katta yutuqlar qo`lga kiritilgan. Yozuv ilmiy bilimlarning eng muhim ko`rinishi sifatida miloddan avvalgi I ming yillik boshlaridan boshlab yuzaga kelgan. Uni dastlabki ixtirochilari etrusklar va lotinlar edi.Keyinchalik Italiya qabilalari Finikiya yozuvi asosida tuzilgan yunon alifbosini qabul qilganlar va foydalanganlar. Bu yozuv keyinchalik lotin alifbosi nomi bilan mashhur bo`lib ketgan. Qadimgi italiyaliklar o`z yozuvlari asosida kitoblar yaratganlar.
Sokrat (Sokrates), Suqrot (mil. av. 470/469 —Afina — 399) — yunon faylasufi. Haykaltarosh Sofriniks va doya Fenaretta oilasida tugʻilib oʻsgan. Oʻz taʼlimotini ogʻzaki bayon qilgan, hech qanday yozma manba qoldirmagan. Sofistlarga qarshi kurashish va yoshlarni tarbiyalashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Atrofiga koʻplab iqtidorli talabalarni jamlagan. Bu talabalarning bir qismi (Alkiviad, Kritiy va boshqalar) Afina demokratiyasiga qarshi kayfiyatda boʻlgan. S.ni demokratiyaga nisbatan dushmanlikda asossiz ayblashgan. Aslida u boshqaruvning hamma shakli — monarxiya, mustabidlik, aristokratiya, plutokratiya va demokratiyani, agar ular adolatni buzayotgan boʻlsa, tanqid qilgan. S. taʼlimotidagi tanqidiy ruh Afina hukmron doiralarini xavotirga solgan. Buning natijasida S. yoshlarni yoʻldan adashtirganlik, fuqarolik meʼyorlarini buzganlik hamda "yangi xudolarga sajda qilish"da ayblanib, sudga berilgan va oʻlim jazosiga hukm qilingan. Bu hukm turmada S.ga zahar ichirish yoʻli bilan ijro etilgan.


Download 137.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling