Mavzu: Burun boshligi nuqsonlari Tayyorladi: Samidov Hojiakbar


Tashqi burunning orttirilgan nuqsonlari turli shikastlardan so’ng yuzaga kеladi. Ular burun


Download 1.19 Mb.
bet2/5
Sana07.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1438476
1   2   3   4   5
Bog'liq
Burun boshligi nuqsonlari 1

Tashqi burunning orttirilgan nuqsonlari turli shikastlardan so’ng yuzaga kеladi. Ular burun

yumshoq to’qimalari, suyak va tog’aylarining shikaslanish darajasiga, turiga, zarb kuchiga va

yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Ko’pincha burun suyaklari va burun to’sig’ining suyak va tog’aylarining shikastlanishi uchraydi. Tashqi burunning orttirilgan nuqsonlariga burun qiyshiqligi (skolioz), burun bukiri (lordoz), burun cho’qqisi tog’aylarining buzilishi (qo’y yoki qush burun) cho’-

zilishi yoki burunni cho’kishi kabi nuqsonlar kiradi.

Davolash. Tashqi burun nuqsonlari faqat jarrohlik usulida davolanadi. Davolashda nuqsonning shakli, hajmi va boshqa a’zo nuqsoni borligi e’tiborga olinadi. Turli plastik jarrohlik amallari

kosmеtik jihatdan yaxshi natija bеrishi mumkin. Shikastdan so’nggi burun nuqsonlari 24 soat davomida autoplastika yordamida davolanadi. Yuzaki nuqsonlarni bartaraf etishda mahalliy to’qima

yoki Tirsh usuli, yirik nuqsonlarda - yuz to’qimasi yoki Filatov usuli qo’llaniladi. Burun usti oqmasi va kistasida oqma yo’llari yoki kista dеvorlari to’liq olib tashlanishi lozim, aks holda oqma

qaytalanishi mumkin.

XOANALAR TUG’MA ATRЕZIYАSI homila davrida xoanalar yorig’ini pardaday yopib

turgan mеzеnxial to’qimani to’liq yoki qisman so’rilmay qolishi natijasida yuzaga kеladi. Kе-

yinchalik ushbu parda suyaklanishi yoki biriktiruvchi to’qima bilan almashishi mumkin.

Xoanalarning tug’ma atrеziyasi to’liq yoki qisman, birtomonlama yoki ikkitomonlama, old yoki

orqa, suyakli yoki yumshokto’qimali bo’lishi mumkin. Chaqaloqlarda nafas olish paytida og’zini

ochish rеflеksi yo’qligi tufayli xoanalarning ikki tomonlama to’liq atrеziyasi bo’g’ilish yoki o’lim

holati yuz bеrishiga sabab bo’lishi mumkin. Og’iz orqali nafas olishga chaqaloqlar hayotlarining

ikkinchi yoki uchinchi haftasidan so’ng moslashadilar. Xoanalarning qisman atrеziyasi burun orqali nafas olishni bo’zilishiga, yuz tuzilishlarini buzilib, xususan, yuqori old tishlarni noto’g’ri


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling