Mavzu: Buxgalteriya balansi. Iqtisodiy axborotning deyarli ko`p qismini buxgalteriya xisobi
Download 108.5 Kb.
|
buxgalteriya balansi
Mavzu: Buxgalteriya balansi. Iqtisodiy axborotning deyarli ko`p qismini buxgalteriya xisobi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sub'ektlarning faoliyatini rejalashtirish demokratik prinsipga muvofiq ilmiy asosda rejalarni ishlab chiqarishni taqozo qiladi va mexnat jamoasining keng ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Bunda xar bir sub'ekt tarmoqning uzoq muddatli vazifalaridan kelib chiqib va xududni kompleks rivojlantirish rejalarini xisobga olib uzining ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyotining istikbollarini ishlab chiqadi. Xisobot ma'lumotlari ma'lum bir davrda erishilgan xaqiqiy natijalarni aks ettiradi, uning asosiy qismi buxgalteriya xisobida kursatiladi. Xozirgi paytda barcha iqtisodiy axborotning deyarli 3/4 qismini buxgalteriya xisobi beradi. Sub'ektlarda buxgalteriya xisobini shunday tashkil etish lozimki, u iqtisodiy ma'lumotlar tizimini iloji boricha tula aks ettirishni ta'minlashi kerak. Buxgalteriya xisobi ayrim sub'ektlarda sodir bo`layotgan xo`jalik mablag’lari va jarayonlarining xarakatini ma'lum xujjatlar bilan asoslangan xolda ruyxatga olish va pulda baxolab umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimidir. U sub'ektning xujalik faoliyatini boshqarish va unda xujalik xisobini joriy ettirishning muxim vositasi xisoblanib, sub'ektning mablaglaridan tugri va unumli foydalanish va uning butligini ta'minlash ustidan xam dastlabki, xamkorlik) va kelgusi nazoratni yuritish imkonini beradi. Buxgalteriya xisobi yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablaglarining xarakati kuzatiladi va nazorat kilinadi, maxsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’lik xarajatlar aniqlanadi, xujalik faoliyatining moliyaviy natijalari va sub'ektlarning umumiy mulki xaqidagi ma'lumotlar yig’iladi. Buxgalteriya xisobi xar kanday tizimda xam quyidagi uchta funksiyani bajaradi 1) axborot berish 2) nazorat qilish 3) boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish. Bu funksiyalarni bajarishda buxgalteriya xisobi xar xil usullar, texnika va shakllardan foydalanishi mumkin. Shuning bilan birga, buxgalteriya xisobi xar xil ijtimoiy tizimlarda muayyan ijtimoiy tizimning maqsadlariga qarab xar xil vazifalarni bajarishi mumkin. Buxgalteriya xisobi iqtisodiyotning xar bir rivojlanishi bosqichida xalq zimmasiga tushgan barcha xujalik va barcha siyosiy vazifalarni bajarish xizmatidadir. Shuning uchun buxgalteriya xisobi boshqarish va nazorat qilish vositasi va xujalik faoliyati xaqida aniq va juda sifatli axborot manbai sifatida ayniqsa xozirgi paytda muxim vazifa xisoblangan moddiy, mexnat va moliyaviy resurslardan oqilona xamda tejab-tergab foydalanish ustidan qat'iy nazoratni amalga oshirish, isrofgarchilikka qarshi qat'iy kurash olib borish, bunday xodisalarning oldini olish choralarini kurish, ug’riliklar va qonunlarni qupol ravishda buzish xollarining oldini olish va ochib tashlash kabi vazifalarni amalga oshirishda katta axamiyat kasb etadi. Download 108.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling