Mavzu: buxgalteriya balansi va uning tuzilishi
Download 1.04 Mb.
|
Buxgalteriya.Balans
Aktiv va passiv moddalarini baholashning haqiqiyligi buxgalteriya hisobi ma’lum otlari ishonchliligi bilan ta’minlanadi. Balansdagi moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar hisobot yili boshiga va hisobot davri oxiriga ko‘rsatiladi. Bunday tartib o‘rnatilishiga sabab, ikkala muddatdagi ma’lumotlarni o'rganish, taqqoslash orqali xo‘jalik mablag’lari va xo‘jalik mablag’larining tashkil topish manbalarini o‘zgarib borishi haqida xulosaga, ma’lum bir zarur fikrlarga kelish mumkin. Ularning natijasida oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Korxonalar balansi hisobotning bir shakli sifatida o‘rnatilgan tartib bo‘yicha korxonalar oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisoboti tarzida tasdiqlangan shaklida blankalarga tuziladi. Undagi ko‘rsatkichlar umumiy bir o’lchov birligida, ya’ni pul ko‘rsatkichida aks ettiriladi.Bu andozadagi balans blankasidagi satrlar bir nechta bo’lib,moddalari ham turlichadir. Ammo undagi moddalarning nechtasida ko‘rsatkichlar aks ettirilishi, xo‘jalik korxonaning qaysi tarmog‘iga qarashliligiga, korxona qaysi mulkchilik shakliga asoslanganligiga,uning faoliyat miqyosi qay darajadaligi kabi omillarga bog’liq bo’ladi. Balansning ahamiyati shundaki, undagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati o‘rganiladi, tahlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari, iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona haqida ma’lumotga ega bo’lishida katta ahamiyat kasb etadi.Balansning asosiy malumot manbai bo’lib , buxgalteriya hisobining boshlangich va yig‘ma hujjatiari hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili yoki o‘ziga xos usuli hisoblangan «Ikkiyoqlama yozuv» balans tomonlarining tengligini ta’minlovchi usuldir. Balansdagi xo‘jalik mablagiari va ularning kelar manbalari bo‘yicha oxirgi qoldiq asosan bosh kitobdan olinadi. Buxgalteriya balansi nazorat bo’lib ham hisoblanadi. Agar buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlarining tengligi ta’minlanmasa, buxgalteriya yozuvlarida xatolikka yo’l qo‘yilgan bo’ladi yoki mablag’lar va ularning kelar manbalarining to‘g‘ri joylashmaganini bildiradi. Balans turli belgilari bo‘yicha tavsiflanadigan bir necha turlarga boiinadi.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling