Mavzu: Buxgalteriya hisobi qonuni va uning ahamiyati


Download 86.29 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi86.29 Kb.
#1047308
Bog'liq
buxgalteriya hisobi qonuni

Mavzu:Buxgalteriya hisobi qonuni va uning ahamiyati

bajardi: 40-21 guruh talabsi Asrorov Azlarkhon

Tekshirdi: Xudoyorov Rashid

Reja: 1. Qonunning maqsadi. 2.Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari 3. Buxgalteriya hisoblari tartibi va ularni tartibga solish

1. Qonunning maqsadi va vazifalari O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan buyon buxgalteriya hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda. Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimi tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodi sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribgina qolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabul qila olishi uchun xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyati haqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab beruvchi sohaga aylanadi. Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muomalada qatnashuvchilarning buxgalteriya hisobi sohasida qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va majburiyatlari bo‘lib talab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv formasidir. Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari, huquqiy munosabatlar, yuridik javobgarlik kabi qator elementlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimlari uchun «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun asosiy huquqiy baza hisoblanadi. Qonunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari soha bo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq va majburiyatlari buxgalteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamoyillari, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlari va hisobot tayyorlash kabilar belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy boshqarish tizimini ko‘zda tutadi. Birinchi daraja – qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun. Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgalteriya standartlari.

BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY VAZIFALARI Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat: - buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli va harakati, mulkiy huquq va majburiyatlarning ahvoli haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni tuzish; - samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlarni umumlashtirish; - moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish. Hozirgi zamon hisob adabiyotlarida buxgalteriya hisobining vazifasi quyidagicha bo‘linadi: - rejali; - nazoratli; - ma’lumotli; - tahliliy (baho); - hisobli. O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, xususiy shakldan qat’i nazar, yuridik shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqarmalari, ularning Respublikamizda va undan tashqarida joylashgan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shu’ba bo‘linmalari buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘la oladi. Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy va joriy aktiv, majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat (chiqim)lar, foydalar, ularning harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari bo‘ladi.

Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma- bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolik-huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobi bobida xalqaro miqyosda uyg‘unlashtirish zaruriyati taqozo etdi. Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi. Tahlil (baholash) Korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlarni hisoblab chiqish, mavjud rezervlar hajmini belgilash, uskunalar, mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasini oshirish, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.  Hisob Korxona xo‘jalik faoliyatining hujjatlar asosidagi yalpi, uzluksiz va o‘zaro bog‘langan ifodasidir. tasarrufida mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslardan qanday qilib yaxshiroq foydalanish to‘g‘risida xolis va asoslangan qaror qabul qilishi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati to‘g‘risida axborot to‘plash, uni qayta ishlash va uzatish vositasiga aylandi. Hozirgi paytda buxgalterlar ishiga qo‘yiladigan talablar tubdan o‘zgarmoqda. Buxgalter korxona rahbariga moliyaviy ahvolning barqa- rorligini oshirishga imkon beradigan yo‘llarni ko‘rsatib berishi, iqtisodiy tahlil, umuman korxonaning pul oqimlari va moliyasini boshqarish bilan, ya’ni moliyaviy menejment bilan shug‘ullanishi kerak. Buning uchun,eng avvalo, buxgalterlar BHMA larini va hisob ishlariga oid me’yoriy- huquqiy hujjatlarni bilishlari lozim. Ana shundagina buxgalteriya hisobini samarali tashkil qilishga erishish mumkin.

Buxgalteriya hisobini tartibi va tartibga solish buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasidadir. Buxgalteriya hisobi standartlari buxalteriya hisobotlarini yurutish va moliyaviy hisobotni tuzishga doir minimal talablarni belgileydi.


Download 86.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling