3-modda. Buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari: Qonunning 3-moddasida zamonaviy huquqni qo’llash amaliyotini hisobga olgan holda eski hujjatning 6-moddasida belgilangan 11 ta asosiy printsiplarning bahzilari boshqa moddalarning alohida normalari sifatida chiqarilganligi va bahzilari esa bir xil mazmun kasb etganligi sababli, uzluksizlik, ishonchlilik va ko’rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi qoidalar buxgalteriya hisobining asosiy printsiplari sifatida belgilandi.
Masalan, buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish
4 va 15-moddalarda, aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi 4 va 17-moddalarda, xo’jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarning pulda baholanishi 17, 18 va 19-moddalarda, hisoblash va hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi printsiplari 18-moddada aks ettirilgan bo’lsa, - aniqlik, oldindan ko’ra bilish (ehtiyotkorlik), mazmunning shakldan ustunligi va moliyaviy hisobotning betarafligi kabi qoidalar esa ishonchlilik printsipining mazmunini ifodalaydi. SHu bois, ular alohida mustaqil printsiplar sifatida qayd etilmadi.
6-modda. Buxgalteriya hisobi subhektlari: Qonunchilikka muvofiq hisob yuritishi shart bo’lgan buxgalteriya hisobi subhektlari ro’yxatini aniqlashtirildi. Ushbu moddaga doimiy muassasa ko’rinishidagi solik to’lovchi hisoblangan chet ellik yuridik shaxslarning O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatuvchi filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo’linmalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hisob yuritishi va hisobot taqdim etishini nazarda tutuvchi qo’shimchalar kiritildi.
7-modda. Buxgalteriya hisobi obhektlari: Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarining Kontseptsiyasiga ko’ra, moliyaviy hisobotlarning element (obhekt) lari bo’lib aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar hisoblanadi. SHu bois, Qonunning 7-moddasi ushbu talablarga moslashtirildi. Bundan tashqari, milliy va xalqaro amaliyotda “asosiy aktivlar” tushunchasi qo’llanilmasligi va uning o’rniga “uzoq muddatli aktivlar” tushunchasi ishlatilishi bois buxgalteriya hisobi sohasidagi tushunchalar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirildi. Yahni, mazkur moddada ham uzoq muddatli ham joriy aktivlar tushunchasini qamrab oladigan umumiy bo’lgan “aktivlar” tushunchasi kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |