Mavzu. Buyruqlar tizimi arxitekturasi
Operandlarni adreslash tartiblari (rejimlari)
Download 1.21 Mb.
|
RtBrk8aRJ9MFPZgsDpczmKWugHBDJjERlOJUiS5e
Operandlarni adreslash tartiblari (rejimlari)
Mikroprotsessor ko’rsatmasidagi operandlarni quyidagi usullar bilan ko’rsatish mumkin:
IA-32 arxitekturasi 16-bitli protsessorlar bilan mos kelishi uchun 16-bitli va 32-bitli operandlarda ishlaydigan ko’rsatmalar uchun bir xil kodlardan foydalanadi. Xotiradagi operand uchun adresni ko’rsatishda yangi arxitektura, shuningdek, yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Protsessor operandni yoki uning adresini qanday o’qishi operandning samarali o’lchamiga va berilgan buyruq uchun samarali adres o’lchamiga bog’liq. Bu qiymatlar ishlash tartibiga, ishlatilayotgan segment deskriptorining D-biti va buyruqda ma’lum prefikslar mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Bevosita adreslash tartibi ko’rsatma kodiga operand-manbani qo’shishni nazarda tutadi.
Registrli adreslash tartibi operand-manbani yoki UIR registrlardan birida operand-qabul qiluvchini aniqlaydi (EAX/AX, EBX/BX, ECX/CX, EDX/DX, ESI/SI, ESP/SP, EBP/BP – agar operandning samarali o’lchami 16 bo’lsa, 16-bitli registr, yoki, aks holda 32-bitli registr) yoki ularning kichik baytlari (AH, AL, BH, BL, CH, CL, DH, DL); segment registrlari (CS, DS, SS, ES, FS, GS); bayroq registri (32-bitli operandlar uchunEFLAGS yoki 16-bitli uchun FLAGS); boshqaruvchi registrlar (CR0/MSW, CR2, CR3, CR4) va tizimli jadval registrlari (GDTR, LDTR, IDTR, TR); otladka registrlari (DR0-DR7); mashinaga-bog’liq registrlar (MSRs); soprotsessor registrlari, MMX va XMM. Ba’zi hollarda (masalan, DIV va MUL ko’rsatmalarida) 64-bitli (32-bitli) operandlarni shakllantirishda 32-bitli (yoki 16-bitli) registrlar juftliklaridan (masalan, EDX:EAX) foydalanish mumkin. Operandning joylashishi operatsiya kodida bo’lgan adreslash, oshkormas adreslash bo’ladi. Odatda operand protsessorning maxsus registrida joylashadi, masalan, akkumulyator-registri yoki stek cho’qqisida. Kiritish-chiqarish portlari orqali adreslash operandni qabul qilish yoki operandni saqlash kiritish-chiqarish portlar fazosi orqali amalga oshirish demakdir. Kiritish-chiqarish port adresi yoki bevosita ko’rsatma kodiga kiritiladi, yoki DX registridan olinadi. Xotira orqali adreslasda operandni olish yoki operandni saqlash xotira orqali amalga oshirishni bildiradi. Shuning uchun, operand-manbani yoki operand-qabul qiluvchini ko’rsatish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, protsessor ikkala operandni bir vaqtning o’zida xotira orqali berishga imkon bermaydi (ba’zi bir zanjirli buyruqlardan tashqari). Operandni aniqlash usuli adreslash tartibi deb yuritiladi. 8086 mikroprotsessorda eng ko’p ishlatiladigan adreslar tartibini qaraymiz. Ular ikki sinfga bo’linadi — ma’lumotlarni adreslash tartibi va utish adreslash tartibi. Quyidagi adreslash tartiblariga bo’linadi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling