Мавзу: буюк британия 1871-1918 йилларда
Download 68.5 Kb.
|
13 Buyuk Britaniya
Mavzu: Buyuk Britaniya 1871-1918 yillarda. Reja: Kirish 1. V.Gladston va Benjamin Dizraeli "Қўzғolonchi Irlandiya" 2. Sotsializm va ishchilar xarakati 3. "Asr bitimi" va ingliz bur urushlari. Қirolicha Viktoriya ўlimi 4. "YUrakdan kelishuv", Devid Lloyd Djordjning "xalқ byudjeti" Xulosa Kirish: XIX asrning 70 - yillarida Angliya "Buyuk depressiya" deb nomlangan, uzoқ va oғir krizisni boshidan kechirdi. 1870-1914 yillarda Angliyada maxsulot ishlab chiқarish ikki marta ўsdi, ammo dunyoda (AҚSHda, Germaniyada) tўrt marta ўsdi. XIX 80-yillarda AҚSH, XX asr boshlarida Germaniya Angliyadan ўzib ketdi. Angliya avval savdo erkinligi siyosatiga amal қilgan bўlsa, endi protektsionizmga amal қilishi kerak degan ғoyalar keng yoyildi. Protektsionizm yosh kapitalizm uchun mos kelar, u xom ashyo, oziқ ovқat, arzon ishchi kuchini bir joyga tўplanishini talab қilar edi. Bular Angliyada mavjud emas edi. Ammo Angliya iқtisodiy jixatdan kemasozlik, mashinasozlik, tўқimachilik soxasida raқiblaridan ўzib ketgan edi. AҚSH va Avstraliyadan oziқ ovқat maxsulotlarini keltirilishi, 45 ta maxsulotning narxini 25 yilda 40%ga tushishga olib keldi. XIX asr oxirida ishlab chiқarish yanada kamaydi. Yirik sanoatdagi katta yoshdagi ishchilarni ish xaқlari yaxshi bўlib, ayollar, bolalar, kichik zavod ishchilarini maoshlari juda oz miқdorni tashkil etar edi. Xalқning axvoli oғir, 1G`3 қismi kambaғallikda yashar edi. Masalan: CHarl`s Buts 9 tomlik "London axolisini mexnatini va xayoti" asarini e`lon қildi. Bu asarda oddiy ingliz xalқining axvoli yoritilgan edi. V.Gladston va Benjamin Dizraeli "Қўzғolonchi Irlandiya" ijtimoiy-iқtisodiy xayot isloxotlarni talab қilayotgan edi. Liberallar va konservatorlar bu isloxotlarni ўzlaricha amalga oshirishga intildilar. Gladeton kabineti boshlanғich maktabni islox қildi, armiyada қator isloxotlar ўtkazdi. YOllanma xarbiy xizmat 12 yildan 6 yilga kamaytirildi. U xarbiy amallarni sotib olish xolatlariga chek қўydi. Xukumat davlat xizmatiga kiradiganlardan imtixon ola boshladi, parlament saylovlari yashirin ўtkazila boshladi - saylovchilarni sotib olishga chek қўydi. 1871 yildagi akt bilan trend-yunionlar қonuniylashtirildi. Gladston spirtli ichimliklarni cheklash uchun kurashda maғlubiyatga uchradi. 1872 yil Krismal saroyida Dizraeli xalққa juda katta vadalar berib, xokimiyat uchun yўl ochdi. Konservatorlar 1874 yilda "tadbirkorlar va ishchilar xaқida қonun" қabul қildi, ishchilarga ba`zi erkinliklar berildi. "Xalқ xayotini yaxshilash uchun" kurashdilar. Muntisipaletlar arzon uy joylar қurishga xuқuқini oldilar, iste`mol maxsulotlari sifati ustidan davlat nazorati ўrnatildi. 1874 yildan Umumpalatada 2 ta ishchi deputatlarti ўrni paydo bўldi. 1880 yilda navbatdagi xokimiyat almashinuvi amalga oshirildi. Britaniya ekspedittsion korpusi chet mamlakatlarda maғlubiyatga uchradi. 1884 yilda Gladston xukumati saylov xuқuқlarini kengaytirdi. Graflik kengashlariga қonuni kuchga kirib, maxalliy boshқaruv vujudga keldi. 80 yillarda D.CHemberlon radikal dasturini ilgari surdi. Randalor, CHerchill’ "xalққa ishon" siyosatini amalga oshirdi. Ammo Angliyada xўjaliқtsagi axvol oғirlashdi. 1887 yil 13 noyabrda Traffalgar maydonida yuz minglab namoyishchilar ўққa tutilib, tarixga "қonli yakshanba" nomi bilan kirdi. Gladston umupalatatada irlandlar kўmagiga muxtoj edi. 19 asrda Irlandiya mustaқil davlat belgilaridan xamon maxrum edi. 40-50 yillardagi ochlik, axolining kamayishi, agrar krizislar Irlandiya iқtisodiyotini xarob қildi. Ammo tez orada қulay iқlim sharoiti tufayli chorvachilik tezlik bilan rivojlandi. CHorvador-rancherlar қatlama boyib bordi, mayda fermerlik rivojlandi. Irlandiyada terroristik aktlar, ўғirlik, jinoyatlar kўpaydi. Қadimgi xalқ ananalarini tiklash uchun kurash boshlandi. Sotsializm va ishchilar xarakati Butun Evropani қamrab olgan sotsializm ғoyalari buyuk Britaniyani 70-80 yillarda keng қamrab oldi. K. Marks va F.Engelslar xam Angliya kapitalizmini chuқur tadқiқot қildilar. 1884 yilda sotsial demokratik ittifoқ (SDF) vujudag keldi. SDI ўz gazetasi "Djastis" adolat gazetasida kapitalizmni "fosh" etib, Marks ғoyalarini tarғib қildi. SDI va uning raxbari Gaidman GF nazariyada dogmatizm, tantikada sektantlikdan aziyat chekat edi. SDI ommadan uzilgan, revolyutsion kayfiyatdagi intelegentsiyani tor guruxi edi. SHu yili fabianlik oқimi vujudga keldi. Ular maқsadga evolyutsion yўl bilan erishmoқchilar. Sidney va Beatrisa Vebb, dramaturg Berkad SHou, fantastik yozuvchi Gerbert Uelslar bu oқimning yirik namoyondalari edilar. Fabianlarning siyosiy қarashlari "munitsional sotsializm" nomini oldi. B.SHou "millioner" uchun traktat asarini yozdi. Fabianlar: xususiy mulkni xar қanday kўrinishda davlat қўliga ўtishni sotsializmga ўtish deb atadilar. Xususiy kapital va shaxar boshқarmasi bilan raқobatta barcha imtiyoz shaxar boshқarmasi қўlida bўladi deb xisobladilar. 1889yil avgustda "Donyorlarning buyuk stachkasi" yuz berdi: ish xaқini kўpaytirish,ish soatini kamytirish,ijara usulidan vos kechish talablarini қўydilar. Bustachkada stivdorlar (doimiy ishchilar), tikuvchilar, transportchilar xam қўshildilar. U xarakatlar libiral ўzgarishlarga yaxshi xayotga bўlgan ishonchni yўққa chiқardi. 1893-yilda D.Keyr.Gardi boshchiligida mustaқil ishchi partiyasi vujudga keldi. Ular ishchilar xarakatini libirallar tomonidan bўysindirilishiga қarshi kurashdilar va umum palataga 2 deputat saylashga erishdilar. Ular bir қator progressiv ғoyalarni ilғor surdilar, ammo ular xam oschilik edilar. Bu xarakatlardan cherkov xam chetta turmadi. Arxiepiskov Iorkskiy: "Ijtimoiy tuzim isloxatlarni talab қilmoқda" deb yozgan edi. Turli tuman xristian sotsializm ғoyasi keng tus oldi. Ular ishonch, imon va maktab orқali adolatga, қutқarishga erishish mumkin deb xisobladilar. Barcha profsoyuz lidirlari diniy talim olgan edilar. "Asr bitimi" va ingliz bur urushlari. Қirolicha Viktoriya ulimi Ўz raқiblariga javob sifatida Buyuk Britaniya xududiy ekspansiya siyosatini keskin kuchaytirdi. XIX-asrning sўnggi yillarida Osiyo va Afrikada mustamlakachilik ovi keskin kuchaydi. "Savdo bayroқ ortidan boradi" shiori keng yoyildi. CH.Dikk: "YAnada buyuk Angliya," Dj.Sili: " Angliya ekspansiyasi " asarlarida mustakamlachilik siyosatini қўllab-қuvvatladilar. General Kitchener: Afrikani shimolidan janubiga tomon 700 ming mil temir yўllar, 2000 telegraf liniyasini қurib bitirdi. 1875 yilda Misr sultoni Ismoil Suvaysh kanalini aktsiyalarini inglizlarga sotadi. Bu "Asr Bitimi" 4million funt sterlingga baxolaniladi. Angliya Frantsiyani doғda қoldirib, Suvaysh kanalini nazorat қilish xuқuқini қўlga kiritadi.Suvaysh kanali 1859-1869 yillarda қurilgan. Aktsiyalarni dastlab 53 foiz Frantsiyaga қaragan. Bu ғalabadan sўng Viktoriya-Xindiston қirolichasi nomini olgan. Mustamlakachilik siyosatining kuchaytirilishi Angliyadagi juda kўplab sanoat tarmoқlarini rivojlanishiga turtki bўldi. 1875 yilda Boskiya va Gertsogovina, 1876 yilda Bolgariyada milliy ozodlik xarakati avj oldi. Rossiya xukumati ҳam slavyanlarga yordamga keldi. Turkiya Angliyadan yordam sўradi. 1877 yilda Rossiya-Turkiya urushlari boshlandi. Angliya va Rossiya ўrtasida қarama-қarshiliklar vujudga keldi. 1878 yil 13 iyundan 13 yulgacha Berlin kongressi bўldi. Rossiya ўzini ba`zi davolaridan voz kechdi. Turkiya Kipr orolini Buyuk Britaniyaga topshirdi. 80-yillarning boshida Misr tўla Britan mustamlakasiga aylantirildi. SHu davrda Afrikani janub va shimol mustamlakalarini birlashtirish, butun Nil oқimini egallash fikri tuғildi. Frantsiya қўshinlariga bu xududlardan jўnab қolish taklif etildi. Frantsiya bunga sўzsiz rozi bўldi. Kairdan Keyptaungacha yўl ochildi. Asosiy e`tibor Tranvall’ Respublikasi va Oranjereyaga қaratildi. Bu respublikalarda burlar yashar, oltin va olmosga boy edi. Bu respublikalarda inglizlar uitlenderlar ҳam yashar edilar. Ingliz-Bur urushlari 1899-1902 yillarda bўlib ўtdi. Angliya ғalaba қozondi. Angliya 23 ming yarador, 22 ming ўldirilgan, 222 million funt sterling mablaғdan ayrildi. Britaniya xarbiylari bu xududtsa katta vaxshiyliklarni amalga oshirdilar. Britaniya yakkalik siyosatiga sodiқ қoldi. Ammo Britaniya қudrati darz keta boshlagan, Germaniya kўp soҳalarda Buyuk Britaniyadan ўzib ketish uchun intilmoқda edi. 1901yil yanvarda қirolicha Viktoriya vafot etdi. U X1X-asrning 30-yillarida taxtga chiққan edi. Ingliz қirollari қirollik қilishadi, ammo boshқarmaydi. Қirolicha bir butun davrni simvoliga aylandi. Viktorian aҳloқi, қarashlari, adabiyoti, arxitekturasi, terminlari faқat Angliyada emas, balki butun dunyoda қўllanila boshlandi.U қirollik xokimiyati avtoritetini kўtarishga muvaffaқ bўldi, barcha қonun қoidalarga қat`iy amal қildi. Uning ўғli eduard VII engil xayot tarziga ўrgangan edi. 1903 yilda eduard Parijga boradi va "Ҳalқaro ezolyatsiya davri" tamom bўldi. "YUrakdan kelishuv", Devid Lloyd Djordjning "xalk byudjeti" 1904 yilda muammoli masalalarda ўzaro kelishuv asosida shartnoma imzolandi. Bu shartnomaning yashirin bandida Misr va Marokko masalalari ўzaro kelishib olindi. Bu shartnomada ittifoқ, ҳamkorlik ҳaқida ҳech қanday fikrlar yўқ edi. Frantsuz matbuoti bu kelishuvni "Antant kordial’"- "YUrakdan kelishuv" deb atadilar. XX-asr boshlariga kelib asosiy kurash Bolқondan Osiyo va uzoқ SHarққa kўchdi. 1907 yilga kelib, mana shu xududlarga oid ingliz-rus shartnomalari imzolandi va bu xududlar ўzaro ta`sir doiralariga bўlindi. SHu tariқa bўlajak xarbiy bloklarga asos solina boshlandi. XX- asr boshlariga kelib, turli siyosiy partiya va guruxlarning ijtimoiy faolligi susaydi, mamlakat xayotida yangi siyosiy ўzgarishlar uchun vaziyat vujudga keldi. 1900 yil fevralda London memorial -xollda yarim millionli kasaba uyushmalari , Z ta sotsialistik tashkilotlar ishchi vakillari komiteti tashkil topdi. 1900 yilggi saylovlarda konservatorlar ғalaba қozondilar. "Tafor vodiysining ishi" Angliya mexnatkashlarini larzaga soldi. 1905 yildan IVK leyboristlar partiyasini tashkil etdilar. Leyboristlar "Tafor vodiysining ishi"ni beko қildilar. Leyboristlar partiyasiga ikki turda a`zo bўlish mumkin edi: 1.yakka tartibda; 2. ommaviy. Masalan : tredyunionlar ommaviy tarzda kirganlar. Bu partiyaning xar bir a`zosi mustaқil va erkin ovoz berish xuқuқiga ega edi. Leyboristlar ўrtasila kўplab sotsializm ғoyalari tarafdorlari mavjud edi. Leyboristlar parlamentda juda iliқ kutib olindi. Ular ўzlarini "xuddi ўylaridagidek" tutdilar. Ular barcha қadimiy urf-odatlarga қat’iy amal қildilar. 1905 yilda liberallar kabinetiga D.L.Djordj bir marta savdo ministri lavozimida kirdi. U ota-onasidan erta ajraladi. U advokat lavozimida faoliyat olib borgan. U avval Uel’s miilliyligi bayroғi ostida kurashga chiқadi. 27 yoshida parlament saylovlarida ғalaba қozonadi. L.D.Djordj "қўzғolonchi" nomini oladi. U aristokratiyani қattiқ tanқid ostiga oladi, қirol oilasini xarajatlarini kamaytirish kerak degan talabni ilgari suradi. U қattiқlik, turli manyovrlarni ustalik bilan қўllash, turli tomonlarni kelishtira olish kabi maxoratlarga ega edi. U ҳazina kantsleri lavozimini egallaydi. 1909 yilda Djordj қuyi palataga ўzining birinchi byudjetini takdim etadi. U ўz dasturiga "Xalқ byudjeti" nomini beradi. Bu dasturda yangi modda- қarilik pensiyasi (70 yosh), mexnat birjalarini қўllab-қuvvatlash, xarbiy dengiz xarajatlarini 4 marta oshirish, soliқ sistemasini isloҳ қilish, aҳolining boy tabaқalaridan olinadigan soliқlarni kўpaytirish kabi ўzgarishlar bor edi. Konservatorlar bu dasturga juda қattiқ қarshilik kursatdilar. 1909 yil noyabr oyidagina umum palata bu byudjetni қabul қildi. Oliy palata bu byudjetga juda katta қarshilik kўrsatishga қaramay, bu byudjet қabul қilindi. Mamlakat xayotidagi katta ўzgarishlarga sabab bўlgan bu қonunlar 1911 yildan kuchga kirdi. XULOSA Ҳukumat va DJordjning barcha xarakatlari mamlakatdagi keskinlikni yumshata olmadi. Ishchilar va xukmron doiralar ўrtasidagi kelishmovchiliklar davom etdi. 1911 yilda konchilar, dokkerlar, dengizchilar, kўmir қazuvchilar қўzғolon kўtardilar. Ular ish xaқini oshirish, kasaba uyushmalarini tan olish, 8 soatlik ish kunini joriy қilish va boshқa talablarni қўydilar. Irlandiyada ҳam keskinlik davom etdi. 1912 yilda parlament Irlandiya uchun 3 - gomrul ҳaқida Bill’ni қabul қildi.ammo bu ҳam Irlandiyaga ҳaқiқiy mustaқillik bermas edi. Ol’ster Irlandiyadan ajralish uchun ўz armiyasini Germaniya yordamida tashkil қildi. Irlandiya ҳam "milliy volontyorlar" қismlarini tuzdi. Irlandiya fuқarolar urushi ҳavfi ostida қoldi. Bu davrda Angliyada ayollarning norozilik xarakatlari keng tus oldi. Faқatgina 1918 yildagina ayollar erkaklar bilan teng xuқuққa ega bўldilar. TAYANCH SЎZ VA IBORALAR: Protektsionizm, Depressiya ,Konservator ,Radikal, ekpeditsion korpus ,Rencher Krizis, Terrorist, Gel Fabianlik, Fantast, Donor ,Stachka ,Stivdor Munitsipal NAZORAT SAVOLLARI: 1.Nima uchun Angliyada X1X-asrni 2 -yarmidan sanoat ishlab chiқarishisekinlashdi? 2."Ҳalққa ishon" dasturini maқsadi nima edi? 3.Fabianlik oқimi ҳaқida nimlarni bilasiz? 4.Ingliz-Bur urushlarining sababi va oқibatlari ? 5."Ҳalқ byudjetining" progressiv aҳamiyati nimada? 6."YUraқdan kelishuv bitimi"ning moҳiyati. Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling