Mavzu: buyurtma taqdimnoma reja
Download 27.35 Kb.
|
BUYURTMA TAQDIMNOMA
“Saygachi” davat buyurtmaxonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 29.11.91-yildagi 311/42-sonli qarori bilan tashkil qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida joylashgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 11.02.2001-yildagi 33/1-sonli qarori bilan buyurtmaxona tartibining amal qilish muddati 2010-yilgacha uzaytirildi. Buyurtmaxona maydoni 1 mln ga. Buyurtmaxona sayg‘oqlar va ular yashash joylari migratsiya yo‘llari, qishlash va ko'payish yerlari, shuningdek, boshqa, birinchi navbatda, qizil kitobga kiritilgan hayvonlar-tuvaloq, yo‘rg‘a-tuvaloq kabilarni muhofaza qilish maqsadida tashkil qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi.“Sudochi” davlat ornitologik buyurtmaxonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 29.11.91-yildagi 311/42-sonli qaroriga muvofiq tashkil qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida joylashgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 11.02.2001-yildagi 33/1-sonli qaroriga muvofiq buyurtmaxona tartibining amal qilish muddati 2010-yilgacha uzaytirildi. Buyurtmaxona maydoni 50 ming. ga. Ornitologik buyurtmaxonasining tashkil qilishdan maqsad-Amudaryo sohili bo'yidagi suv-botqoqlik joylari biologik kompleksini saqlab qolish, uchib o‘tadiga qushlarni, ular ko‘payishi va dam olishi joylarini muhofaza qilishdan iborat. Har yili ko‘lda 100 minglab suvda suzuvchi va suv yaqinida yashaydigan qushlar dam oladi va ko‘payadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi.“Muborak” davlat buyurtmaxonasi Qashqadaryo viloyati hokimiyatining 5. 12.98-yildagi Н-344/12-sonU qarori bilan tashkil qilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona maydoni o‘zgartirilgan-219534 ga. Tashkil qilishdan maqsad - yo‘rg‘a-tuvaloq. Uning yashash joylari va boshqa yovvoyi hayvonlar yashash joylarini saqlab qolishdan iborat. Qashqadaryo viloyati ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi ixtiyorida. “Oqtog’” davlat buyurtmaxonasi Navoiy viloyati hokimiyatining 21,04.97-yildagi К-113-sonli qarori bilan tashkil qilingan (muddati cheklanmagan). Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Oqtog’ tizmasida joylashgan. Buyurtmaxona maydoni 15420 ga. Tashkil qilishdan maqsad - “Oqtog” ’ tog"li mavzesi tabiiy kompleksini saqlab qolish. Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi ixtiyorida.Download 27.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling