Mavzu Buzilishlarning taqsimlanish qonunlari -2soat


Tasodifiy miqdorlarning taqsimlanishi


Download 172.87 Kb.
bet3/9
Sana04.04.2023
Hajmi172.87 Kb.
#1326519
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu 5 INvaDA 2022 2023 (1)

5.2 Tasodifiy miqdorlarning taqsimlanishi


Muhandislik topshiriqlarini yechishda, masalan, transport vositalari detallari, uzellari va agregatlarini almashtirishga bo‘lgan talabni aniqlashda yoki ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni rejalashtirishda buyumlarning o‘rtacha ishlash muddatini (resursini) va ushbu o‘rtacha miqdor atrofida ayrim resurslarning qanday guruhlanishini bilish zarur. Shu sababli tasodifiy miqdorlarning taqsimlanish qonunlarini bilish katta ahamiyatga ega.
Tasodifiy miqdorlarning taqsimlanishi qonuni deb tasodifiy miqdorlar L va unga tegishli har qanday taqsimlanish zichligi , buzilish ehtimolligi , buzilmasdan ishlash ehtimolligi larining o‘zaro munosabati tushiniladi. Keltirilgan har bir bog‘lanish taqsimlanish qonunini aniqlaydi. Taqsimlanish qonuni, bu tasodifiy miqdorlar (L)ning nisbiy buzilishlar ulushi (r) bilan o‘zaro bog‘liqligidir.

;

(5.1)

bu yerda: nisbiy buzilishlar ulushi;
m – oraliqdagi buzilishlar soni;
– Nazorat ostidagi buyumlar soni.
Tasofidiy miqdorlarning taqsimlanish qonunlari buzilishlarning kelib chiqish sabablariga bog‘liq.

5.3 Tasodifiy miqdorlarning taqsimlanish xarakteristikalari


Agar texnik holat parametrining chegaraviy qiymati (YCh) belgilab qo‘yilsa, u holda buyumlarning ishlash muddatlari (resursi) bir-biridan farq qiladi, ya’ni buzilishgacha ishlash muddati tasodifiy miqdor hisoblanib, variatsiya(yoyilma)ga ega bo‘ladi (5.1-rasm).
Tasodifiy miqdorlarning xarakteristikalarini aniqlash uchun dastlabki ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Dastlabki ma’lumotlarga–buyumning ishonchliligini aniqlash uchun o‘tkazilgan nazorat natijalari yoki ma’lum davr bo‘yicha to‘plangan hisobatlardan olingan ko‘rsatkichlar (masalan, 1, 2, 3 buyumlarning buzilishgacha ishlagan muddati , , ,… yonilg‘i sarfi, texnik xizmat ko‘rsatish hamda joriy ta’mirlash uchun ketgan mehnat sarfi va boshqalar) kiradi.

Sinov natijalariga ishlov berish oraliqlar bo‘yicha olib borilsa, u holda quyidagilarni aniqlash zarur:


tasodifiy miqdorlarning ko‘lami:



(5.2)

bu yerda: tasodifiy miqdorlarning minimal qiymati, ming km;  tasodifiy miqdorlarning maksimal qiymati, ming km.
– sinov natijasida aniqlangan tasodifiy miqdorlarning taxminiy oraliqqa tushishini aniqlashda oraliqlar soni quyidagi formula orqali aniqlanadi:



(5.3)

Oraliqlar soni butun bo‘lishi kerak, shuning uchun hosil bo‘lgan son katta tomonga yaxlitlanadi (ayrim vaqtlarda oraliqlar sonini 8 dan 12 gacha olish mumkin).

Download 172.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling