Mavzu: Byudjet dsaromadlarining g’azna ijrosini tashkil etish


Davlat Budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi


Download 1.08 Mb.
bet4/5
Sana11.05.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1453113
1   2   3   4   5
Bog'liq
Byudjet daromadlarining g’azna ijrosini tashkil etish

Davlat Budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi:

  • Davlat Budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari Budjetlarining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi:
  • a) "Bosh jurnal" daftari;

    b) Budjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari kassa xarajatlari kitobi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, Budjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa Budjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi;

    v) Budjetlar bilan hisoblashuvlar kitobi, budjetlar va jamg’armalar bilan hisoblashuvlar, shuningdek jamg’armalar bilan ssudalar bo’yicha hisoblashuvlar kitobi;

    g) boshqa Budjetlar bilan hisob-kitoblar kitobi;

    d) Budjet mablag’lari daromadlari va tushumlari hisobi kitobi, jamg’armalar mablag’lari daromadlari va tushumlari hisobi kitobi.

Joriy yil bo’yicha Budjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar quyidagi tartibda to’g’rilanadi:

  • Joriy yil bo’yicha Budjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar quyidagi tartibda to’g’rilanadi:
  • a) mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar aniqlangan, memorial order ma’lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan hato noto’g’ri summalar va matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq tortish, kerak bo’lgan paytda chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir tuzatish bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi;

    b) buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi hato natijasida topilgan hato yozuv, uning xarakteriga muvofiq qo’shimcha memorial order tuzish orqali yoki "Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan so’ng hisobot davri buxgalteriya hisobi yozuvlaridagi topilgan hatolar ham huddi shu tarzda tuzatiladi. Hatolar "Qizil storno" usuli bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: hato yozuv qilib qizil siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yoziladi. Jami summalarni hisoblashda qizil siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yozilgan summalar yig’indisidan ayiriladi. Hatolarni tuzatish bo’yicha qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari, shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, odatdagi rekvizitlar bilan bir qatorda memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish kiritilgan memorial orderning tuzilgan sanasi va raqamiga asosan tuzilganligi ta’kidlab o’tiladi.


Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling