Mavzu: byudjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar


Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish tartibi


Download 137.4 Kb.
bet7/16
Sana06.04.2023
Hajmi137.4 Kb.
#1332775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
15-MAVZU.BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLAR

Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobotni tuzish tartibi


Ushbu hisobot Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Oliy ta’lim muassasalari mazkur hisobotni tuzishdan oldin quyidagilarni to‘g‘riligini tekshirib chiqadilar:

    • o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligini;

    • analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini;

    • tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘liq va to‘g‘ri yozilganligini. "1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i" qatoriga tegishli hisobvaraqlardan ko‘chirmalarga muvofiq hisobot yilining birinchi sanasiga mavjud to‘lov-kontrakt mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi.

"2. Hisobot davrida tushgan tushumlar - jami" qatorida "a, b va v" qatorlar bo‘yicha hisobot davriga tushgan daromadlarning yig‘indisi ko‘rsatiladi.
"3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatorida 4-ustun "Kassa xarajatilari - jami"da aks ettirilgan jami kassa xarajatlarining summasi ko‘rsatiladi.
"4. Hisobot davri oxiriga pul mablag‘i qoldig‘i" qatorida "1. Yil boshiga pul mablag‘i qoldig‘i” va “2. Hisobot davrida tushgan tushumlar – jami” qatorlarida aks ettirilgan tushumlarning yig‘indisidan hisobidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining ("3. Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari – jami" qatori bo‘yicha summaning) ayirmasi ko‘rsatiladi.
“Xarajatlar yoyilmasi”da to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan kassa va xaqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi.
Ushbu hisobot shakli tashkilotlar tomonidan har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar topshiriladi.
Quyida Ta’lim muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag‘lar harakati to‘g‘risida hisobot ko‘rsatkichlarini tegishli hisob registrlari va boshqa hujjatlar bilan o‘zaro muvofiqlik jadvalini keltiramiz.



    1. Download 137.4 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling