Mavzu: C++ kompilyatorlari va muhiti Dasturlash tillari bilan shug‘ullanadigan dasturchilar ba’zi bir terminlar bilan juda ko‘p to‘qnash kelishadi. C++ dasturlash tili ham bundan mustasno emas
Download 346.09 Kb.
|
Algoritimga kirish Labaratoriya
\n — bu simvoldan keyingi matnni pastki qatorga o‘tkazadi
\t — tabulyatsiya \b — bitta pozitsiyaga qaytish \» — qo‘shtirnoq \‘ — opostrf \? — so‘roq belgisi \\ — teskari slesh Bu simvollarga misol ko‘rib, bu maqolani tugatamiz.
NATIJA: Manchester United Manchester United»manchester United» 7- Mavzu:Matematik amallarni C++ tilidagi sintaksisi C++ dasturlash tili asosini o‘rganishni davom ettiramiz, bu maqolada, qiymat berish, amallarni bajarish kabi matematik bilimlarni dasturlashda qanday ishlatish kerakligini ko‘rib chiqamiz. Agar matematik kursini yaxshi bilsangiz, bu maqola siz uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi, faqat yozilish sintaksisi o‘zgaradi xolos. C++ dasturlash tilida, umumiy holda 2 xil operator mavjud: matematik operatorlar va birlashtiruvchioperator. Birlashtiruvchi operator bu — «=» belgisi hisoblanadi. O‘zidan chap tomondagi o‘zgaruvchiga, o‘zidan o‘ng tomondagi o‘zgaruvchini birlashtiradi. Misol uchun, x = y+z Ikki qiymat(y, z) bir biriga qo‘shiladi va «x» o‘zgaruvchiga natija beriladi. C++ dasturlash tilida bu amal shunday o‘qiladi, mana bunday emas: qo‘shish amalidan chiqgan natija bilan, «x» o‘zgaruvchi teng. Matematik operatorlar biz bilgan 5 xil ko‘rinishga ega: qo‘shish(+), ayirish(-), ko‘paytirish(*), bo‘lish(/) va modul bo‘lish(%). Yuqoridagi barcha operatorlar siz uchun tanish, faqatgina modul bo‘lish biroz ko‘p ishlatilmaganligi sababli esdan chiqgan bo‘lishi mumkin. Modul bo‘lganda, natija qoldiq qolgan son hisoblanadi. Misol uchun, 16%5 natija birga teng, ya’ni bir qoldiq. Yuqoridagi operatorlarga misol ko‘ramiz.
Natija: + ni tekshirish 35 — ni tekshirish 5 * va + ni tekshirish 55 / va qavsni tekshirish 5 modulni tekshirish 5 300 300 Misoldan ko‘rinib turibdiki, barcha amallar ishlaydi. Amallarni bajarish ketma-ketligi matematik qoidalarga rioya qiladi. Yana bir jihati qavs belgisi amallar ketma-ketligini o‘zgartirib yuborishi mumkin ekan. Ma’lum bir amallarni ajratib, blokga olib qo‘yish ham bu dasturlash tilida mumkin, bu bilan siz yozayotgan kodlaringizni tartibli bo‘lishiga erishishingiz mumkin bo‘ladi. Birlashtirish operatorini bir necha o‘zgaruvchiga bir paytning o‘zida ham berish mumkin(miolga qarang,var3=var4=var1*var2), bunda, var3 ham var4 ham bir hil(300) qiymatni qabul qiladi. С++ dasturlash tilida, «пробел«lar inobatga olinmasdan, amallar bajarilaveradi. Misol uchun: c=a+b hamda, c = a + b; bir hil natija beraveradi, xato chiqarmaydi, hattoki bir qator pastga tashlab, amallarni bajarishni davom ettirsangiz ham. Dasturlash tilining qulayliklarini ko‘rsatishni davom ettiraman, o‘zgaruvchi qiymatini , yana shu o‘zgaruvchiga berish kerak bo‘lsa, matematika nuqtai nazarida quyidagicha amalga oshirish kerak. int akmx = 10; int mu; mu = akmx + 20; akmx = mu; bu yozuvni matematikaga zid ravishda, c++ dasturlash tilida quyidagicha yozish mumkin. int akmx = 10; akmx = akmx+20; yoki undan ham yengilroq, akmx+=20; Ko‘rinib turibdiki, juda oson, shu ko‘rinishda boshqa amallarni ham ishlatish mumkin(-=, /=, *=, %=). Agar, o‘zgaruvchini bitta qiymatga oshirmoqchi bo‘lsangiz, quyidagicha yozish mumkin bo‘ladi. int akmx; ++akmx; akmx++; bu yozuv «akmx=akmx+1» yozuvi bilan bir hil qiymatga ega bo‘ladi. ++ belgisi oldin qo‘yilsa(prefiks), dastlab o‘zgaruvchi bittaga oshiriladi keyin amallar bajariladi, agar oldin qo‘yilsa(postfiks), dastlab, amallar bajariladi keyin natija bittaga oshiriladi. Misolda, «akmx» o‘zgaruvchi 2 ta qiymatga(++akmx, akmx++) oshirimoqda. Download 346.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling