Mavzu: Chavandoz haqiqatlari
Zafarga teng magʻlublik, magʻlublikka teng gʻalaba
Download 18.81 Kb.
|
Esse
Zafarga teng magʻlublik, magʻlublikka teng gʻalaba
Surxondaryoga koʻpkariga bordik. Safdoshlarimning yoʻlboshchisi men, ular koʻproq menga ishonishadi. Ammo oldin bir-ikki koʻpkarida uloq oldirib ichida menga adovat saqlab yurgan qoʻshni vohaliklar tadbir qoʻllashdi: oʻyin boshlanganda ot bilan yoʻlimni toʻsib, davradan chetga sura boshlashdi. Ularning fikru zikri uloq ayirishda emas, mening uloqqa yetib borishimga toʻsqinlik qilishda edi. Noiloj chekkaga oʻtdim-u, jandam (chavandozlar yaktagi) ning teskarisini kiydim. Boshimdagi qalpogʻimni va minib yurgan otimni ham safdoshlarimdan bittasinikiga oʻzgartirdim. Oqibatda, koʻrinmay qolgan meni izlash bilan band raqiblarni gʻaflatda qoldirib, ikki marta zot ayirib chiqishga muvafaq boʻldim! Koʻpkari soʻngida yana oʻz otim, oʻz kiyimimda koʻrinish berganimda shu yerlik chavandozlar menga imlab “Oxirida uloqqa kirgan toʻriq zoʻr chiqdi-yu, lekin baribir Safarga uloq oldirmadik, alam bilan ketadigan boʻldi” deb kulishdi. Oʻzimni guyo hech gap eshitmaganday tutib, men ham kulibgina qoʻydim. *** Keksalikni tan olib ortiq ot chopishni toʻxtatganimga ikki yil boʻlgan edi. Qishlogʻimizda katta koʻpkarili toʻy boʻldi. Koʻpkariga har turli viloyatdan chavandozlar kelishdi. Oʻyin juda qizidi! Afsuski dongdor chavandozlar kelgan, ovozasi har yoqqa tarqashi maʼlum boʻlib turgan bu oʻyinda oʻzimizning chavandozlar zot ayira olmay izza boʻlishayotgan edi. Rosti, polvon zotiga eng alam qiladigani shu! Oʻyin oxirlab qolsayam vaziyat oʻzgarmayapti, tishimni tishimga bosib arang oʻtiribman. Oxiri “Ey xudoyim, men cholni sharmanda qilma!” dedim-u, shogirdlardan birining otini olib, oʻzimni davraga urdim. Alamning zoʻridan shu chopishda davrani yorib oʻtib, uloqni taqimga bosib chiqibman. Koʻrib turibman: yomgʻir quyib turganligi uchun meni olqishlayman deb sapchiganlarning koʻpining oyogʻi osmondan boʻlib yiqilyapti… Yana bir karra xuddi shu usulda zot ayirdim. Hamma xursand boʻlyapti-yu, oʻzimning koʻnglim eziladi. “Xudoyim-ov, bolalari, shogirdlari turganda hech qaysi qari chavandozni elning oriyati uchun davraga tushgulik qilmagin…”, deyman oʻzimga. Download 18.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling